2. 1980-2000 yillar – ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning globallashuvi, xalqaro munosabatlarni faollashtirish
3. 2000-2020 – inson faoliyatining barcha sohalarini sezilarli darajada murakkablashishi, murakkab iqtisodiy tizimni shakllantirish. Iqtisodiy sohada integratsiya jarayonlarini bir vaqtning o’zida kuchaytirish, davlatlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy suverenitetini asrashga intilish. Yangi integratsiya uyushmalarining paydo bo’lishi.
Axborotlashtirishning maqsadi - axborot jamiyatini yaratish va unga o'tish. Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy Yevropa davlatlari kiradi.
Bugungi kunda axborot katta oqimlarining vujudga kelishiga:
Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi; masalan, XX asr boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10 tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish yetarli hisoblangan bo’lsa, asr oxiriga kelib, bu ko’rsatkich 100 ga etdi;
Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, hujjatlar, hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko’payib borishi sabab bo’ldi;
insoniyat faoliyatining turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning doimiy ortib borishi;
odatda magnit lentalarga yoziluvchi va kommunikatsiya tizimlari doirasiga tushmaydigan turli-tuman ma’lumotlarning yuzaga kelishi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni“Informatsion portlash” deb ham atashdi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900 - yilgacha bilimlarning to’planishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan borgan bo’lsa, 1900 yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 1950 yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970 yildan boshlab, har 5 yilda , XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda.
Buning natijasida axborot inqirozi yuzaga keladi. U quyidagilarda namoyon bo’ladi:
inson tomonidan axborotni qabul qilish va qayta ishlov berishning chegaralanganligi va saqlanayotgan axborot massivlarining mavjud bo’lgan kuchli oqimi o’rtasida ziddiyatlar yuzaga keladi;
katta hajmdagi ortiqcha axborot yuzaga keladi, bu foydalanuvchi uchun zarur axborotlarni qabul qilishni qiyinlashtiradi;
ma’lum bir darajada, axborotning tarqalishiga to’sqinlik qiluvchi, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sotsial to’siqlar yuzaga keladi. Masalan, ko’pincha sirni saqlash sababli turli tashkilotlar xodimlari zarur axborotdan foydalana olmaydilar.