2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja



Yüklə 275 Kb.
səhifə5/30
tarix23.01.2023
ölçüsü275 Kb.
#80213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat fal (1)

Sinergetika. Falsafaning zamonaviy metodlaridan biri sinergetik metoddir. Sinergetika o‘z-o‘zidan tashkil topish mexanizmlari va qonuniyatlarini taraqqiyot jarayonining universal komponenti sifatida o‘rganadi. Bu universallik o‘z-o‘zidan tashkil topish nazariyasi uchun shu qadar muhimki, sinergetika tadqiqotchilaridan biri G.Xaken bu fanning asosiy masalasini u bilan bog‘laydi. «Nima uchun, - deb yozadi u,- o‘z tabiatiga ko‘ra turli komponentlardan – elektronlar, atomlar, molekulalar, fotonlar, xujayralar, hayvonlar yoki xatto odamlardan iborat bo‘lgan tizimlar o‘z-o‘zidan tashkil topganda, ayni bir tamoyilga bo‘ysunib, suyuqlikdagi tuzilmalar, elektr tebranishlari, hayvonlar populyasiyalari yoki ijtimoiy guruhlarni tashkil etishi kerak?».1
O‘z-o‘zidan tashkil topish hodisalarining bu qadar keng ko‘lami sinergetikada postulat qilib olinmaydi. U mutaxassislarning turli tuman bilim sohalarida tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning umumiy determinantlarini kashf etishi natijasidir. SHu tufayli sinergetika alohida fan g‘oyalarining yig‘indisi sifatida emas, balki fizik, ximik, biolog va matematik o‘z materialini ko‘radigan umumiy qarashlar tizimi sifatida va, aksincha, bulardan har biri, o‘z fani metodini qo‘llab, sinergetikaning rivojlanishiga biron bir tarzda hissa qo‘shadi. «Men yangi fanni «sinergetika» deb atadim, bunga sabab, - deb yozadi G. Xaken,-unda tizimlarning ko‘pgina elementlarining birgalikdagi harakati tadqiq etilishigina emas, balki o‘z-o‘zidan tashkil topishni boshqaruvchi umumiy prinsiplarni topish uchun ko‘pgina turli-tuman fanlarning kooperatsiyalashuvi zarurligidir».2
Sinergetika bu turli tabiatli tuzilmalarning o‘z-o‘zidan tashkil topish, barqarorlik, parchalanish va qayta paydo bo‘lish jarayonlarini tadqiq etuvchi nazariyadir.
Sinergetika dialektikaning quyidagi g‘oyasini tasdiqlaydi – har bir ob’ekt olamdagi hodisalarning umumiy bog‘langanligi oqibatida uni qurshab turgan xilma-xil jarayonlar bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ayni vaqtda turli qism sistemalardan tarkib topadi. Ob’ektning xar bir tarkibiy qismi boshqa tarkibiy qismlar va tashqi dunyo bilan o‘zaro bog‘lanishda mavjud bo‘ladi. SHu sababli xar bir tarkibiy qism o‘ziga xos individual aloqalar tizimiga ega bo‘ladi, demak u o‘ziga xos harakatga va ichki harakatga ega bo‘ladi va oqibatda ob’ektning ichki o‘z-o‘zidan differensiatsiyalanuvi tendensiyasi paydo bo‘ladi. Ayni vaqtda bir butun ob’ekt uning bir butunligi saqlanishi mobaynida o‘z qismlariga ta’sir o‘tkazadi, shu sababli ob’ektning ichki o‘z-o‘zidan integratsiyalanuvi tendensiyasi paydo bo‘ladi.
Sinergetika taraqqiyot konsepsiyasini chuqurroq ifoda etishga imkon beradi. I.Prigojin ta’kidlashicha: «ham klassik, ham kvant mexanikada agar qaysidir bir vaqtda sistemaning holati etarli aniqlikda ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, unda kelajakni juda bo‘lmaganda prinsipda oldindan aytish mumkin edi. Buning ustiga bunday turdagi nazariy sxema ko‘rsatdiki, qaysidir bir ma’noda «hozir» o‘zida o‘tmish va kelajakni saqlaydi. Ko‘rib turganimizdek, haqiqatda unday emas. Kelajak o‘tmishning tarkibiy qismiga kirmaydi. Hatto fizikada huddi sotsiologiyadagidek atigi xilma-xil mumkin bo‘lgan «ssenariylar»nigina oldindan aytish mumkin»2.
Sinergetika taraqqiyotning qator fundamental o‘ziga xosliklarini ochib berishga imkon beradi. Taraqqiyot jarayonida tizimning umumiy muhitida tebranishlar hosil bo‘lishi, ya’ni tizim muhitini yangi tashqi ta’sir vujudga keltirayotgan yangi tarkibi sifat jihatdan sakrash nuqtasiga yaqin bosqichda hal qiluvchi hisoblanadi. Bu jarayon fluktatsion jarayon deb ataladi. Bu bifurkatsiya nuqtasini, ya’ni taraqqiyotning bundan keyingi yo‘nalishining aniq bir variantining ko‘pdan ko‘p mumkin bo‘lgan variantlardagi «tanlovi» ni hosil qiladi. Taraqqiyot jarayoni kogerentlik, turbulentlik, dinamik tartibsizlik, dissipativ va avtoto‘lqinli strukturalar dinamikasi, kengmasshtabli spontan fluktuatsiyalar kabi bungacha taraqqiyot konsepsiyasi qamrab ololmagan ko‘pgina boshqa fenomenlarni o‘z ichiga oladi3. Rivojlanish va taraqqiyot jarayonida bifurkatsiya nuqtalari orasida deterministik qonunlar, bifurkatsiya nuqtalarida esa ehtimoliy qonunlar ustunlik qiladi. Bu murakkab jarayon yangilanish elementlari orqali yangi o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan mikro va makro darajadagi tizimlarni hosil qiladi.
Xulosa qilib aytganda sinergetika dunyoga yangicha qarash usuli va bir vaqtning o‘zida falsafa fani metodi bo‘lib, fanlardagi yangiliklarni umumlashtirish, o‘z-o‘zini tashkil qilish, chiziqsiz tafakkur asosida evolyusion jarayonni tashkil qiluvchi fanlararo ilmiy tadqiqot usuli sifatida asrimizning 70-yillarida paydo bo‘ldi. Sinergetika yangi ta’limot sifatida o‘z-o‘zini boshqarishning umumiy qonunlari va tamoyillarini o‘rganishni asosida noorganik va organik tabiatda o‘zaro aloqadorlikda o‘z-o‘zini shakllantirish orqali tashkil topish mavjudligini isbot qilib berdi. Materiyaga tashqi ta’sir natijasida o‘zgaruvchi inert ob’ekt deb emas, balki o‘z-o‘zini tashkil qila oladigan ob’ekt deb qaraladigan bo‘ldi. Bu ma’lumotlar statik va jonli materiya tushunchalarini ajratib turgan oraliqni ancha kamaytirdi. Agar o‘z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlarning xossalari va vujudga kelishi sharoitlari bilan, biologik evolyusiyaning eng muhim jihatlarini bir-biriga taqqoslab ko‘rilsa, ikki holda ham o‘zgarishlar ayni bir xil qonunlarga bo‘ysunadi va o‘xshash tendensiyani namoyon qiladi, degan xulosaga kelish mumkin.

Yüklə 275 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin