Umumxalq tili milliy til va adabiy til tushunchalari tilning ijtimoiy taraqqiyot jarayonini o‘zida aks ettiruvchi terminlar bo‘lib, ular o‘rtasida o‘zaro uzviy bog‘liqlik bo‘lishi bilan bir qatorda, farqli tomonlar ham mavjud. Xususan, umumxalq tili va milliy til, hozirgi davr nuqtayi nazaridan qaralganda, bir xil (sinonim) tushunchalardir. Shu bois tilshunoslikda ularning biri o‘rnida ikkinchisini qo‘llash hollari ham ko‘p uchraydi. Biroq umumxalq tili til taraqqiyotining barcha bosqichini, ya’ni eng qadimdan hozirgacha bo‘lgan davrini o‘zida mujassamlantiradi.