Harakat qoʻzgʻaluvchanligi. Ayrim xollarda inqirozli vaziyatlar zarbidan inson atrofda nima boʻlayotganini tushunishdan toʻxtaydi. U dushman qayerda, qutqaruvchilar qayerda, xavf qayerda ekanini aniqlay olmay qoladi. Inson mantiqiy fikrlash va qaror qabul qilish qobiliyatini yoʻqotadi, qafasga tushgan hayvonga oʻxshab qoladi.
Asosiy belgilari:
keskin harakatlar, koʻpincha mazmunsiz;
normal boʻlmagan baland nutq yoki yuqori nutqiy faollik;
koʻpincha atrofdagilarga reaksiyaning yoʻqolishi (iltimos, buyruq, ogohlantirish).
Ushbu vaziyatda:
"Qoʻlga olish" usulini qoʻllang: jarohatlanuvchini orqasidan turib, qoʻlining tagidan qoʻlingizni kirgizing, oʻzingizga uni bosing va ustingizga yengilgina tashlang;
Jarohatlanuvchini atrofdagilardan izolyatsiyalang;
"Ijobiy" nuqtalarni massaj qiling. U ayni damda boshidan oʻtkazayotgan hissiyotlarni tinch ovozda gapiring ("Bular tugashi uchun sen nimadir qilgin kelyapti?", "Yuz berayotgan voqealardan qochib ketgin, berkinib olgin kelyapti?");
Jarohatlanuvchi bilan bahslashmang, savol bermang, muloqotda "ma" inkor bor jumlalarni ishlatmang (masalan, "Yugurma", "Qoʻlingni qimirlatma", "Baqirma");
Esda tuting jarohatlanuvchi oʻziga va atrofdagilarga zarar yetkazishi mumkin.
Harakat qoʻzgʻaluvchanligi odatda uzoq choʻzilmaydi va nerv titrogʻi, yigʻi, shuningdek agressiv xulq koʻrinishlariga oʻtishi mumkin.
Stupor organizmning eng kuchli himoya reaksiyalaridan biri. U kuchli nerv iztirobidan keyin boshlanadi (portlash, bosqinchilik, shafqatsiz zoʻravonlik). Bunda inson yashab qolish uchun juda koʻp energiya sarflagani sababli, unda atrof olam bilan kontaktga kirish uchun kuch qolmaydi.
Stupor bir necha minutdan bir necha soatgacha choʻzilishi mumkin. Shuning uchun yordam koʻrsatilmasa va jarohatlanuvchi shu holatda uzoq qolib ketsa, bu uni jismoniy madorsizlikka olib keladi. Atrof olam bilan kontakt boʻlmaganligi sababli jarohatlanuvchi xavfni sezmaydi va undan qutilish choralarini qoʻllamaydi. Asosiy omillari:
ixtiyoriy harakat va nutqni yoʻqligi yoki uni birdaniga pasayishi;
tashqi qoʻzgʻatuvchilarga (yorugʻlik, shovqin, tegish) reaksiyaning yoʻqligi;
bir pozada qotib qolish, karaxtlik, toʻliq harakatsizlik holati;
ayrim muskul guruhlarida zoʻriqish boʻlishi mumkin.
Ushbu vaziyatda:
Jarohatlanuvchining ikkala qoʻlining barmoqlarini buklang va kaftining boshlanish qismiga bosing. Katta barmoq tashqarida boʻlishi kerak.
Katta va koʻrsatkich barmoq uchlari bilan jarohatlanuvchining peshonasi, qoshining oʻsish chizigʻi oʻrtasidagi chiziqlar massaj qilinadi.
Boʻsh qoʻl kaftini jarohatlanuvchini koʻkragi ustiga qoʻying. Oʻzingizni nafasingizni uning nafas ritmiga moslashtiring.
Stuporga tushgan inson koʻrishi va eshitishi mumkin. Shuning uchun uning qulogʻiga sekin, past va aniq ovozda kuchli emotsiyani uygʻotuvchi (yaxshisi salbiy) gaplarni ayting. Istalgan vositalar orqali jarohatlanuvchida reaksiyani uygʻoting, karaxtlikdan olib chiqing.
Agressiv xulq inson organizmidagi yuqori ichki zoʻriqishni shu orqali pasaytirishga harakat qiluvchi beixtiyor paydo boʻluvchi usullardan biridir. Agressiya yoki jahl uzoq davom etishi mumkin va bu jarohatlanuvchini oʻziga hamda atrofdagilarga halaqit qilishi mumkin.
Asosiy belgilari:
asabiylashish, norozilik, nafrat (istalgan, hattoki ahamiyatsiz sababga ham);
atrofdagilarni qoʻl bilan yoki biror bir predmet bilan urish;
haqoratlash;
muskul zoʻriqishi;
qon bosimini oshishi.
Ushbu vaziyatda:
1. Atrofdagilar sonini kamaytirish;
Jarohatlanuvchiga ichidagi "olov"ni chiqarib yuborishga imkon bering (masalan, gapirib yoki yostiqni urib chiqazishga);
Unga yuqori zoʻriqishli ishni topshiring;
Doʻstonalikni namoyon qiling. Jarohatlanuvchini maʼqullamasangizda, uning oʻzini ayblamang, xatti harakatlari borasida fikr bildiring. Aks holda agressiv xulq sizga qaratiladi.
“Oʻzi qanday odamsan" deyish mumkin emas. "Seni juda qattiq jahling chiqmoqda, hamma yoqni buzib tashlagin kelyapti. KelUshbu vaziyatdan chiqish yoʻlini birga topishga urinib koʻramiz";
Sharoitni kulgili izohlar va harakatlar bilan yumshatishga harakat qiling; Inson gʻazablanayotganda unga yordam berilmasa salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin: oʻz xatti harakatlarini nazorat qilishning pasayishi tufayli inson oʻylamay qilgan qilmishlari orqali oʻziga va atrofdagilarga zarar yetkazishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |