Hozirgi vaqtda axborot madaniyati axborot jamiyatining alohida hodisasi sifatida tobora ko‘proq talqin qilinmoqda. Ko‘rib chiqilayotgan ob'ektga qarab, axborot madaniyatini ajratish mumkin: • jamiyat;
• axborot iste'molchilarining ayrim toifalari;
• shaxsiyat.
"Axborot madaniyati" tushunchasi quyidagi mazmunlarni o‘zida mujassam etadi:
inson bilim egallashning zamonaviy vositalari, qayta ishlash va tizimlashtirish malakasiga ega bo’lishini;
tabiat va jamiyatda kechayotgan axboriy jarayonlarning mohiyatini tushunishni;
faoliyat sohasiga oid xususiyatlari hamda turli manbalar bilan ishlashni bilish, axborotni tahliliy, sintetik qayta ishlash asoslarini o‘rganishni va boshqalar.
"Axborot madaniyati" tushuncha sifatida nafaqat mutaxassisni tayyorlash jarayonida, balki kasbiy tarbiya tizimida ham muhim omil va umumiy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Axborot madaniyati axborot bilan maqsadli ishlash, axborotni rasmiy qo’lga kiritish, uni ilmiy uslublar yordamida qayta ishlash, o‘z vaqtida uzatish, zamonaviy vositalar hamda usullarni qo‘llay olish malakasi va ko‘nikmasiga ega bo‘lishdir.
Axborot madaniyati umumiy madaniyatning bir bo‘lagi sifatida shaxs ijodiy qobiliyatining mahsuli hisoblanib, quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
axborot-texnologiya vositalarini qo‘llash jarayonida aniq ko‘nikmalarga ega bo‘lishda;
faoliyat davomida kompyuter texnologiyalarini qo‘llay olishda;
elektron manbalardan axborotni qo’lga kiritishni bilish, uni maqbul ko‘rinishda taqdim etish va samarali foydalanishda;
turli axborot manbalaridan ijtimoiy va kasbiy qiymatga ega bo‘lgan axborotlarni tanlab olishda.
Axborot madaniyati: keng ma'noda etnik va milliy madaniyatlarning o‘zaro ta'sirini, ularning insoniyatning umumiy tajribasiga bog‘lanishini ta'minlovchi tamoyillar va mexanizmlar yig‘indisidir;