2-mavzu: qadimgi va milliy dinlarning tasnifi reja



Yüklə 87,05 Kb.
səhifə14/15
tarix14.04.2022
ölçüsü87,05 Kb.
#55416
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2-mavzu

Konfutsiylik dini asosochisi dunyoga Konfutsiy nomi bilan mashhur bo‘lgan miloddan avvalgi 551-479 yillarda yashagan xitoylik faylasuf olim Kun Szidir.

Din ta’limotiga binoan osmon eng buyuk Xudodir. Olamdagi barcha mavjudotlarning taqdiri osmonga bog‘liq. Biroq, jamiyatning qanday bo‘lishi esa insonga ham bog‘liq.

Konfutsiylik qoidalari, ta’limoti va marosimlari uning muqaddas kitoblari - «To‘rt kitob» («Si-SHu») va «Besh kitob» («U-Szin») da bayon etilgan. Hozirgi kunda Xitoy aholisining ko‘pchiligi ushbu dinga e’tiqod qiladi.

Sintoiylik (sinto – xudo yo‘li) milodning VI-VII asrlarida YAponiyada vujudga kelgan din hisoblanadi. Ko‘p xudolilikka asoslangan sintoiylikda Amaterasu (Quyosh xudosi), Susanoo (Bo‘ron xudosi) va Inari (Dehqonchilik xudosi) asosiy xudolar hisoblanadi. Sintoiylik ta’limoti zamirida imperator hokimiyatining ilohiyligi to‘g‘risidagi aqida yotadi. Unga ko‘ra, imperator xudo Amaterasuning avlodidir. SHuning uchun ham, har bir yapon fuqarosi o‘z imperatorining muqaddas xohishi oldida bosh egishi lozim.

Daosizm falsafiy ta’limot sifatida Xitoyda mil. av. birinchi ming yillikning o‘rtalarida konfutsiychilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo‘ldi. Bu ta’limot dastavval bir muncha mavhum xarakterga ega bo‘lib, din bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan. Ushbu ta’limot tarafdorlari ham konfutsiychilar kabi o‘z zamonalaridagi harakatlarga qarshi bo‘lganlar. Daosizm targ‘ibotchilari ham hukmdorlar orasidagi tinimsiz urushlarni qoralar edilar. Ular ham boshqa bir qator falsafiy ta’limotlar qatori orqaga – «Oltin asr»ga – qaytishga chaqirar edilar.

Daosizm o‘zining ilk ko‘rinishida nazariyadan ko‘ra ko‘proq amaliyotga aloqador edi. Bu shamanizm, folbinlik, tabiblik bilan bog‘liq edi. CHunonchi qadimgi davolash uslublari falsafa, ayniqsa, daosizm falsafasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. SHamanlar davolash uslublarida inson tanasidagi jarayonlarni tashqi fazoviy kuchlar, har xil ruhlar ta’siri bilan bog‘lab, jodugarlik va sehrdan keng foydalanganlar.

Daosizm dinining asosiy mohiyatlaridan biri bu dao va u bilan aloqador tabiat falsafasi hamda kosmogoniya masalalaridir. Ikkinchi asosiy nuqta mavjudlik, hayot va o‘limning nisbiyligi va shunga bog‘liq holda uzoq yashash, abadiy hayotga erishish tushunchasidir. Milodning birinchi asrlari – Xan asriga kelib, abadiy hayot masalasi daosizm olimlarining asosiy muammosiga aylandi. Uchinchi va so‘nggi masala uvey prinsipidir. Daosizm falsafasining mana shu uch ta’limoti Xan asriga kelib daosizm dinining shakllanishiga asos bo‘ldi.

Daosizm birinchi ming yillikda buddizm va konfutsiychilik bilan raqobatlashib keldi. VI asrga kelib, daosizm konfutsiychilikdan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi. XIII asrdan boshlab daosizm ta’limotining aniq asoslarga ega emasligi va ilk davrdagi yuksak ta’limotlari turli xurofotlar bilan almashgani tufayli inqirozga yuz tuta boshladi.

XX asr boshlariga kelib Xitoyda turli daosizm sektalariga qarshi kurash boshlandi. O‘tgan asrning ikkinchi yarmida daosizm tarafdorlari juda ozchilikni tashkil qildi. Ushbu kichik guruhlar monaxlar, targ‘ibotchilar va bashoratchilarni o‘z ichiga olar edi.


Yüklə 87,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin