1 – Mavzu. Soliqlar tizimi asoslari
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi.
Soliq va boshqa majburiy to’lovlarning turlari va elementlari.
Soliqka tortish obyekti va iqtisodiy mohiyati bo’yicha soliqlarning
turkumlanishi.
Soliq tizimining huquqiy asoslari. Soliq to’lovchilarning huquq va
majburiyatlari.
Adabiyotlar ro’yxati
«O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi (2010 yil 1-martgacha bo’lgan o’zgarish va qo’shimchalar bilan).Rasmiy nashr. T.: “Adolat”, 2010.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 y 24-dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichilari va davlat byudjeti parametlari to’g’risida»gi PQ-1449-sonli qaroriga 7-32 ilovalar “Soliq to’lovchining jurnali”, 2011 yil yanvar.
Jo’rayev A. va boshqa lar. Soliq va soliqka tortish. O’quv qo’llanma. Toshkent-2009y.
Tayanch iboralar
Soliqlar. Majburiy to’lovlar. Yuridik shaxslar. Jismoniy shaxslar. Bevosita Soliqlar. Bilvosita Soliqlar. Byudjet. Davlat byudjeti. Mahalliy byudjet. Soliq obyekti. Soliq solinadigan baza. Soliq stavkasi. Soliq tamoyillari
Ma’ruzani o’tish metodi
Ma’ruza «Bilaman. Bilishni xoxlayman. Bilib oldim» va aqliy hujum metodlarini qo’llagan holda o’tiladi.
1.1.Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va obyektiv zarurligi
Soliqlar davlatning paydo bulishi bilan vujudga kelgan. Soliqlar davlatning faoliyat ko’rsatishida moddiy asos bo’lib xizmat qiladi. Soliqlarsiz biron-bir davlat faoliyat ko’rsataolmaydi. Shuning uchun jamiyatda Soliqlarning amal qilishi obyektiv zaruriyat bo’lib hisoblanadi.
Ma’lumki, jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar ishlab chiqarish soxalarida faoliyat kursata olmaydi, ularni bir qismi ishlab chiqarish bilan shug’ullansa, qolgan qismi esa noishlab chiqarish soxalarida faoliyat ko’rsatadi. Ushbu soxalar bir-biri bilan bog’liqbo’lsada, moliyalashtirish soxasida ularda bog’liqlik mavjud emas. Ishlab chiqarish bilan band bo’lgan subyektlar noishlab chiqarish subyektlarini bevosita mablag’ bilan ta’minlamaydilar, bevosita ta’minlashni xech vaqtda buyniga olmaydilar, aksincha ular ushbu jarayonni rad etadilar. Shuning uchun noishlab chiqarish soxasi bo’lgan ijtimoiy jabxolarda band bo’lganlarni mablag’ bilan ta’minlash, ya’ni ularni moliyalashtirish faqat davlat orkali amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni moliyalashtirishni asosiy manbai bo’lib, davlat tomonidan jalb qilinadigan Soliqlar va ularga tenglashtirilgan majburiy to’lovlar hisoblanadi. Ma’lumki, ijtimoiy soxalar bo’lib , madaniyat, fan, tibbiyot kabilar jabxalar hisoblanadi. Bu soxalarning xizmatlarini barcha subyektlar, shu jumladan ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi subyektlar xam iste’mol qiladi. Bularning iste’moli barcha subyektlar uchun umumiy bo’ladi. Shuning uchun umumiy iste’molni moliyalashtirishda jamiyat a’zolarining xammasi qatnashishi shart. Moliyalashtirish vazifasini, asosan davlat o’z foydasiga jamiyat a’zolaridan undiriladigan Soliqlar va ularga tenglashtirilgan boshqa majburiy to’lovlar orkali amalga oshiradi.
Demak, davlat umumxalk manfaatlarini o’zida gavdolantiruvchi, ularni himoya qiluvchi va moliyaviy mablag’lar bilan ta’minlovchi siyosii institutdir. Davlat o’zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manbalardan foydalanadi, shulardan asosiysi bo’lib Soliqlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |