Kashtadoʻzlik, kashtachilik — kashta tikish kasbi, amaliy sanʼatning qad. sohalaridan biri. Arxeologik topilmalar Kashtadoʻzlikning deyarli barcha xalklarda qad.ligini, iqlim, tabiiy sharoit, mu\it bilan bogʻliq holda har bir xalqning madaniyati, sanʼati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning taʼsirida rivoj topganini koʻrsatadi. Kashtadoʻzlikning paydo boʻlishi teridan qilingan kiyimlarda bogʻlam va choklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Davrlar davomida toshdan suyak bigizlarga, undan metall bigizlarga oʻtish b-n, shuningdek, toʻqish, mato toʻqish, boʻyash va b. ishlar bilan bogʻliq. Kashtadoʻzlik taraqqiyotini Qad. Osiyo, Yevropa, Amerika madaniy yodgorliklari, adabiy manbalardagi kashtalar tasvirida, shuningdek, saqlanib qolgan Kashtadoʻzlik namunalarida kuzatish mumkin. Kashtadoʻzlik mahsulotlarining eng qad. nusxalari saqlanmagan. Kashtadoʻzlik rivojlangan xalqlarda unga tasviriy sanʼatning taʼsiri katta boʻlgan. Mac, 11-asrga oid ingliz kashtalarida jang lavhalari aks ettirilgan. 12-asrga mansub rus kashtalarida Vizantiya ikona sanʼatining taʼsiri koʻzga tashlanadi. Xitoyda 14-asrdan „syuxua“ (ignali tasvir) nomi bilan mashhur boʻlgan kashtali namoyonlar uslub jihatdan shoyiga tush bilan ishlangan manzara janriga yaqin.
Yevropada Kashtadoʻzlik Uygʻonish davrida yuqori pogʻonaga koʻtarildi. Davrning buyuk rassomlari (mas, Perujino, Bottichelli va b.) kashtaduzlar uchun andazalar tayyorlab berishgan, bu esa kashtalarning badiiyligini oshirgan. Kashtadoʻzlikda qimmatbaho toshlardan ham foydalanilgan, ip, jun, ipak, zar va kumush suvi berilgan iplar ishlatilgan. 18-asr da Yevropada aslzodalar kiyimini bezashda kashtalardan foydalanib tayyorlangan Kashtadoʻzlik buyumlari keng tarqalgan.