2-MAVZU. Til va yozuv masalalari
Reja:
1.Til va yozuvning o`zaro aloqasi
2.Yozuvning taraqqiyot bosqichlari
3.Yozuvning maxsus turlari
Tayanch tushunchalar:
til, tafakkur, nutq, yozma nutq, og`zaki nutq, yozuv,
grafika, fonografik yozuv, piktografik yozuv,
Yozuvning paydo bo‘lishi til qadar uzoq tarixga ega emas. Hozir bizga
ma`lum bo‘lgan tillarning yozuv tarixi o‘n-o‘n besh ming yildan oshmaydi. Ba`zi
tillarda hozirgacha yozuv yo‘q. Mas., Amerika qit`asidagi ayrim mahalliy
aholi. Yozuv ehtiyoj tufayli paydo bo‘ldi. Boshlanғich davrlarda xotirada saqlab
qolish vositasi tabiat predmetlari bo‘lgan. Predmetlar simvolikasi shunday vazifani
bajargan. Mas., qarama-qarshi qabila vakillarining navbatma-navbat trubka chekishi
tinchlik simvoli bo‘lgan. Slovyan qabilalarida ilgari va hozir ham mehmonni non va
tuz bilan kutib olish do‘stlik va hurmat belgisidir.Yozuv jamiyatning eng buyuk
kashfiyotlaridan biri bo‘lib, kishilik jamiyatining har tomonlama taraqqiyotida juda
katta rol o‘ynaydi. Yozuvning xabar etkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi -
dunyoning turli nuqtasida paydo bo‘lgan yirik siyosiy, ilmiy, texnikaviy va adabiy
voqealar barcha xalqlarning mulkiga aylandi.Agar yozuv bo‘lmaganida,
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan yuksak madaniyat namunalari bizgacha etib
kelmagan bo‘lar edi. Xullas, harf yozuvi asosida paydo bo‘lgan ilmiy simvolika
tafakkur taraqqiyotini tezlashtirishda, fikrlash, o‘ylash va isbotlashning yanada
yuqori darajaga ko‘tarilishida muhim rol’ o‘ynadi va o‘ynamoqda. Tildagi uzoq
yillar mobaynida yuz bergan fonetik, grammatik yaruslardagi o‘zgarishlardan faqat
yozuv tufayligina xabardormiz. Faqat yozuvgini til evolutsiyasi to‘g`risidagi
tasavvurimizni jonlantira olishi mumkin.Agar yozuv bo‘lmaganda, Mahmud
Qoshg`ariy, Yusuf xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Lutfiy, Alisher Navoiy singari
buyuk siymolarning donishmandona fikrlaridan bahramand bo‘la olmas
edik.Yozuvning yutug`i: tilda bo‘lmagan imkoniyatlar yozuvda yuzaga chiqadi.
Ammo u tilning to‘liq aksi emas, balki shartli va sun`iy aksidir.Yozuv tilga nisbatan
kam o‘zgarib, uning vazifasi ham bir muncha chegaralangandir. Jamiyatning kelgusi
taraqqiyotida radio va televizion, internet aloqa vositalari kabi yozuvdan ustunroq
bo‘lgan yangi vositalar ham yuzaga kelishi mumkin.Yozuv o‘z-o‘zidan paydo
bo‘lmay, balki ma`lum bir ehtiyoj va zarurat asosida fikrni uzoq masofaga etkazish
yoki keyingi avlodlarga qoldirish talabi bilan yaratilgan. Uning o‘ziga xos xarakterli
belgilari bor:
1.Yozuv mustaqil va asosiy aloqa vositasi bo‘lolmaydi, yordamchi vosita
hisoblanadi.
2.Nutqni uzoq masofaga etkazish va keyingi davrlarga qoldirish uchun xizmat
qiladi. Grafik belgilar yozuvning asosiy qurolidir.
Demak, yozuv ko‘z bilan ko‘radigan va kishilar o‘rtasida o‘ziga xos aloqa
vositasi bo‘lib xizmat qiladigan grafik belgilar sistemasi bo‘lib, uning jamiyatda
o‘ziga xos katta o‘rni va xizmati bor, ya`ni yozuv ma`lum bir masofa bilan ajralgan
odamlar orasidagi aloqalarni yaxshilashda, yozma adabiyotlarni va yozma adabiy
tilni yuzaga keltirishda, ma`lum bir davrda yaratilgan madaniy- adabiy
yodgorliklarni keyingi davrlarga yetkazib berishda nihoyat darajada muhim rol
o‘ynaydi.
Olimlar yozuvning paydo bo‘lishi va ahamiyati to‘g`risida maxsus asarlar
yozishgan. Masalan, Abu Nasr Forobiy Aristotelning «Ritorika» asariga yozgan
sharhida yozuv tizimi, uslubiyat haqidagi fikrlarida o‘z ifodasini topgan. U
tilshunoslikning mundarijasini olti bo‘limdan iborat deb belgilaydi va beshinchisi
«yozuv qonunlari va to‘g`ri talaffuz (orfoepiya) haqidagi fan» ekanligini ta`kidladi.
Bundan tashqari olim «Kitob fi sanoat al-kitoba» («Yozuv san`ati haqida kitob»),
nomli asar yozgan.
Abu Rayhon Beruniy tilshunoslikning ko‘p masalalari qatorida yozuvning
ahamiyati haqida ham atroflicha fikr yuritadi. U til va yozuvning munosabati haqida
shunday yozadi: «Agar insondagi so‘zlash quvvati hamma joyga shamol kabi
yoyiluvchi bo‘lmaganda edi va zamonlardan zamonlarga nafaslar singari o‘tuvchi
xat yozish san`atini keltirib chiqarmaganda edi, o‘tmish zamonning xabarini,
ayniqsa, uzoq zamonlar o‘tganda hozirgi zamon tillariga qanday ko‘chirib bo‘lar
edi?» Beruniy ayrim mutaassib kishilar arab yozuvini Alloh tomonidan yuborilgan,
deb ilohiy tus berayotgan bir paytda, har qanday yozuv kabi bu yozuv ham
insoniyatning kashfiyoti ekanligini e`tirof etadi. Lekin bu yozuvda ancha noqisliklar
bor ekanligi, shuning uchun ham grek, lotin, hind tilidagi asarlarning arab tiliga
qilingan tarjimalarida ayrim nomlarni to‘g`ri ifodalash qiyin, shu tufayli ko‘p nomlar
ғaliz berilishini bayon qiladi. Olimning aytishicha, arab yozuvida «katta
baxtsizliklar» bor. Unli fonemalarning ifodalanmasligi, ko‘p harflarning bir-biriga
o‘xshashligi va ularning ayrim nuqtalar orqaligina farqlanishi qator qiyinchiliklarga
olib keladi.
V. Gumbol’dt shundan keyingi davrlarda «Harf yozuvi va uning til qurilishi
bilan aloqasi haqida»(1824) kabi asarlar yozgan.
Yozuv madaniyati tarixiga nazar
tashlansa, Markaziy Osiyoda yashagan xalqlar orasida yagona alifbe bilan cheklanib
qolgan ulusning o‘zi yo‘q. Chunonchi, sug`d tili o‘z tarixi mobaynida oromey, milliy
sug`d, moniy, suryoniy yozuvlaridan foydalanganlar. Qadimgi xorazmiy adabiy tili
uchun xorazmiy, arab alifbelari amalda bo‘lgan. Bular ba`zi ishlarda «Avesto» tili
va yozuvi, xorazm tili va yozuvi, baqtriya tili va yozuvi, sug`d tili va yozuvi, sak tili
va yozuvi degan nomlar bilan ataladi.
Turkiy xalqlarning ota-bobolari 22 harfli oromey yozuvidan foydalanib, o‘zlarining
26 harfli turk-run (sak tili va yozuvi)ni kashf etganlar.
Biz turk-run yozuvining oromey yozuvi asosida shakllanganligini inkor etmagan
holda, sak tili va yozuvi asosida Urxun-Enasoy yozuvi shakllangan, degan fikrdan
yiroqmiz. CHunki 1970 yilgacha turkiy yozuv eramizning VI-VII asrlarida paydo
bo‘lgan, degan fikr etakchi edi. Unga nisbatan Urxun-Enasoy atamasini ishlatganlar.
Qadimgi turkiy yozuv uchun Urxun-Enasoy yozuvi atamasi qo‘llanilgan bo‘lib,
undan voz kechish vaqti etdi. Turkiy yozuv Urxun-Enasoy tomondan Ғarbga emas
(chunki bunda 38 harfiy belgi bor), Markaziy Osiyodan (bunda 26 harfiy belgi bor)
SHarq tomon tarqalgandir. Urxun-Enasoy atamasi yozuv yodgorliklarining mahalliy
guruhinigina anglatadi.
1970 yili Olmoti yaqinidagi Issiq qo‘rғonini tekshirganda undan miloddan oldingi
ko‘plab buyumlar qatori kumush kosa topildi. Uning sirtida qadimgi sak (turkiy)
yozuvi bor edi.
Issiq yozuvi nomi bilan mashhur bo‘lgan bu yozuv (26 harfli)ni
A.S.Omonjo‘lov o‘qib talqin etgan. Olim bu qadimgi turkiy yozuvning ildizlarini
ikki yarim ming yillik o‘tmishdan izlamoq kerakligini ta`kidlaydi. Xuddi Issiq
yozuviga o‘xshash yozuv Farғona vodiysining Isfara, Quva, Qal`ai bolo,
Lo‘mbitepa,
Surxondaryoning
Xolchayon,
Dalvarzintepa,
Fayoztepa,
Afg`onistonning Dashti Novur kabi joylaridan ham topildi. Bu yozuvlarni
A.N.Bernshtam, YU.A.Zadneprovskiy, S.G.Klyashtorniylar o‘qigan va ma`lumot
bergan.
Dostları ilə paylaş: |