2-mavzu: Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar. Reja


barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida»



Yüklə 41,85 Kb.
səhifə6/6
tarix07.01.2024
ölçüsü41,85 Kb.
#208168
1   2   3   4   5   6
2-mavzu Mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimo

barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo‘lmaydigan choralar to‘g‘risida» qo‘shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9 + 1» (9 respublika
+ Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi.
1991-yil 3-iyunda Novo – Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan
Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Uchrashuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma» loyihasi ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo‘natildi.
Mazkur shartnoma loyihasi O‘zbekiston Oliy Sovetida 1991-yil 14-iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga u Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi.
1991-yil iyul oyining oxirlarida Novo – Ogoryovoda yangi shartnoma
loyihasini uzil-kesil tayyorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo‘lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to‘g‘risidagi shartnoma»ni imzolash 1991-yil 20-avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S. Gorbachev Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi.

Biroq ittifoqning kompartiya va markaziy davlat apparatidagi bir necha nufuzli rahbarlar markazning yakka hokimligini cheklaydigan va kamida olti respublikani Ittifoqdan chetda qoldiradigan bu shartnomaga qo‘shila olmadi. Bu rahbarlar oliy hokimiyat mahkamalaridagi asosiy lavozimlarni egallab turar edi. Prezident M.S. Gorbachev dam olishga ketganidan foydalanib, ular 1991-yil 18- avgust kuni tayyorlangan va 19-avgustda matbuotda e’lon qilingan «Sovet rahbariyatining Bayonoti»da M.S. Gorbachevning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezidenti vazifalarini ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari vitse – prezident G.I. Yanayevga o‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M.S. Gorbachyov sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar noqonuniy ravishda uni o‘z vazifasidan chetlashtirdi va mamlakatdan, xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vositalarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi. Fitnachilar tomonidan mamlakatni idora qilish uchun SSSRda Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (Государственный комитет по чрезвычайному положению - ГКЧП) tuzildi:
O.D. Baklanov — SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o‘rinbosari,
V.A. Kryuchkov — SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, V.S. Pavlov — SSSR Bosh vaziri, B.K. Pugo — ichki ishlar vaziri, V.A. Starodubsev — SSSR dehqonlar uyushmasi raisi. I. Tizyakov — SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshootlari uyushmasining Prezidenti, D.T. Yazov
— SSSR mudofaa vaziri, G.I. Yanayev — SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi.
Shu tariqa fitnachilar M.S. Gorbachyovni noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar.
Mazkur qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga
murojaatnoma, davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar.
1991-yil 18-avgustda mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi. Favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga qarshi B.N. Yelsin boshchilik qildi. Uning farmoni bilan 1991-yil 22-avgustda KPSS faoliyati to‘xtatiladi, keyinchalik taqiqlab qo‘yiladi. Ammo KPSS Markaziy Qo‘mitasi joylardagi partiya qo‘mitalaridan to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlashni talab qildi. Moskva va boshqa bir necha yirik shahar ko‘chalariga qo‘shinlar, shu jumladan tanklar kiritildi, deyarli barcha markaziy gazetalar taqiqlab qo‘yildi, markaziy televideniyening birinchi kanalidan boshqa barcha kanallari, deyarli barcha radiostansiyalar ishi to‘xtatildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakat aholisining ko‘pchiligi Favqulodda holat
davlat qo‘mitasidan yuz o‘girdi, armiya payt poylash pozitsiyasida turdi. 20- avgustdayoq qarshilik markaziga aylangan RSFSR Oliy Kengashi binosi atrofida barrikadalar paydo bo‘ldi, ularda o‘n minglab kishilar himoyada turdi. Harbiy bo‘linmalarning bir qismi mudofaachilar tarafiga o‘tdi. 21-avgustda fitnachilar mag‘lubiyatga uchradi, 22-avgustda esa Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKChP) a’zolari qamoqqa olindi. Shundan so‘ng to‘ntarishni qo‘llab-quvvatlagan KPSS rahbariyati bu partiyaning obro‘sini uzil-kesil yerga urdi. Favqulodda holat

davlat qo‘mitasining mag‘lubiyatidan so‘ng mamlakatda kommunizmga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi. KPSSning faoliyati to‘xtatib qo‘yilgach, partiyaning qariyb 15 million a’zosidan birontasi bu qarorga qarshi norozilik bildirish uchun ko‘chaga chiqmadi. Bu mazkur partiya 1991-yil yozidagi qiyofasida umri tugaganidan dalolat beruvchi ramziy holat edi.
Qaltis vaziyatda 1991-yil 19-avgustda O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Prezident O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga xojat yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991-yil 20-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi
rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Mazkur hujjatda O‘zbekiston Respublikasi tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Deklaratsiya qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov 1991-yil 20-avgust kuni respublika aholisiga o‘zining murojaatini e’lon qildi: «Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar orqali, qanday siyosat orqali bu maqsadlarga erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zgarishlarga o‘zimizning munosabatimizni albatta bildiramiz». Prezident xalqqa: «Biz birovning gapiga kirib ish tutmaymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab
olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q. Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz», — deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash maqsadida jipslashishga chaqirdi.
1991-yil 21-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan
O‘zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo‘yildi.
Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991-yil 19 – 21-avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan

fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar qamoqqa olindi. M.S. Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi.
I.A. Karimov favqulodda holat davlat qo‘mitasi faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr- qimmatini zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg‘itishga va davlat to‘ntarishini qo‘llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I.A. Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi.
1991-yil 25-avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon
qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo‘shilmalari partiyadan butunlay holi qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Oliy Kengash rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi.
Sobiq Ittifoqning rasmiy jihatdan tugatilishida 1991-yil 8-dekabrda
Belorussiyaning Bеlovеj pushchada (Viskuli – davlat hovli-joyida) Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari tomonidan imzolangan o‘zaro bitim muhim ahamiyat kasb etdi. Bitimda 1922-yil 30-dekabrda tashkil topgan SSSR tugatilganligi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tashkil etilganligini rasman e’lon qildilar. 1991-yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq sub’yekti sifatida barham topdi va M.S. Gorbachev Bosh kotib va Prezident lavozimlaridan iste’foga chiqdi.

Yüklə 41,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin