2-Mavzu: Boshlang‘ich sinfda matеmatikadan sinfdan tashqari ishni tashkil qilish turlari (2 soat) reja



Yüklə 27,9 Kb.
səhifə4/4
tarix10.09.2023
ölçüsü27,9 Kb.
#142488
1   2   3   4
2-maruza

Ekskursiya o'tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo'lishi nihoyatda muhimdir, shunday bo'lganda bolalar oldindan nima qilishlari kerakligini va o'zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar.
Maktabning joylashgan o'rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fabrikalarga, kombinatlarga, fermalarga, shirkat xo'jaligi va fermer xo'jaligi hamda boshqa joylarga ekskursiyalar o'tkaziladi.
Qurilish materialidan, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday masalalardan ba'zilarini keltiramiz:

            1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. Shunday ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik (o'ra) kovlaydi?

            2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularn­ing har birida bitta haydovchi va ikkita yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo'lib qancha odam band?

Qurilish materiallaridan mehnat darslari uchun stendlar tayyorlashda foydalanish mumkin, bunda binolarning maketlarini tayyorlash ham mumkin.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi quyidagilarga asoslanishi kerak.
1. Darsda o‘quvchilar olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni hisobga olgan holda o‘tkaziladi.
2. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning xoxishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyiliga asoslanishi va har bir o‘quvchini fikriga qarab ularni qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.
3. Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish shakllari darslardan farq qilib qiziqarli tomoni kuchli bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o‘tkaziladigan ishning rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.
Quyida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini keltiramiz.





O‘tkaziladigan tadbirlar

Tadbir mavzulari

Tadbirning o‘tkazilishidan maqsad

O‘qituvchi
faoliyati

O‘quvchi faoliyati

1

Matematik o‘yinlar

Quvnoq sanoq o‘yini

10 gacha bo‘lgan sinlarni

O‘quvchilarga 10 gacha bo‘lgan sonlarni tushuntirish

10 gacha bo‘lgan sonlarni bilish

2

Matematik ertaliklar

Tarixiy masalalar

Tarixiy misol va masalalarni o‘rganish

Misol va masalalarni tayyorlash va ertaliklarni boshqarish. Tarixiy misol va masalalarga qiziqtirish

Misol va masalalarni yechishga harakat qilish

3

Qiziqarli matematik soatlar

Rebuslar, krassvordlar va fokuslar

Matematika darslarida olgan bilimlarni chuqurlashtirish

Turli rebuslar va krassvordlarni tayyorlash

Rebuslar va krassvordlarni
topish

4

Matematik viktorinalar

Hamma narsalarni bilishni istayman

Murakkab masalalar

Turli murakkab masalalarni tayyorlash va viktorinalarni boshqarish

Hamma masalalarni bilishga intiladilar

5

Matematik to‘garaklar

Mashhur matematik olimlarning hayoti va faoliyati

Olimlarning matematikaga qo‘shgan xissalari va matematika tarixini chuqur o‘rganish.

Matematika to‘garagini boshqarish va rejasini tuzish

Matematik to‘garaklarga qatnashishi, misol va masalalarni yecha olish

6

Devoriy gazetalar

Qiziqarli tarixiy hikoyalar, olimlarning ijodi va hayotidan yangiliklar

O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirishga erishish

Devoriy gazeta uchun materiallar to‘plash

Devoriy gazetalarni chiqarish va tarixiy materiallarni o‘rganish

7

Matematik ekskursiyalar



Tarixiy muzeylarga olib borish

Milliy grafika va geometrik shakllar bilan tanishtirish

Ekskursiya jarayonida tarixiy materiallardan foydalanish

Matematikadan yangi bilimlarga ega bo‘lish

Sinfdan tashqari ishlar sinfdagi dars shakliga nisbatan bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
1. O‘z mazmuni bo‘yicha u davlat dasturi bilan chegaralanmagan , matematik material o‘quvchilarning bilimlari va malakalariga mos ravishda berilishi kerak.
2. Boshlang‘ich sinflarda bolalarning matematikaga nisbatan turg‘un qiziqishlari haqida aniq bir fikr bildirib bo‘lmaydi.
3. Topqirlik, ziyraklik, tez hisoblashalar, yechishning samarali usullaridan foydalanish orqali yechilgan misol va masalalar uchun o‘quvchilar rag‘batlantirilishi kerak.
4. Sinfdan tashqari ishlar mashg‘ulot turlari va shakliga qarab 10-12 minutdan to 1 soatgacha bo‘lishi mumkin.
5. Sinfdan tashqari ishlar shakl va turlariga qarab mazmunining turli tumanligi bilan farqlanadi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlardagi misol va masalalar darsdagi misol va masalalardan farqli o‘laroq qiziqarliroq yoki muammoliroq bo‘lishi kerak.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun har xil qiziqarli mazmundagi arifmetik va geometrik masalalar, qiyinroq masalalar, hazil masalalar, tenglamalar tuzishga doir masalalar, qiziqarli kvadratlar, rebuslar, topishmoqlar va boshqalar material bo‘lib xizmat qiladi.
Matematikadan sinfdan tashqari ishlarning eng ko‘p tarqalgani matematika to‘garagidir. Matematika to‘garagining asosiy vazifasi- matematikaga qiziqqan o‘quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirishdan iboratdir.
Yüklə 27,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin