2-Mavzu: Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja: Bola psixikasining o‘rganish prinsiplari



Yüklə 265 Kb.
səhifə13/13
tarix18.12.2022
ölçüsü265 Kb.
#76192
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
2-Mavzu Bolalar psixologiyasi fanining metodlari Reja Bola psi

Test metodi. Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. Shaxsning aqliy o‘sishini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik
  • xususiyatlarini tekshirishda qo‘llanadigan qisqa standart masala, topshiriq, misol, jumboqlar test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligini yoki yaroqsizligini, istedodlilar va aqli zaiflarni aniqlashda, kishilarni saralashda keng qoTlanadi. Test metodining qimmat tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik maTumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilishga bog‘liqdir. 1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A.Binevauning shogirdi A.Simoninsonning aqliy o‘sish va is’tedod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
  • Chet el psixologlari testlarni shaxsning is’tedod darajasini aniqlash vositasi deb biladilar. Biroq test tekshirilayotgan xodisalarning psixologik mezoni
  • hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Chet el testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zgartirib turadilar va qobiliyat, tafakkur, bilim, ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaduvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydi. Psixologlar K.M. Gureviya, V.A.Krutuskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qiladilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrga oid testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettel, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayze, Anastaze, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish (maqsadga yetish) testlar (ular darslardan berilgan va bilim, malaka darajalarini baholashga qaratilgan), intellekt testlar (aqliy rivojlanish darajasini o‘lchashga moTjallangan), shaxs testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqish, motivatsiyasi va xulqini baholashga yo‘naltirilgan diagnostik usullradan iboratdir). shaxs “loyihasi” (proektiv) testlari (savollarga bitta aniq javob berish talabqilinadi, javoblarni tahlil qilib shaxs xususiyatining “loyihasi” ishlab chiqiladi) kiradi. Psixologiya fanida xozirda maktabgacha yoshdagi bola shaxsiga xos xususiyatlar, uning emotsional-irodaviy soxasiga xos sifatlar, motivatsion soxasiga tegishli xususiyatlar, individual tipologik xususiyatlari, bolaning bilish jarayonlariga xos xususiyatlarni aniqlaydigan maxsus testlarning to'plamlari mavjud.
  • Nazorat uchun savollar
  • 1. Psixologik tadqiqotlarni o‘tkazish shakllarini izohlab bering.
  • 2. B.G.Ananev psixikani o‘rganish metodlarini nechta guruhga ajratgan va ular qaysilar.
  • 3. Determinizm tamoyilini izohlang.
  • 4. Ong va faoliyat birligi tamoyilini izohlang.
  • 5. Faoliyatda psixikani rivojlanishi tamoyilini izohlang.
  • 6. Bolalar psixologiyasi fanining yordamchi metodlari haqida gapiring.
  • 7. Bolalar psixologiyasi fanining tamoyillari va ularning asosiy mohiyati.
  • 8. Bolalar psixologiyasi fanida sotsiometriya metodining ahamiyati.

Yüklə 265 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin