2-MAVZU: KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING TADQIQOT METODLARI.
REJA:
1. Kasbiy psixologiyaning metodlari haqida tushuncha
2. Metodlarning klassifikatsiyasi:
kuzatish, eksperimental metod va eksperimental
psixologiya, test, biografiya (tarjimai xol) metodlari.
3. Anketa, sotsiometriya, faoliyat mahsulini tahlil qilish metodlari.
Kasbiy psixologiyaning metodlari haqida tushuncha
Odamlarning o‘z kundalik hayotlarida ma’lumot to‘plashlari va ularni izohlash usullari
doimo ham ilmiy bo‘lavermaydi. Odatda, ma’lum bir holat uchun izoh to‘g‘ridek tuyuladi. Bunda
biz izohni xaqiqat deb olamiz. Ammo, bunday asoslash ilmiydan ko‘ra ko‘proq ichki ovozga
tayangan bo‘ladi. Intuitsiya – ichki ovoz bu ko‘proq tajribaviy, hissiy, avtomatik va ongsiz fikrlash
bo‘lib, holatning barcha aspektlarini tahlil qilishga olib kelmaydi. (Kaxneman, 2011).
Aytish jozki, aniq izlanish predmetiga ega bo‘lgan har qanday fan o‘sha
predmetining
mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash uchun maxsus usullar va vositalardan foydalanadi va
ular fanning metodlari deb yuritiladi. Fanning salohiyati va obro‘si ham birinchi navbatda o‘sha
metodlar yordamida to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi va validliligiga bog‘liq bo‘ladi.
Metod soʻzi – yunoncha methodos boʻlib tadqiqot, tekshirish degan ma’noni beradi.
Nazarimizda yuqoridagilarga yana yoʻl, usul soʻzlarini ham kiritish mumkin.
Metodlar tadqiqot ishlarida ham, bilim berishda ham qoʻllaniladi.
Ushbu bobda bilim
berish metodlari haqida emas, balki fan uchun, uning rivojlanishi uchun zarur boʻlgan
ma’lumotlarni toʻplashdagi qoʻllaniladigan tadqiqot metodlari haqida soʻz boradi.Psixologiya
fanining empirik (amaliy) metodlari turkumidan muhim oʻrin
egallagan, diagnostik xususiyatli
metodlardan biri – kuzatish metodidir.
Mazkur metod fanimizing eng qadimgi zamonidan boshlab to hozirgi davrgacha ilmiy
izlanuvchilarning asosiy tekshiruv qurollaridan biri boʻlib, keng koʻlamda foydalanib kelinmoqda.
Lekin bugungi kunda uning ob’yekti, koʻlami yanada kengaydi, murakkab psixologik jarayonlar,
holatlar,
hodisalar, kechinmalar, faoliyat va muomala xususiyatlarini oʻrganish imkoniyati
tugʻildi, sifat hamda mazmun jihatidan katta oʻzgarishlar yuzaga keldi.
Hozirgi zamon kasbiy psixologiya
fanining asosiy prinsiplari, kategoriyalari va ilmiy
tadqiqot usullari 1923 yilda Psixonevrologlarning birinchi s’ezdida K.N. Kornilov (1879–1957)
psixologiyani dialektika negizida tuzish masalasini ilgari surdi. Psixologlarning psixologiyani
dialektik materializm negizida tuzish uchun olib borgan kurashining
natijasi hisoblangan
gʻoyaviy-nazariy kurash jarayonida psixologiya predmeti va uning metodlari haqidagi ilmiy
tushunchalar tarkib topdi, psixologik tadqiqotlarning eng muhim prinsiplari va asosiy muammolari
aniqlab olindi, bilimning turdosh sohalariga munosabat oydinlashdi. Psixologiya fanining
taraqqiyotida buyuk oʻrin tutgan B.G. Ananev, P.P. Blonskiy, L.S. Vigotskiy, A.V. Zaporojets,
K.N. Kornilov, G.S. Kostyuk, A.N. Leontev, A.R. Luriya, S.A.
Rubinshteyn, A.A. Smirnov,
B.M. Teplov, D.N. Uznadze va boshqa olimlar еtishib chiqdi.