Urug’-qabila dinlari: e’tiqod manbai va asosiy ko’rinishlari Totemizm- (alkongin tilidagi “totem”-uning urug‘i so‘zidan)-ibtidoiy jamiyatning ilk dinlaridan biri. U kishilarning ma’lum guruhi bilan hayvon va o‘simliklarning muayyan turlari o‘rtasida g‘ayritabiiy aloqa, qon-qarindoshlik bor, degan e’tiqodga asoslanadi. T.da har bir urug‘, qabilaning har bir a’zosining hayoti va farovonligi, ayni shu urug‘ning ajdodi bo‘lgan totemga o‘simlik va hayvonga bog‘liq, deb qaralgan. O‘sha davrlarda hayvon, o‘simlikning surati totem ruhlarining makoni, tabiiy suratdagi narsa urug‘ning homiysi tarzida qabul qilingan. SHunga ko‘ra, ular totemning yordamiga muxtoj bo‘lganlar, unga sehr yordamida ta’sir qilishga uringanlar. Dastlab totem sifatia hayvonlar, ko‘proq ov hayvonlari e’zozlangan. Keyinroq esa, qarindoshlik muosabatlari boshqa xayvonlarga ham o‘tgan, ba’zan o‘simliklar, tabiat xodisalari: yomg‘ir, quyosh, shamol, va boshqalarga ham tarqalgan. Totemistik e’tiqod ayniqsa Avstraliyadagi xalqlarda saqlanib qolgan. Avstraliya milliy axolisining har bir qabilasi xayvon yoki o‘simlik nomini olgan urug‘larga bo‘linadi. Urag‘ a’zolari o‘z totemini qarindoshi, otasi, akasi, do‘sti deb xisoblaydi. Markaziy osiyoda keng tarqalgan muchal ham totem bilan bog‘liq.