2-mavzu: Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati Reja


to’rtinchi informatsion inqilob (XX asrning 70–yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan, personalkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə15/26
tarix06.06.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#125783
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Media savodxonlik 2-ma\'ruza (2)

to’rtinchi informatsion inqilob (XX asrning 70–yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan, personalkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, axborot revolyutsiyasiga XX asr o’rtalarida kompyuterlarning paydo bo’lishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab bo’ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini radikal(keskin) o’zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan to’rtinchi informatsion inqilob “Axborotlashgan jamiyat” rivojiga asos soldi.

Axborotlashgan jamiyat deganda – barcha faoliyat sohalariga intellektual mehnat quroli sifatida dunyoviy bilim manbalariga, kutubxonalariga kirish, ulardan samarali foydalanish, ixtiyoriy (qogozdagi, matn yoki tasvir ko’rinishidagi) axborotni juda qisqa muddat ichida qayta ishlash, jarayonlarni, voqealarni va hodisalarni modellashtirish imkonini beruvchi kompyuterlar va boshqa axborot texnika va texnologiyalar kiritilgan jamiyatni tushunamiz. Axborotlashgan jamiyatda inson axborotlarni qayta ishlashda zamonaviy vositalar bilan ishlashga o’zini tayyorlashi kerak. Bu shuni ko’rsatadiki inson informatsiyalarga murojaat etishda ma'lum darajadagi axborot madaniyatiga ega bo’lishi kerak. Axborot madaniyati – axborotlar bilan maqsadga intilib ishlashni bilish va axborotlarni olish uchun, qayta ishlash, kompyuterli informatsion texnologiyani va zamonaviy texnik vositalarni va usullarni qo’llashni anglatadi. Faqat yuqori darajadagi axborot madaniyatiga ega bo’lgan kishilargina tabiiy, ijtimoiy va ekologik resurslarni aniq hisobini qila oladilar. Bu esa barcha tarmoq yo’nalishlaridagi boshqaruv masalalarini tezlik bilan hal etish imkonini beradi va respublikani ravnaq topishida muhim o’rin egallaydi.
Axborot jamiyatini rivojlanishida quyidagi 3 bosqichni ajratish mumkin:
1. 1950-1980 yillar – fan, texnik rivojlanish va ishlab chiqarishni texnik rivojlantirishning paydo bo’lishi. Ishlab chiqarish dinamikasining keskin o’sishi, zamonaviy yuqori texnologiyalarni shakllantirish;

Yüklə 61,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin