2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat fal (1)
Jamiyatning asosiy sohalari va ularning o‘zaro aloqadorligi Ijtimoiy hayotining belgilovchi sohalariga: iqtisodiy, sotsial, siyosiy va manaviy sohalar kiradi. Real hayotda ular o‘zaro aloqadorlikda mavjud bo‘ladi (Ilova 7.3.)
Iqtisodiy soha jamiyat rivojlanishining tabiiy va zaruriy sharti bo‘lgan moddiy nematlar – tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va istemolini taminlovchi tizimidan tashkil topadi. Vaholanki moddiy ehtiyojlarni qondirish va manfaatdorlik jamiyat iqtisodiy hayotining bosh maqsadi hisoblanadi. (Ilova 7.5.).
Kishilarning mehnat faolligi – jamiyat barqaror rivojlanishining muhim omilidir. Mulkchilik shakllarining rivojlanib borishi bilan insonning mehnatga munosabati ham o‘zgarib boradi. Inson ekspluatatsiyasiga asoslangan jamiyatda inson o‘z mehnati natijasidan begonalashadi, yani undan manaviy va iqtisodiy jihatdan manfaatdor bo‘lmaydi. erkin va mustaqil jamiyatda iqtisodiyot va manaviyatning uzviy bog‘liqligi to‘la ro‘yobga chiqadi. Faqat ozod va erkin jamiyatdagina inson mehnati moddiy, ham manaviy jihatdan qadrlanadi. Xususan, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, ijtimoiy yo‘naltirilgan, sog‘lom raqobat muhitiga asoslangan bozor munosabatlariga o‘tila boshlandi, davlat – iqtisodiy islohotlarning tashabbuskoriga aylandi. Inson o‘z mehnati natijalaridan manfaatdor bo‘lishi, uni o‘z kasbiga ijodiy munosabatni shakllanishiga, halol mehnatning qadriyatga aylanishiga sharoit yaratildi. Bu esa mehnat faoliyati samaradorligini oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Jamiyat – odamlar o‘rtasida amal qiladigan ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy institutlar tizimi sifatida ham tariflanishi mumkin. Bunda jamiyatning aynan ijtimoiy (sotsial) sohasiga etibor qaratilib, u turli ijtimoiy guruhlar, turli darajada uyushgan elatlar (ijtimoiy qatlam, stratalar, etnoslar, ijtimoiy demografik guruhlar, alohida jamoalar va boshqalar) o‘rtasidagi munosabatlarda o‘z ifodasini topadi. Ijtimoiy birlashmalar va guruhlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishini (strukturasini) tashkil etadi.
Inson sotsiumga turli guruh va birlashmalar orqali azo bo‘ladi, aynan shu doiralarda uning ijtimoiylashuvi amalga oshadi. Ijtimoiylashuv deganda, shaxs tomonidan muayyan jamoda o‘rnatilgan meyorlar, qadriyatlarni qabul qilishi, namunali xulq ko‘rsatmalarini bajarishi tushuniladi. Agar butun jamiyatni shartli ravishda mikrosotsium (oila, mahalla, sotsial guruhlar: masalan o‘quv guruhlari, mehnat yoki ijodiy jamoalari, jamoat yoki siyosiy tashkilotlar va h.k.) va makrosotsium (butun jamiyat)ga ajratilsa, shaxsning jamiyatda ijtimoiylashuvi mikrosotsial darajada amalga oshadi. Ya’ni har bir shaxs jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlarda o‘z mikrosotsiumining azosi sifatida ishtirok etadi.
Jamiyat strukturasi demografik, etnik, ijtimoiy-sinfiy, joylashishiga ko‘ra hududiy, kasbiy-marifiy, konfessional tuzilishi kabi turlariga qarab tasniflanishi mumkin. Masalan, har bir shaxs yoshi, shahar yoki qishloqda yashashi, kasbi, yani mehnat faoliyatining xarakteri, qaysi etnos, konfessiya vakili ekanligiga qarab jamiyat ijtimoiy strukturasining muayyan guruhiga kiradi. Jamiyatning demografik strukturasida aholining tarkibini jinsi, yoshi, mehnatga yaroqliligi, aholining zichligi va umumiy soni, o‘sish darajasi, migratsiyaning xarakteri, sog‘lig‘ining holati aks etadi.
Jamiyatning ijtimoiy-sinfiy strukturasisinflar, qatlamlar, tabaqalar, stratalardan iboratdir. Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi. Ular xususiy mulkka egalik munosabatlari, ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidagi tutgan o‘rni, ishlab chiqarish vositalariga munosabati, mehnat taqsimoti tizimidagi roli, foyda olish usuli bilan farqlanadi. SHu bilan birga, jamiyatning sotsial strukturasiga sinflarga xos xususiyatlarga ega bo‘lmagan guruhlar, masalan ziyolilar, xizmatchilar va boshqalar ham kiradi.
Jamiyatning sotsial strukturasini stratifikatsiyaviy yondashuv asosida tushunishga asos solgan faylasuf Pitiriim Sorokin 10 ijtimoiy-iqtisodiy holati, madaniy va talim darajasining umumiyligi xos bo‘lgan insonlar guruhini stratalar, ijtimoiy strukturaning ichida bir stratadan boshqasiga o‘tishni esa ijtimoiy mobillik deb ataydi.
Ijtimoiy munosabatlar subektiga shaxs, oila, ijtimoiy guruhlar, etnos, millat kiradi (Ilova 7.6).
Oilaning asosini jamiyat tomonidan qonunlashtirilgan nikoh, qon-qarindoshlik aloqalari, turmushning umumiyligi, o‘zaro axloqiy burch va masuliyat tashkil etadi. Oila reproduktiv, tarbiyaviy, xo‘jalik-turmushni tashkil etish, rekreativ, psixologik himoya funksiyalarini bajaradi (Ilova 7.7).
SHunday qilib, jamiyatning ijtimoiy hayoti undagi mavjud kishilar, turli ijtimoiy birliklar, va ular orasidagi turli-tuman aloqa va munosabatlarni qamrab oladi. Ijtimoiy birliklar kishilar ijtimoiy hayotining mavjudlik shakli hisoblanadi. Ularning shakllanishiga xilma-xil iqtisodiy va manaviy omillar tasir ko‘rsatadi. Ijtimoiy birliklar kishilarning obektiv tarzda yuz beradigan ijtimoiy-aloqa va munosabatlar asosida shakllanadi va u tarixiy xarakterga ega.
Urug‘ – etnik tarkibning dastlabki ko‘rinishi hisoblanadi. Urug‘ – insoniyat tarixining qadimiy davrlariga xos bo‘lib, kishilarning birgalikda yashash, mehnat qilish ehtiyojidan kelib chiqqan. Qabilaning kelib chiqishi ham ijtimoiy ehtiyojlar tufayli sodir bo‘ladi. Qabila umumiy asosga ega bo‘lgan; keyinchalik o‘zaro bir-biridan farqlanadigan urug‘lardan iborat kishilarning tarixiy-etnik birligi hisoblanadi. Urug‘, qabila tipidagi ijtimoiy birliklar jamiyat taraqqiyotining quyi bosqichlarida yuzaga kelgan. Ularning uyushishi natijasida elatlar shakllanadi. elatlarning ixtiyoriy yoki zo‘rlik yo‘li bilan birlashuvi natijasida xalqlar uyushmalari hosil bo‘lgan. Elat hudud, til madaniy jihatdan umumiylikka ega bo‘lgan, iqtisodiy aloqalari shakllana boshlagan tarixiy–etnik birlik hisoblanadi.
Millat – elatlar birlashuvi natijasida hosil bo‘lgan tarixiy-etnik birlik. Millat – tarixan tarkib topgan (genetik aloqador), milliy birlikni anglash ruhiyati, urf-odatlar, ananalar va qadriyatlar, til, madaniyat, mentalitetining yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi, iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan kishilarning ijtimoiy barqaror birligidir. (Ilova 7.8).
Takidlash zarurki, jamiyat azolari intellektual salohiyatining oshishi bilan birga yuksak manaviyatining ham shakllanishi jamiyatda ijtimoiy barqarorlik, totuvlik va farovonlik qaror topishining muhim omili hisoblanadi.
Jamiyatning siyosiy sohasiga hokimiyat masalasi atrofida mujassam bo‘lgan tashkilot va muassasalar, xususan, davlat, ijtimoiy tashkilotlar va partiyalar; munosabatlar, siyosiy ong va siyosiy madaniyat kiradi. (Ilova 7.10). Uning asosini jamiyatning siyosiy tizimi tashkil etadi. Siyosiy tizim iqtisodiy, mafkuraviy, huquqiy, manaviy va boshqa tizimlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi. Siyosiy tizim siyosiy institutlar, ijtimoiy tuzilmalar, meyorlar va qadriyatlarning majmuasidan iborat bo‘lib, siyosiy hukumat orqali amalga oshiriladi. Siyosiy tizim sotsiumning maqsadga erishish resurslarini safarbar ettiruvchi va qarorlarni ishlab chiquvchi mexanizmdir.
Jamiyat siyosiy tizimining asosi, yadrosi davlatdir. Davlat – mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari bo‘lgan hukmron tuzilma hisoblanadi.11 Davlatning asosiy vazifasi siyosiy hokimiyat va siyosiy boshqarishni taminlashdir. Davlatning asosiy belgilariga: oshkora hokimiyat, aholining hududga qarab bo‘linishi va hukmronlik vakolatlari amal qiladigan hududning o‘zi (mamlakat), huquqiy hujjatlarni chop etish va ularning bajarilishini talab qilishga bo‘lgan mutlaq huquq; soliqlar va yig‘imlar undirish, suverenitet – malum hududlarda to‘liq mustaqillik kiradi. (Ilova 7.10).
Davlatning funksiyalari ikkiga bo‘linadi: ichki va tashqi. Ichki funksiyalariga xo‘jalik va manaviy hayotning barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratish, ichki tahdidlarni bartaraf etish va boshq. kiradi. Tashqi funksiyalariga tashqi tahdidlardan o‘z mustaqilligini himoya qilish; davlatlar bilan hamkorlik qilish, iqtisodiy, madaniy va h.k. aloqalarini o‘rnatish kiradi (Ilova 7.10).
Ayni vaqtda aynan bir davlat turli tarixiy davrlarda turlicha siyosiy tizimga ega bo‘lishi mumkin. Insoniyat tarixida asosan 2 tipdagi siyosiy tizim va davlatlar shakllangan. Bular: demokratik siyosiy tizim va demokratik davlat hamda totalitar (yoki avtoritar) siyosiy tizim va totalitar davlat.
Demokratiya yunoncha so‘z bo‘lib, “xalq hokimiyati” manosini ifodalaydi. Demokratik davlat deganda, barcha fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklariga kafolat beradigan, hokimiyat tizimining bo‘linishi asosiga qurilgan, barchaning qonun oldidagi tengligini taminlaydigan, jamiyatdagi barcha kuchlarni birlashtirib, mamlakat taraqqiyotiga safarbar qiladigan davlat nazarda tutiladi. Demokratiya insoniyat sivilizasiyasi mahsuli, davlatchilik taraqqiyoti, ijtimoiy muammolarni hal etishning eng oqilona yo‘li, oqilona siyosiy tizim sifatida etirof etilgan. Demokratik davlatda xalq irodasi jamiyatni boshqarishning bosh omili hisoblanadi; aholining huquq, erkinliklari hamda manfaatlari, himoyasi, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun ustivorligi taminlanadi.
Totalitar siyosiy tizimda davlat ijtimoiy hayotning barcha sohalarini yakkahokimlik asosida boshqaradi va nazorat qiladi; aholi, kishilarning har qanday erkinligini, xususiy tashabbusni bo‘g‘adi, tazyiq ostiga oladi. Bunday davlat yakkapartiyaviylik tizimiga asoslanadi va unda mafkura yakkahokimligi hukm suradi; kishilarning kundalik hayotiga o‘z yakkahokimlik g‘oyasini singdirishning xilma-xil (masalan, zo‘ravonlik-terror) usullaridan keng foydalaniladi; fuqarolardan davlat siyosatiga so‘zsiz va to‘la (total) itoat qilishni talab etiladi.
Boshqaruv shakllari, tuzilishi va undagi siyosiy rejimga ko‘ra davlatlar turlicha bo‘ladi. Davlatning boshqaruv shakllariga ko‘ra monarxiya va respublika ko‘rinishlari mavjud:
– Monarxiya hokimiyatning bir kishi (podsho, imperator,monarx) tomonidan boshqarilishiga asoslanadi. Respublika hokimiyat saylash orqali shakllantiriladi.
– Tuzilishiga ko‘ra davlatlarning unitar, federativ va konfederativ turlari mavjud.
Mustaqil O‘zbekiston demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etishni o‘z taraqqiyot yo‘lining maqsadi qilib qo‘ygan. Jamiyatimiz siyosiy hayotini takomillashtirish xususiyatlari Respublikamiz ijtimoiy taraqqiyotning “o‘zbek modeli”da o‘z ifodasini topgan bo‘lib, u iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; davlatning – bosh islohotchi ekanligi; qonunning ustivorligi; ijtimoiy himoyani kuchaytirish va bozor munosabatariga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyillariga asoslanadi .
Hozirgi vaqtda ko‘p zamonaviy davlatlar, shuningdek O‘zbekiston ham hokiyamiyatni bo‘lish prinsipi asosiga qurilgan. Hokimiyatning uch tarmog‘i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bir-birlaridan mustaqil ravishda o‘z vazifalarini bajaradilar. Siyosiy partiya, jamoat tashkilotlari va ijtimoiy harakatlar demokratik jamiyat siyosiy hayotining tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Demokratik taraqqiyot sharoitida fuqarolik jamiyati, yani sotsiumning davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita boshqarilmaydigan qismi: kasaba va ijodiy uyushmalar, nosiyosiy jamoat tashkilotlari (yoshlar, ayollar, faxriylar tashkilotlari, ekologik va xayriya tashkilotlari va boshqalar), turli qiziqishlar bo‘yicha tuzilgan jamiyatlar va klublar, xalq harakati va hokazolar, shu bilan birga, o‘z-o‘zini boshqarishning milliy modeli – mahalla jamiyat hayotida muhim rol o‘ynaydi. Demokratiya sharoitida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati rivojlanib borgan sari "Kuchli davlatdan – kuchli jamiyatga o‘tish tamoyili" amal qilib boradi.
Jamiyatning manaviy sohasi – bu manaviy ishlab chiqarish jarayoni va natijalarining birligidir. Jamiyatning manaviy hayoti uzviy bir-biriga bog‘liq jarayonlar tizimidan iborat. Bu tizimning asosiy elementlarini manaviy ehtiyoj, manaviy faoliyat, manaviy o‘zlashtirish va manaviy munosabatlardan tashkil topadi. Jamiyatning manaviy hayoti manaviy ehtiyojlarni qondirishga yo‘naltirilgan. Manaviy ehtiyoj deganda, manaviy qadriyatlarni yaratish va o‘zlashtirish ehtiyoji nazarda tutiladi.
Manaviyat insonning shaxsiy manfaatlari va sodda ehtiyojlari doirasidan chiqa olishlik, individual maqsad va hayotiy intilishlarini milliy, umuminsoniy qadriyatlar bilan o‘zaro uyg‘unlikda anglash qobiliyatidir. Manaviyatning har qanday ko‘rinishlarida asosiy o‘rinni axloq egallaydi.
Manaviyatga individual va ijtimoiy ong (jamiyat azolarining ongi) kiradi. Ijtimoiy ong muayyan ijtimoiy ong shakllari va ijtimoiy ong darajalaridan tashkil topadi. Ijtimoiy ong iqtisodiy, axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy, falsafiy, tarixiy, ekologik shakllarga bo‘linadi. SHu bilan birga, ular kundalik, yani ijtimoiy psixologiya va nazariy, yani ideologiya darajasida namoyon bo‘ladi. Ommaviy ong jamiyat azolarining kundalik hayotida ro‘y berayotgan voqea va hodisalar tasirida ijtimoiy psixologiyasidagi o‘zgarishlarni va ularning xususiyatlarini aks ettiradi.(Ilova 7.12).
O‘z manosi va hajmiga ko‘ra manaviyat rasionallik tushunchasiga nisbatan kengroqdir. Chunki, manaviyat bilim olish bilan cheklanmasdan, bilim olishning manosi va maqsadlarini, uning qadriyaviy ahamiyatini anglab etishni ham aks ettiradi. Shu bilan birga, manaviyat dunyoviy va diniy bo‘lishi mumkin. Haqiqiy manaviylikda dunyoviylik, ilmiylik va diniylik bir-birlariga qarama-qarshi qo‘yilmaydi, aksincha jamiyat manaviy hayotining uch xil tomoni sifatida qaraladi. Bashariyat tarixidan malumki, ularning uyg‘un holda rivojlanishi sivilizatsiyaning gullab-yashnagan davrlariga to‘g‘ri keladi. Fan va texnika rivojlanib borishi bilan manaviyatga, xususan, ilmiy-texnik taraqqiyot natijalarining manaviyatga (aniqrog‘i manaviyatsizlik) tasiri, ommaviy madaniyatning kuchayishining salbiy jihatlariga etibor kuchayib boradi.
Zamonaviy jamiyatning to‘laqonli rivojlanishi nafaqat yuqori texnika va texnologiyalar asosiga qurilgan iqtisodiyotga, balki yuksak darajada qaror topgan manaviyatga ham bog‘liq. Manaviyatning o‘zagini esa haqiqiy, mo‘tadil, siyosiylashmagan din, halol mehnat va ezgu amallarni etirof etuvchi iymon- e’tiqod tashkil etadi. Xususan, IX-XI asrlarda Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqda diniy va dunyoviy ilmlarning nisbatan uyg‘un holda rivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-marifiy hayotning taraqqiyotiga olib kelgan. Shuningdek, Sohiibqiron Amir Temur hukmronlik davriga kelib, tasavvufning Markaziy Osiyoda keng tarqalgan naqshbandiya tariqatini: "Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin!" degan bosh g‘oyasi, ilm-fan, madaniyat va barcha bunyodkorlik ishlarining tag zaminini tashkil etgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi, Toshkent Islom universitetini, keyinroq Islom Akademiyasining tashkil etilishi, Toshkentda "Islom sivilizatsiyasi markazi"ning ochilishi, mamlakatimizda islom dini, manaviyati va marifati rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan olimu ulamolar o‘tgan qadamjolarni qayta tiklanishi va tamirlanishi kabi davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan nihoyatda muhim sayi harakatlar jamiyatimiz manaviy hayotiga qaratilayotgan jiddiy etiborning timsolidir.
Shunday qilib, faqat fan-texnikani rivojlantirishga urg‘u berilishi texnokratizmga, quruq foyda va moddiy boyliklarning ketidan quvish xudbinlik va molparstlikka, manaviy qashshoqlikka olib kelgani kabi dinni biryoqlama tushunish mutaassiblikkning rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Dinsiz odam esa o‘zini qonundan tashqarida his etadi. Insoniyat tarixidan turli davrlarda jamiyatning bunday biryoqlama rivojlanishining salbiy oqibatlarini aks ettiruvchi misollarni ko‘plab keltirish mumkin.
Manaviylikning eng asosiy tomonlaridan yana biri milliy o‘zini-o‘zi anglashdir. Milliy o‘zini-o‘zi anglash ijtimoiy ongning alohida ko‘rinishi bo‘lib, unda milliy hayot o‘z aksini topadi. Millatlarning hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar ularning nafaqat hozirgi va kelajakdagi, balki o‘tmishdagi manaviyatlarining ham qanday bo‘lganligi to‘g‘risida o‘ylashga majbur qiladi.
Milliy o‘zini-o‘zi anglash hodisasi ongning yuqori darajasi bo‘lib, u insonning faqat o‘zini-o‘zi tushunib, anglab etishi bo‘lmasdan, uning o‘z o‘ziga, imkoniyatlariga, holatlariga bo‘lgan munosabatini ham bildiradi. Bular to‘liq manoda milliy o‘zini-o‘zi anglashga ham tegishlidir. Demak, milliy o‘zini-o‘zi anglash – bu o‘zini-o‘zi baholashi hamdir.
Hozirgi davrdagi milliy jarayonlarning rivojlanishini hisobga olib, ko‘p tadqiqotchilar milliy o‘zini-o‘zi anglash bu millatning zaruriy, muhim belgilari deb hisoblamoqdalar.
Shunday qilib, jamiyat taraqqiyotida nafaqat tabiiy-geografik muhit, balki aholi, uning intellektual salohiyati, moddiy va manaviy qadriyatlarni ishlab chiqarish ham muhim ahamiyatga ega.