Mikrosotsiologiya insonlarning kundalik hayotidagi o‘zaro sotsial muloqotlarini (interaksiya, o‘zaro munosabatlar) o‘rganadi. Mazkur yo‘nalish tarafdorlari sotsial hodisalarning mazmunini mazkur hodisalarga insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishganidan so‘ng bergan ma'nolarini o‘rganib tushunish mumkin, deb hisoblashadi. Ularning asosiy e'tibori individlarning xulq-atvori, qilmishlari va motivlariga qaratilgan. Chunki insonlarning xulq-atvori, motiv va xatti-harakatlari jamiyatdagi shaxslararo o‘zaro harakatga ta'sir ko‘rsatib, jamiyatning barqarorligi va unda kechuvchi o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi.
Sotsiologiyada ayirboshlash nazariyasi (Dj.Xomans), etno-metodologiya nazariyasi (G.Garfinkel), belgili interaksionizm nazariyasi (G.Blyumer) namoyondalari mikrosotsiologik tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashgan.