Psixologik apparatning 3 bloki
Inson psixikasini о’rganishda fiziologiyaning oliy nerv faoliyati tadqiqotlarida erishilgan yutuqlari alohida ahamiyat kasb etadi.
A.R.Luriyaning bosh miya bloklari ta’limotidir. A.R.Luriya miyaning 3 ta blokni farqlaydi:
a) energetik – miya normal ishlash tonusini quvvvatlash;
b) qabul qilish, qayta ishlash va axborotni saqlash;
v) faoliyatni programmalashtirishni tartibga solish va nazorat qilishni ta’minlash. Bosh miya yarimsharlari funksiyalarining muayyan yо’nalishi alohida ahamiyat kasb etadi. (jadval №1).
Psixologik hodisalarni о’rganishda P.K.Anoxinning funksional sistemasi tо’g‘risidagi nazariyasi muhim ahamiyatga ega. P.K.Anoxin fikriga kо’ra, xatti-harakat akseptori harakat natijalarini oldinga qо’yilgan maqsad bilan solishtirishga imkon beradi. Ong faqat insonga xos bо’lib, obyektiv voqelikni psixik aks ettirishning oliy formasidir.
Ong strukturasiga quyidagi elementlar kiradi.
a) subyekt va obyektni farqlash (о’zlikni anglash va о’z-о’zini bilish)
v) insonning maqsadli faoliyati(faoliyat maqsadlarini shakllatirishi)
g)ushbu holatlarga alohida munosabatlarni kiritish (hissiyot olamini).
Ong shakllanishining asosiy sharti tildir. Inson psixikasining ong osti xossalari bu inson xulq-atvoriga, ong mazmuniga sezilarli ta’sir kо’rsatadigan anglanmaydigan psixik protsesslar yig‘indisidir (masalan: intuitsiya, subsensor idrok).
Dostları ilə paylaş: |