2-mavzu: inson psixikasining ontogenezda rivojlanishi reja



Yüklə 37,68 Kb.
səhifə1/2
tarix24.12.2023
ölçüsü37,68 Kb.
#192419
  1   2
2-mavzu inson psixikasining ontogenezda rivojlanishi reja


2-MAVZU: INSON PSIXIKASINING ONTOGENEZDA RIVOJLANISHI
REJA:
1. Shaxs haqida tushuncha. Shaxsni o‘rganishga turlicha yondashuvlar. Z.Freyd maktabi. Z.Freyd g‘oyalarida shaxs strukturasi. Shaxs psixologiyasi, ko‘p qirraligi.
2. Individ, shaxs, individuallik. Shaxsning turli fanlar nuktai nazaridan
o‘rganilishi.
3. Shaxs muammosi va fanning metodologik darajalari. Shaxsga nisbatan
evolyutsion tarixiy va tizimli yondashuv.
4. Shaxsning psixik rivojlanishini tabaqalashtirish sxemasi (D.B.Elkonin). Inson tabiatini evolyutsion jihatdan tadqiq etish. Muhit, shaxs rivojlanishi.
Tayanch so‘z va iboralar.
Psixologiya, psixika, ruhiyat, jarayonlar, sezgi, idrok, xotira, hayol, nutq tafakkur, mulokat, intellekt.
Psixikaninng filogenetik taraqqiyoti.
Psixikaning taraqqiyoti haqida so‘zlaganda: 1) hayvonlar psixikasining taraqqiyotini, 2) odam ongining tarixiy taraqqiyotini, 3) odam psixikasining yoshga qarab taraqqiy qilinishi nazarda tutiladi.
Yuqorida ko‘rsatilganidek, psixika organiq hayotning taraqqiyoti jarayonida paydo bo‘lgan. Organiq materiyaning anorganiq materiyadan farq qiladigan xususiyatlaridan biri shuki, organiq materiya seskanuvchandir, ya’ni tashqaridan bo‘lgan ta’sirlarga seskanib javob beradi. Muhitning ta’siri bilan qo‘zg‘aladi. Masalan, bittagina hujayradan iborat bo‘lganamyoba tashqi ta’sirga javob berar ekan, shu ta’sirga qarab haraka tlanadi yoki undan qochadi.
Organiq materiyaning bundan buyongi taraqqiyot bosqichlarida yangi xossa – sezuvchanlik, sezish xossasi paydo bo‘ladi, ya’ni organizmga ta’sir etadigan narsalarning xossalarini aks ettiruvchi sezish qobiliyati paydo bo‘lgan. Bu sezish xossasi nerv sistemasining kurtaklariga ega bo‘lgan hayvonlar vujudga kelgan vaqtda, balki undan ham ilgariroq eng boshlang‘ich shaklda paydo bo‘lgan A.N.Leontiv gipotezasiga ko‘ra, sezuvchanlik “... genetik jihatdan olib qaraganda muhitning organizmni boshqa ta’sirlar bilan bog‘lovchi, ya’ni organizmning muhitda orientirovka qilishga yordam beruvchi signallik vazifasini o‘tovchi ta’sirlarga seskanuvchanlikdan boshqa narsa emas”. A.N.Leontev seskanuvchanlikdan sezuvchanlikka o‘tish boshqacha hayot tarixi bilan bog‘liq deb ko‘rsatadi va yuksak tashkil topgan hayvonlarda sezuvchanlik taraqqi etadi, sezgi a’zolari tarkib topadi, dep ko‘rsatadi.
Sezish qobiliyatining paydo bo‘lishi psixika taraqqiyotidagi dastlabki davrdir. Keyinchalik hayvonlar nerv sistemasining taraqqiysiga va jumladan sezgi organlarining taraqqiysiga qarab, tashqaridan bo‘ladigan ta’sirni aks ettirish, sezish qobiliyati o‘sib, tobora murakkablasha bordi.
Nerv sistemasi sezgi organlarining taraqqiyoti, shu bilan birga hayvonlar psixikasining taraqqiyotiga, hayvonlarning hayot kechirish tarziga, shu hayvonlarning qaerda, qanday yashashiga, qanday oziqlanishiga, qanday ovqat topishiga, kimga qarshi kurashishiga va shu kabilarga bog‘liqdir.
Psixikaning rivojlanishi xaqida gapirishdan oldin «rivojlanish» tushunchasiga ta’rif berish kerak. Rivojlanish bu harakatlanish, uzgarishdir. Rivojlanish ilgarilab boradigan oddiydan murakkabga, pastdan yukoriga qarab boradigan uzgarishlar. Bu inkirozga regrezga degradatsiyaga qarama-qarshi bo‘lgan jarayondir.
Rivojlanish qonuni umumiy xarakterga egadir. Tabiat rivojlanadi, ishlab chikarish usullari kishilarning ijtimoiy hayot formalari rivojlanadi. Shuningdek psixika xam rivojlanadi. Psixika rivojlanishini, umumkan tirik organizmlar rivojlanishi kabi ikki planda o‘rganish mumkin: filogenez planida va ontogenez planida.
Filogenez – organizmning oddiy shakllaridan tortib xozirgi zamon kishisiga kadar butun bir biologik rivojlanish jarayonida yuz bergan uzgarishlardir.
Ontogenez – xar bir individumning hayoti davomida uning tugilishidan tortib to ulgunga kadar sodir bo‘lgan uzgarishlar yigindisidir.
Xar bir kishining psixik rivojlanishi uning organizmi rivojlanishi bilan bog‘liqdir, albatta va uz yoshiga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Birok psixikaning rivojlanishida jamikiy materiya, jonsiz anorganiq materiyadan tortib, to materiyaning yuksak xamda murakkab formasi – inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya’ni ta’sirlarga javob qaytarish kobiliyatiga egadir. Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarnining o‘zaro mexaniq, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida namoyon bulishi mukin. Tirik materiyaga utishda materiya harakatining formalari xam sifat jixatidan uzgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik formalari xosdir, tirik materiya tarakkiyotining ma’lum boskichida esa aks ettirishning sifat jixatidan yangi formasi bulmish psixika yuzaga keladi. Xozirgi davrda majud organizmlarda biz aks ettirishning uzoq evolyutsion tarakkiyot natijasida vujudga kelgan juda kup formalarini – seskanuvchanlikdan boshlab, to unining ancha yuksak formalari psixik hayotininig kurinishlari bumish sezgi, idrok, xotira, tafakkurlarni xam uchratamiz. Xamma tirik organizmlar, o‘simliklaridan tortib xayvonlargacha evolyutsiyaning barcha boskichlarida aks ettirishning biologik formasi bo‘lgan seskanuvchanlik xususiyatga egadirlar. Seskanuvchanlik tirik organizmlarning biologik axamiyatiga ega bo‘lgan (biotik) ta’sirlarga javob qaytarish kobilyatidir.
Biotik faktorlarga maxsus harakatlar bilan reaksiya qilish o‘zlariga tropizm yoki taksislar deb ataladi. Tropizmlar xar xil bo‘ladi: fototropizm tirik organizmning yorug‘lik ta’sirida harakatga kelishidir; termotropizm tirik organizmning issiqlik ta’siri ostida harakat qilishga maylligidir; xemotropizm tirik organizmning ma’lum fizik-ximiyaviy muxitni tanlab olishga bo‘lgan maylligidir; topotropizm tirik organizmning mexaniq qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida harakat hiliga maylligidir vas hu kabilar. O‘simliklarda aks ettirishning biologik formasi faqatgina tropizmlarda iborat bo‘lib, ular o‘simliklarning o‘z-o‘zini boshqarishiga imkon beradi.

Yüklə 37,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin