2-mavzu: Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati Reja


Axborotning jamiyat rivojidagi o‘rni



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə20/26
tarix06.06.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#125783
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Media savodxonlik 2-ma\'ruza (2)

Axborotning jamiyat rivojidagi o‘rni
Inson va jamiyat doimiy ravishda ma’lum bir axborot muhitida bo’ladi. Buni hattoki “axborotning yo’qligi ham, baribir axborot” degan ibora tasdiqlaydi. Axborotdan mahrum bo’lish, dezinformatsiya har qanday jarayonni turg’unlashuvga, shaxs va jamiyatni esa degradatsiya holatiga olib keladi. Sotsiologlarning ta’kidlashicha, axborot qanchalik ko’p to’plansa, jamiyat shuncha tez rivojlanar ekan. Albatta, bu fikr to’g’ri, ammo u izoh talab etadi. Bu yerda axborot mazmuni aniqlashtirilmaganligi bois, uning “mohiyati” - siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy va h.k. bo’lishi mumkin.

  • Totalitar tuzum (o’tmishda militarizmga g’arq bo’lgan Yaponiya, fashizm o’chog’iga aylangan Italiya va Germaniya, “temir parda” egasi bo’lgan SSSR va b.)larga “ongni tozalaydigan”, unga saralab olingan qadriyatlarni shafqatsizlarcha singdiradigan axborot xos bo’lib, buning natijasida insonlar manqurtlik va zombilashtirish qurboniga aylangan;

  • Demokratiya sari taraqqiyotga yuz tutgan mamlakatlarga esa fuqarolarning turfa manfaatlarini qondirishga yo’naltirilgan keng miqyosdagi va mazmundagi axborot xosdir.

Axborot hokimiyat demakdir. Axborotga egalik holatga egalik qilish demakdir. Shuning uchun ham qadimdan axborot qabila yetakchilari va kohinlar, shamanlar va siyosiy elita quroli bo’lib kelgan. Omma esa hokimiyat vakillari qo’lida to’plangan mazkur bilimlarning juda ham oz hajmiga ega bo’lgan. Faqatgina xalqlarning ma’rifatga va demokratiya sari intilishlari natijasida yuqoridagilar axborotga bo’lgan monopoliyadan chekinishga majbur bo’ldi. Ammo hozirgi kungacha ham axborot erkinligi ajralmas qismi bo’lgan fuqarolik erkinliklari va ularga davlat hokimiyatining munosabati o’z dolzarbligini yo’qotganicha yo’q. Zero, ochiq jamiyatlarda ham fuqaro erkinliklari, ularning fikr va axborot erkinliklarini chegaralash holatlari kuzatilmoqda. Demak, axborotga u yoki bu tarzda egalik qilish uchun kurash davom etmoqda. Axborot - bu pul, aniqrog’i, xarid qilinadigan va sotiladigan mahsulot bo’lib, u orqali ba’zi bir insonlar katta kapitalga ega bo’ladi. Masalan, AQSHda Ted Terner, Fransiyada Fr.Buig, Italiyada S.Berluskoni va b. Bugungi kunda insoniyat axborot sohasidagi “inqilob”ga tayanib, o’z evolyutsiyasining yangi bosqichiga ko’tarildi. Bugungi kunda media, turli axborot va kommunikatsion texnologiyalari turli xil shakllarining tez ommalashishi, ularning shaxsiy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotga bo’lgan ta’siri, insonning yashashi uchun axborot muhitining “elektron kottej” nomini olgan sifat jihatidan yangi ko’rinishini taqozo etdi. Shu bois insonlarning axborot jamiyati hayotida faol va samarali ishtirok etishi uchun:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin