2-mavzu. Ekstremal vaziyatlarga tushib qolgan insonlar bilan olib boriladigan psixologik chora tadbirlar, stress buzilishlari Reja


Jarohatdan keyingi stress buzilishlari



Yüklə 145,78 Kb.
səhifə12/15
tarix10.03.2022
ölçüsü145,78 Kb.
#53578
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
4. Jarohatdan keyingi stress buzilishlari

Ekstremal vaziyatlar inson psixikasiga kuchli taʼsir etishi natijasida unda jarohatli stress paydo boʻladi. Jarohat stressining psixologik oqibatlari jarohatdan keyingi stress buzilishlarida namoyon boʻladi. Jarohatdan keyingi stress buzilishlari jarohat stressini boshdan oʻtkazish natijasida yuzaga keladigan psixologik oqibatlardir, shu bilan birga jarohatdan keyingi stress buzilishlari jarohatli stressi vaziyatini boshdan kechirgan 20 % insonlarda yuzaga keladi. Bugungi kunda jarohatdan keyingi stress buzilishi termini koʻp hollarda tinchlik davridagi ofatlarga nisbatan qoʻllaniladi. Masalan: tabiiy (iqlim, seysmik), ekologik va texnogen ofatlar, yongʻinlar, terroristik harakatlar, baxtsiz hodisalar, oilaviy dramalar, jinsiy zoʻrlash.

Jarohatdan keyingi stress sohasida tadqiqotlar stress borasidagi tadqiqotlarga bogʻliq boʻlmagan holda rivojlangan, hozirgi kunga kelib ham bu ikki sohaning umumiy tomonlari kam. 1936-yilda Gans Sele tomonidan taklif etilgan stress konsepsiyasining asosini organizmni oʻz -oʻzini saqlash va stressorga qarshi tura olish uchun resurslarning mobilizatsiya qilish tashkil qiladi. Organizmga barcha taʼsirlarni u stressning spetsifik va nospetsifik stereotipiga ajratgan, oʻz oʻrnida bular umumiy adaptasion sindrom koʻrinishida namoyon boʻladi. Bu sindrom oʻz rivojlanishida uch bosqichni oʻtaydi:



  1. Havotirlanish bosqichi

  2. Rezinstentlik bosqichi

  3. Sarf qilinganlik bosqichi

Selye adaptatsion energiya tushunchasini kiritdi. Uning sarflanishi organizmni qarishiga va oʻlimiga olib keladi.

Umumiy adaptatsion sindromning psixik koʻrinishi "emosional stress" orqali namoyon boʻladi. Stressni yengish oʻz ichiga psixologik hamda fiziologik mexanizmlarni oladi. Agar kelib chiqqan muammoli vaziyatdan chiqish harakatlari samarali boʻlmay, stress davom etsa patologik reaksiyalarga va organik jarohatlarga olib kelishi mumkin.



Ayrim hollarda stress jiddiy buzilishning sababi boʻlishi mumkin. Emosional stress taʼsirida yurak qon -tomir tizimi, oshqozon- ichak kasalliklari, immun tizimning buzilishlari paydo boʻlishi mumkin.

Stressorlar odatda fiziologik (ogʻriq, ochlik, chanqoq, yuqori va past harorat va hokazo) hamda psixologikka (xavf, yoʻqotish, aldanganlik, xafagarchilik) boʻlinadi. Psixologik oʻz oʻrnida emosional va informasionga boʻlinadi.

Stressorlaming taʼsiri psixik sohaning buzilishiga olib kelagan vaqtda stress jarohatliga aylanadi. Bunday paytda mavjud konsepsiyalarga muvofiq dunyoning kognitiv modeli, affektiv soha, nevrologik mexanizmlar buziladi.

Jarohat stressini boshdan oʻtkazish ayrim insonlar uchun kelajakda ularda jarohatdan keyingi stress buzilishini paydo boʻlishiga sabab boʻlib qoladi.

Jarohatdan keyingi stress buzilishi (JKSB) — jarohat stressiga javob reaksiyasi boʻlib, deyarli hamma odamlarda psixik buzilishni keltirib chiqarishi mumkin.

Jarohat stressi keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan 4 ta jarohatlar xarakteristikasi:


  1. Sodir boʻlgan holat inson tomonidan anglanadi, yaʼni odam u bilan nima yuz berganini va shuning natijasida uning psixologik holati yomonlashganini biladi.

  2. Bu holat tashqi omillar bilan bogʻliq.

  3. Boshdan oʻtkazilgan holat odatiy hayot tarzini buzilishiga olib keladi.

  4. Yuzaga kelgan vaziyat dahshat (vahima) ni va noshudlik hissini uygʻotadi.

Jarohat stressi — odam va tashqi dunyoning oʻzaro taʼsiri natijasidir. Bu normal boʻlmagan vaziyatga normal reaksiya boʻlib , odatiy holda inson tajribasida uchramaydigan vaziyatga munosabat natijasida paydo boʻladigan holat.

Jarohat stressi uygʻotuvchi buzilishlar doirasi juda ham keng boʻlib, oʻz hayoti yoki yaqin kishisining hayotiga, jismoniy salomatlikka yoki "Men" obraziga xatarli boʻlishi mumkin.

Jarohatga psixologik reaksiya oʻz ichiga uch mustaqil fazani oladi:


Yüklə 145,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin