2-mavzu. Stol tennisi o‘yini qoidalari. Reja: O‘yin qoidalari
2-mavzu. Stol tennisi o‘yini qoidalari.
Reja:
1.O‘yin qoidalari
2.O‘yindagi atamalar
3.Sharni oshirish, Sharni qaytarish
4. Qayta tashlash
Stol tennisi paydo bo‘lganidan boshlab, o‘yinning rasmiy qoidalari bir necha marta o‘zgartirilgan va hozirgi kunda o‘yin 2o12-yilda o‘rnatilgan qoidalar asosida o‘tkazib kelinmoqda. Stol tennisining batafsil qoidalari bir necha o‘n sahifa hajmga ega, ko‘pchilik mamlakatlar federatsiyalari o‘zlarining qoidalarini ITTF o‘rnatgan qoidalarga muvofiq ravishda qabul qilganlar.

Oldinlari partiyalardagi hisob 3:o, 5:o, 1o:o xisobgacha davom qilgan, o‘yin erkaklar va ayollar o‘rtasida aralash tarzda o‘tkazilgan. 1948-yilda ITTF yangi o‘yin qoidalarini ishlab chiqqanidan so‘ng erkak bilan erkak, ayol bilan ayol o‘ynashi belgilab qo‘yilgan. Muqaddam 5 xisobgacha 1- o‘yinchi, so‘ngra 5 xisobgacha 2-o‘yinchi Sharni o‘yinga kiritgan. ITTFning 1998—yildagi yangi qaroriga asosan Sharni o‘yinga kiritish 5 xisobdan 2 xisobgacha, hisob esa 21 xisobdan 11 xisobgacha qisqartirilgan.
O‘yindagi atamalar
O‘yindagi atamalar
“o‘ynash” - shar o‘yin holatida bo‘lgan vaqt oralig‘i;
“Shar-o‘yinda” - oldindan o‘ylangan sharni tashlash oldidan tinch turgan panjada joyla shuvining oxirgi lahzasidan to o‘yinni qaytadan boshlash qarori qabul qilinguncha yoki o‘yin tomonlardan biriga xisob berilishi bilan yakunlanguncha bo‘lgan davr;
“qayta tashlash” - natijasi hisobga olinmagan o‘yin;
“xisob” - natijasi hisobga olingan o‘yin;
“oshiruvchi” - o‘yinda sharga birinchi bo‘lib zarba berishi lozim bo‘lgan sportchi;
“qabul qiluvchi” - o‘yinda sharga ikkinchi bo‘lib zarba berishi lozim bo‘lgan sportchi.