2.3 Aksiz solig’i
5-vazifa
Hisobot davrida ishlab chiqarish korxonasi o’zida ishlab chiqarilgan 150 dol etil spirtini sotgan. Etil spirti aksiz solig’i to’lanadigan tovar bo’lib hisoblanadi.
Ushbu va amaldagi xujjat ma’lumotlaridan foydalanib aniqlang:
1. Etil spirti birligi uchun berilgan aksiz solig’ini stavkasini;
2. Sotilgan etil spirti bo’yicha aksiz solig’i so’mmasini;
3. Aksiz solig’i obyekti va bazasini tushuntiring.
6-vazifa
Hisobot davrida sotilgan zargarlik buyumlari bo’yicha aksiz solig’ini hisoblash uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar:
1. Hisobot davrida harid qilingan xom ashyo va materiallar qiymati – 4560 ming so’m
2. Korxona bo’yicha sotilgan tovarning hisob qiymati – 8436 ming so’m
Ushbu ma’lumotlar asosida aniqlang:
1. Sotilgan zargarlik buyumlari qiymatiga nisbatan foiz hisobida berilgan Soliq
stavkasini;
2. Aksiz solig’i so’mmasini:
3. Aksiz solig’ini to’lash muddatini;
2.4 Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i
7-vazifa
Samarqand shaxrida yuridik shaxslar uchun yer solig’i stavkasi 1-zona bo’yicha 2009 yilda 1 gektar yer uchastkasi uchun 5706928 so’m kilib belgilangan. 2010 yildan boshlab yer uchastkalaridan foydalanganlik uchun yer solig’i stavkasi 1,15 baravarga indensasiya qilingan.
Ushbu ma’lumotlar asosida aniqlang:
1. Yer solig’i stavkasi necha foizga oshganligini (kamayganligini);
2. 2010 yilda 1 gektar yer uchastkasi uchun yer solig’i stavkasini;
3. Hisoblangan mutlok miqdordagi Soliq stavkasini Prezident qarori bilan tasdiqlangan Soliq stavkasiga solishtirib, tugri aniqlanganligini.
8-vazifa
Samarqand shaxrining IV-zonasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasidan 2010 yilda undiriladigan yer solig’i uchun talab qilinadigan ma’lumotlar:
-
T/R
|
Ko’rsatkichilar
|
So’mmasi ming.so’m
|
1
2
|
Shahar xokimiyati qarori bilan ajratilgan yer maydoni, ga
1 gektar uchun undiriladigan yer solig’i stavkasi, so’m
|
8,0
5319719
|
Berilgan ma’lumotlar asosida aniqlang:
1. Hisobot yilida to’lash lozim bo’lgan yer solig’ini;
2 .Har chorakda to’lanishi zarur Soliq miqdorini:
3. To’lash muddatlarini aniqlang va har bir muddat bo’yicha Soliq so’mmalarini
belgilang.
4. Kiskacha xulosa yozing:
Dostları ilə paylaş: |