2-mavzu: Xorijda,O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi. Islom ta’limotida ijtimoiy-pedagogik g’oyalar



Yüklə 1,84 Mb.
səhifə62/183
tarix08.04.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#94750
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   183
portal.guldu.uz-Ijtimoiy Pedagogika 2

Tasvirlash (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog’liq bo’lsada, didaktikada alohida o’rganiladi.

Namoyish va tasvir metodlari o’zaro bog’liqlikda bir-birini to’ldirgan holda qo’llaniladi. Agar hodisa va jarayonni o’quvchi yaxlit holda qabul qilishi zarur bo’lsa namoyishdan foydalanish, agar hodisa mohiyati hamda uning unsurlari o’rtasidagi bog’lanishlarni anglash talab etilsa illyustratsiyaga murojaat qilinadi.


Tasvirning samarasi ko’pincha o’qituvchi tomonidan ko’rsatuv texnologiyasi qay darajada o’zlashtirilganligiga bog’liq bo’ladi. Ko’rsatmalardan foydalanishning bilish jarayonidagi didaktik ahamiyati o’rganilayotgan ob’ekt mohiyatini to’laqonli yorita olishi bilan belgilanadi. Aslida illyustratsiyalar oldindan tayyorlanib, dars jarayonida zarur o’rinlarda kerakli hajmda ko’rsatiladi, aks holda ular sonining oshib ketishi o’quvchilarni hodisa mohiyatini anglashda chalg’itadi. Ayrim hollarda tarqatma materiallar (fotosurat, jadval, tabiiy ob’ektlar va boshqalar) yoki texnik vositalar xizmatidan foydalanishga to’g’ri keladi.
O’rganilayotgan mavzuning mazmuniga bog’liq bo’lgan narsa, hodisa va voqealarni hamma vaqt sinf sharoitida namoyish qilish mumkin bo’lmaydi. Shuning uchun ham o’tilayotgan mavzuning xarakteriga qarab, ekskursiya metodidan ham foydalaniladi. Mazkur metod sinf sharoitida – dars jarayonida qo’llaniladigan ta’lim metodlaridan iubdan farq qiladi.

Ekskursiya bir vaqtning o’zida mustaqil ta’lim turi ham sanaladi.


Ko’rgazmali metodlardan foydalanishda quyidagi shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir: ko’rgazmalilikning o’quvchilar yoshi va rivojlanish darajasiga mos kelishi; namoyish etilayotgan ob’ektlar barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinib turishi; namoyishda uning boshlang’ich bosqichi va asosiy jarayon (holat)larning ajralib turishi; tajribalar namoyishi maket, jihoz, qurollar yoki tajriba sxemasini chizib ko’rsatish asosida tashkil etilishi; namoyish va illyustratsiya o’quv materialining mazmuni bilan uyg’un bo’la olishi lozim.

Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar – maktab er maydoni, issiqxona, geografik maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o’qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo’riqnoma yoki maxsus ko’rsatmani o’quvchilar e’tiboriga havola etadi.



Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin