2-mavzu. Iqtisodiy axbortlarni boshqarish asoslari reja



Yüklə 24,14 Kb.
səhifə3/4
tarix16.09.2023
ölçüsü24,14 Kb.
#144298
1   2   3   4
2-mavzu lotin

O’zgaruvchi axborot. O’zgarib turuvchi, almashib turadigan, individual axborot faqat bitta hisobot davriga xosdir; o’zgarmas massivlar biror kalit belgilariga ega bo’lib, zarur natijalarni olish uchun ular yordamida o’zgarmas massivlar o’zgaruvchilari bilan ulanadi. Axborot paydo bo’lish o’rniga qarab kirish, hosila va chiqish axborotlarga bo’linadi. Kirish axboroti ishlab chiqarish jarayoni davomida paydo bo’ladi va ma’lumotlarni qayta ishlash avtomatlashgan sistemasiga uzatiladi.
Hosila axborot. Hosila axborot kirish axboroti asosida hosil bo’ladi va undan keyingi hisoblashlarda foydalaniladi, o’zgaruvchan doimiy yoki vaqtincha saqlanishi mumkin, shu sababli iqtisodiy axborotni tushuvchi tanlanadi, yakuniy natija narx faoliyatini tahlil qilish uchun uzatiladi, axborot paydo bo’lish joyiga qarab yana korxona ichida aylanib yuruvchi ichki hamda tashqi tashkilotlardan keluvchi yoki tashqi tashkilotlarga uzatiluvchi tashqi axborotga bo’linadi. Kirish axboroti ichki (boshqaruv obyektidan keladi) va tashqi bo’lishi mumkin.
Obyektiv aks ettirish darajasiga qarab, axborot ishonchli va ishonchsiz bo’lishi mumkin. Axborotlarda xatolar yig’ish va yozish, qayta ishlash, uzatish davrida paydo bo’lishi mumkin. Uning uchun xatolar paydo bo’lishini ogoxlantiruvchi quo’shimcha qurilma o’rnatilishi lozim.
Axborotning ishonchliligiga uni BHM (perfarasion HM si ), EHM va ayniqsa ABT sharoitida EHMda qayta ishlashda yuqori talablar qo’yiladi, chunki ishonchsiz axborot bilan ishlash shundoq ham qimmatga tushadigan ishni qayta ishlash bahosini oshirada. Axborotni ishonchsizligi qo’shib yozish, ko’z buyamachilik natijasida ham paydo bo’ladi.
Birinchisini nazorat o’rnatish yo’li bilan, ikkinchisini esa javob-garlikka tortish hatto jinoyat ishini qo’zg’ash yo’li bilan ham bartaraf eti-ladi.
To’yinganligi bo’yicha axborot yetarli, yetarli emas va ortiqcha bo’lishi mumkin. Yetarli axborot obyekt haqida zarur ma’lumotlarni olishga imkon tugdiradigan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi, ortiqcha axborot ba’zida yanada aniqroq natijalar olishga imkon beradi, ammo bu qimmatroq tushadi. Shuning uchun o’zgaruvchan doimiy axborot o’zini oqlay-vermaydi.
Tadqiqot maqsadi bo’yicha axborot foydali va foydasiz bo’lishi mumkin. Axborot ishonchli bo’la turib, qo’yilgan masala uchun foydasiz bo’lishi ham mumkin.
Iqtisodiy axborotni tasniflash axborotni qayta ishlash, texnik vositalarini va usullarini tanlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy axborot xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Mustahkamlik yoki ishonchlilik:
2. Yetarlilik yoki to’liqlik.
3. Baho yoki foydalilik.
4. Axborotni vaqt va fazo bo’yicha konsentrasiyasi:
5. Axborotni fizik ma’nosini uni tasvirlash shakliga bog’liq emas-ligi.
6. Axborotning eskirishi.
7. Qulayliligi.
8. Axborotning tezligi.
Axborot tizimi halq xo’jaligi tarmoqlarida (sanoatda, qishloq xo’jaligida, transportda) iqtisodiy axborotni tashkiliy qayta ishlashni nazarda tutadi.
Boshqarish ishining bitta uchastkasiga tegishli massivlar majmuasiga oqim deyiladi.
Bir jinsli iqtisodiy ko’rsatkichlar to’plami bir xil shakldagi axborot tashuvchilar (birlamchi hujjat va boshqalar) massivni tashkil etadi. Rekvizit-axborot majmui istalgan tashkil etuvchining elementlari qismi bo’lishi mumkin. Rekvizit-belgi va rekvizit-asoslar bo’ladi. Rekvizit-belgi boshqarish axbrotining sifat xususiyatini ifodalaydi, rekvizit – asos esa dor xususiyatini ifodalaydi. Rekvizit belgilar va rekvizit asoslar alohida olinganda iqtisodiy hayot hodisalarni har tomonlama belgilab bera olmaydi. Shuning uchun ularni birlashtirib, ko’rsatkich hosil qilinadi.

Yüklə 24,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin