2-mavzu: Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati Reja



Yüklə 61,71 Kb.
səhifə21/26
tarix06.06.2023
ölçüsü61,71 Kb.
#125783
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Media savodxonlik 2-ma\'ruza (2)

yangi bilim;

  • ko’nikma;

  • ko’rsatmalar zarur.

    Axborot taqdim etayotganlar unga bo’lgan egalikni rag’batlantiradi, ba’zi holatlarda esa insonlarga muayyan axborotni saqlab berish imkonini ham ta’minlaydi. OAV dan tashqari boshqa axborot manbalari ham (masalan, tibbiy sharhlar, hukumat byulletenlari, hisobotlari va og’zaki xabarlari) mavjud. Axborot texnologiyalari yordamida (masalan, televideniye orqali ko’rsatiladigan saylov oldi munozaralar) yoki shaxsiy muloqot (masalan, fuqaro yig’inlari majlisida) natijasida uzatilishi mumkin. Uni media va insonlar vositasida ham tarqatish mumkin. Bugungi kunda misli ko’rinmagan miqyosda axborot, kontent va resurlar, shu jumladan, Internet zaxiralari mavjud bo’lib, ularning barchasi aniqligi, ishonchliligi va muhimligi jihatidan farqlanadi.
    Axborot turli shakl(masalan, statistika ma’lumotlari, elektron yoki qog’oz ko’rinishda)larda mavjud bo’lib, u onlayn fayl va portallarda, virtual va real kutubxonalarda, hujjatlar jamlanmasida, turli ma’lumotlar bazasida, arxivlar, muzeylar va h.k.larda saqlanadi. Lekin bundan qat’iy nazar turli axborot manbalari taqdim etgan axborot ishonchli yoki ishonchsiz bo’lishi mumkin. Demak, jurnalist yoki har qanday axborot iste’molchisi axborotni izlay boshlar ekan, unga, eng avvalo qanday mazmundagi ma’lumot zarurligini anglashi lozim.
    Hozirgi kunda axborot eng qimmat manbalardan biri hisoblanadi. Bu material ishlab chiqarish muhitidan mehnat manbalarini axborot muhitiga ko’chirishda ko’rinadi.
    XIX asrning oxirlarida AQShda ishga yaroqli aholining 95% dan ortig’i jismoniy mehnat bilan va 5% ga yaqini esa axborotga ishlov berish bilan shug’ullangan. Hozirgi kunga esa, mehnat manbalari nisbatining deyarli aksini ko’rishimiz mumkin.
    Shunday fikrlar mavjudki, jahon ta’lim tizimidagi inqirozni axborotlashtirish negizida bartaraf etish mumkin. Hozirgi kunda AQSh oliy ta’limini yuz milliardinchi tijorat deb nomlamoqdalar. Ta’lim texnologiyalari eksportchilaridan biri hisoblangan amerikaliklar yiliga g’aznaga o’rtacha 7 mlrd. dollar tushuradilar. Bu yalpi milliy mahsulotning 2,7% ini tashkil etadi. Har yili AQShda 454 mingga yaqin xorijiy talabalar tahsil oldalar. Ulardan 57% i osiyoliklar, 15% i esa yevropaliklardir. Bunday natijalarga erishish asosan axborot texnologiyalarini keng tadbiq qilish natijasida bo’ldi.

    Yüklə 61,71 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin