2 Mavzu: O'zbekistonda agrar islohotlarining asosiy yo'nalishlari


Yer-suv, mulk, moliya-kredit, soliq va sug'urta tizimidagi islohotlar



Yüklə 284,61 Kb.
səhifə4/6
tarix26.10.2023
ölçüsü284,61 Kb.
#161541
1   2   3   4   5   6
Lecture-2 (1)

3 Yer-suv, mulk, moliya-kredit, soliq va sug'urta tizimidagi islohotlar;


Mamlakatimizda agrar sohani isloh etishning asosiy xususiyati shundan iboratki, unda yerga bo’lgan munosabatning davlat mulkchiligi asosida amalga oshirilishidir. Mamlakatimizda yerga bo’lgan davlat mulkchiligining zarurligi
tarixiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy omillar, murakkab irrigasiya inshootlari va sug’orma dehqonchilikning o’ziga xos xususiyatlari bilan izohlanadi. Fermerlarga 30 yildan 50 yilgacha bo’lgan muddatga foydalanish uchun ijaraga berilsa, dehqon xo’jaliklari uchun esa, tekinga, umrbod oila a’zolariga meros qilib qoldirish huquqi bilan foydalanishga beriladi.
Agar 1998 yilda qabul qilingan “ Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi qonunga muvofiq, “Fuqarolarga fermer xo’jaliklarini yuritish uchun yer uchastkalari 50 yilgacha bo’lgan, lekin 10 yildan kam bo’lmagan muddatga ijaraga berilishi” ko’zda tutilgan bo’lsa, 2004 yilda yangi tarirda qabul qilingan “ Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi qonunga muvofiq, “Fermer xo’jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ijaraga 50 yilgacha bo’lgan, lekin 30 yildan kam bo’lmagan muddatga biriktirilishi” belgilib berildi.
O’tkazilgan yer islohotlari natijasida:

  • 2004 yildan boshlab barcha qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yer uchastkalaridan foydalanishning ijara shakli joriy qilindi;

  • Xo’jalik yurituvchi subyektlarga yer uchastkalari faqat faqat tuman xokimi tomonidan ijaraga berilishi belgilab qo’yildi;

  • O’z mablag’i xisobidan yer maydonlarini o’zlashtirishni rag’batlantirish tizimi belgilab berildi;

  • Yer ijarasi xuquqini meros qilib qoldirish tizimi joriy etildi.

Suvdan foydalanish islohoti natijasida:

  • Irrigasiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga o’tkazildi;

  • Irrigasiya tizimlarini boshqarishning ma’muriy-hududiy prinsipidan havza prinsipiga o’tkazildi;

  • Suvdan samarali foydalanish va bu borada xizmat ko’rsatish sifati-ni yaxshilash maqsadida Suv istemolchilar uyushmalari tashkil etildi;

  • Moliya vazirligi tasarrufida Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatlarini yaxshilash maqsadida maxsus jamg’arma tashkil qilindi

  • Moliya vazirligi qoshida “O’zmeliomashlizing” davlat lizing kompaniyasi tashkil qilindi.

O’zbekiston Respuplikasi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi “Yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Farmoniga binoan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish, meliorasiya ishlarini tashkil qilish va moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish asosida qishloq ho’jaligi ishlab chiqarishni barqaror sur’atlar bilan rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilandi.
Mazkur farmonga muvofiq sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilashga qaratilgan irrigasiya, meliorasiya tadbirlarini moliyalashtirishga davlat byudjetidan mablag’lar ajratilmoqda. Yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash tadbirlarini moliyalashtirish tizimini shakllantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi Sug’oriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash jamg’armasining tashkil etilishi muxim axamiyatga ega bo’ldi. 1999 yilning boshida Moliya vazirligi qoshida qishloq xo’jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetkazib berilgan mahsulotlarning o’z vaqtida avanslanishi va hisob-kitob qilinishini ta’minlash maqsadida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulotlar haqini to’lash uchun Fondning tashkil etilishi natijasida respublikada quyidagi dolzarb masalalar hal etildi:

  • davlat ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilayotgan va yetkazib berilayotgan paxta, g’alla, sholi uchun avans to’lash va pirovard hisob-kitoblarning o’z vaqtida

amalga oshirilishi ta’minlandi;

  • davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinayotgan mazkur qishloq xo’jalik mahsulotlarini avanslash va pirovard hisob-kitoblar uchun ajratilgan mablag’lardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat o’rnatildi;

  • xarid qilinayotgan mahsulot uchun hisoblashuvlarni ta’minlaydigan, servis xizmatlarini ko’rsatadigan, texnika, ehtiyot qismlar va hokazolarni yetkazib beradigan barcha bo’g’inlar (Moliya vazirligi, banklar, tayyorlov tashkilotlari, qishloq xo’jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar) faoliyatini muvofiqlashtirish.

Moliya-kredit va soliq islohoti natijasida:

  • davlat ehtiyoji uchun xarid qilinadigan mahsulotlar yetishtirishni imtiyozli kreditlash tizimi belgilanib, hosil o’rib-yig’ib olinguncha 60 foiz qismini ajratish, paxta xom ashyosini xarid qilishda joriy yil oxirigacha 90 foiz qismini ajratish tizimi joriy qilindi;

  • qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilar uchun barcha turdagi soliqlar umumlashtirilib, yagona yer solig’i joriy qilindi;

  • texnika vositalari va boshqa qishloq xo’jaligi mashinalarini lizingga berish tizimi joriy etildi;

  • yer ijarasi huquqini va bulg’usi hosilni garovga qo’ygan holda kredit olish tizimi joriy etildi.

Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq tarmoqni rivojlantirishning shunday strategiyasi belgilab qo’yildiki, uning asosida qishloq xo’jaligini diversifikasiyalash, paxta yakkahokimligiga barham berish, oziq - ovqat tovarlari bilan o’z - o’zini ta’minlash, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlarni rivojlantirish yotardi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga davlat buyurtmasining ulushi izchillik bilan pasaytirib borilgan holda (paxta va g’alladan boshqa) qishloq xo’jaligi mahsulotlarining barcha turlari uchun bekor qilindi.
Narx-navo islohoti natijasida:

  • davlat tomonidan sotib olinayotgan paxta xom ashyosining narxini jaxon bozoridagi narxdan kelib chiqqan holda belgilash tizimi joriy etildi;

  • davlat omonidan sotib olinayotgan g’alla narxini mintaqaviy bozorlardagi narxlardan kelib chiqqan holda belgilash tizimi joriy etildi;

  • boshqa turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarining narxlari bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda shartnoma asosida belgilanmoqda.

Ishlab chiqarish tarkibi va samaradorligi sezilarli ravishda mulkiy huquqlarning taqsimlanishiga bog’liqdir. Bu borada Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov shunday deb ta’kidlagan edi: “Haqiqiy mulkdor bo’lish - haqiqiy xo’jayinlik tuyg’usini his etish demakdir. Bu o’z navbatida insonning yashirin kuch-g’ayratini, tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etadi, uni tashabbuskor va omilkor qiladi, o’z korxonasini rivojlanish istiqboli haqida qayg’urib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirib boradi, oladigan foydasi ham xodimlarning ish haqi ham ko’payadi”[37, 27]. Shuning uchun, qishloq xo’jaligini isloh qilishga qaratilgan chora tadbirlar tizimida qishloqda birinchi bosqichda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan mulk islohoti natijasida:

  • tarmoqda mulk “davlat mulki” va “jamoa mulki” (shirkat va jamoa xo’jaliklari) shaklidan “xususiy mulk” (dehqon va fermer xo’jaliklari) shakliga o’tkazildi;

  • jamoa mulki bo’lgan bog’ va tokzorlar, chorva fermalari va mollari, texnikalar

hamda boshqa mol- mulklar xususiylashtirildi;

  • xususiy mulklarni himoya qilish va ularning rivojlanishini huquqiy jihatdan kafolatlash bo’yicha me’yoriy xujjatlar qabul qilindi.

Respublikamizda 1991 yilda 1294 ta jamoa xo’jaligi, 1868 ta fermer xo’jaligi va 2,1 million nafar xususiy tomorqa uchastkalarining egalari mavjud edi. Qishloq xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanmish yerlarni haqiqiy egalari bo’lmish fermer va dehqonlarga berilganligi tufayli qishloqda mulkchilik shakllari o’zgardi.
Shunday qilib, shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari faoliyatining asoslarini shakllantirishda qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi, milliy an’nalardan kelib chiqqan holda me’yorlarni yaratildi. Qonunda belgilangan me’yorlarda ko’p ukladli agrar iqtisodiyotning shakllanayotgan har bir subyekti yerga va mulkka egalik huquqi, mehnatni tashkil qilish shakllari bo’yicha bir biridan farq qiluvchi xususiyatga ega.
Demak, yerga va suvdan foydalanish obyektlariga davlat mulkchiligi saqlanganini e’tiborga olgan holda, qonunchilik me’yorlari asosida belgilab olingan qishloqda daromad keltiruvchi mulkka (kapitalga) egalik qiladigan haqiqiy mulkdorlar sinfini shakllantirish yo’nalishlari quyidagilardan iborat bo’ldi:

Yüklə 284,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin