1994-yil 16-iyundagi „O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida“gi Prezident farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy valuta – so‘m muomalaga kiritildi. 1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.
Savollar: 1. O‘zbekiston Prezidenti saylovi qanday qonun asosida tashkil etiladi?
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga kimlar saylanishi mumkin?
3. Prezident saylovi kunini qaysi hokimiyat organi tayinlaydi?
4. Saylov byulleteni nima?
5. O‘zbekiston Prezidentligiga birinchi umumxalq saylovi qachon bo‘ldi? Natijalarini bilasizmi?
6. O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy maqomini bilasizmi?
7. O‘zbekiston Prezidentining vakolat muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi referendum qachon bo‘lib o‘tdi?
8. Nima sababdan O‘zbekiston oldida yangi yo‘l tanlash zarur bo‘lib qoldi?
9. O‘zbekistonning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda nimalar asos qilib olindi?
10. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat, deganda nimani tushunasiz?
11. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillarini bilasizmi?
12. Davlat ramzlari deganda nimalarni tushunasiz?
13. O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘ini tasvirlab bering, u qanday hollarda ko‘tariladi?
14. O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbini tasvirlang, undan qanday paytlarda foydalaniladi?
15. Milliy valuta nima. Uni muomalaga kiritish zarurati-chi?
16. O‘zbekiston Respublikasida milliy valutani muomalaga kiritish jarayoni qanday bo‘ldi?
Adabiyotlar: 1. Mustaqil O‘zbekiston tarixining dastlabki sahifalari. - Toshkent, 2000.
2. Erkaev A. O‘zbekiston yo‘li. - Toshkent: Ma’naviyat, 2011.
3. Mustaqillik: Izohli ilmiy-ommabop lug‘at // M.Abdullaev va boshqalar: to‘ldirilgan uchinchi nashr. - Toshkent: Sharq, 2006.
4. Mustaqil O‘zbekiston tarixi. Mas’ul muharrir A.Sabirov. - Toshkent: Akademiya, 2013.
5. Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2011.
6. Levitin L. O‘zbekiston tub burilish pallasida. - Toshkent: O‘zbekiston, 2005.
7. O‘zbekiston mustaqillik yillarida. - Toshkent: O‘zbekiston, 1996.
8. G‘ulomov S., Ubaydullaeva R., Ahmedov E. O‘zbekiston. - Toshkent: Mehnat, 2001.