2-mavzu: Zoologiya fanining rivojlanish tarixi.
Zoologiya fanining paydo bo‘lishi,rivojlanish tarixi va shakllanishiga hissa qo‘shgan olimlar.
Zoologiya qadimgi fanlardan bo‘lib, bu fanga eramizdan ilgarigi 384-322 yillarda yashagan gretsiyalik olim, faylasuf Aristotel (Arastu) asos solgan. Arastu o‘sha zamonda fanga ma’lum bo‘lgan 454 xil (tur) hayvonlarni tuzilishi hayoti va tarqalishini sistema asosida bayon qilib bergan. Arastu asarlaridagi hayvonot dunyosi sistemasi ko‘p jihatdan hozirgi sistemaga yaqin bo‘lib, unda hayvonlar; qonlilar (umurtqalilar) va qonsizlar (umurtqasizlar) degan katta guruhlarga, bular esa o‘z navbatida yana sakkizta kichik guruhlarga: tirik tug‘uvchi to‘rt oyoqlilar (sut emizuvchilar), tuxum quyuvchi ikki oyoqlilar (qushlar), tuxum quyuvchi to‘rt oyoqlilar (sudralib yuruvchilar) oyoqsiz tuxum quyuvchi jabralilar (baliqlar) hashoratlar, qisqichbaqasimonlar kabilarga ajratgan. Arastuning zoologiyaga oid asarlari o‘zining to‘la va mazmunligi bilan, hatto XVIII asrda yozilgan asarlardan ham ajralib turadi.
Uyg‘onish davrlarigacha jumladan o‘rta asr davrlarida ham zoologiyaning rivojlanishida deyarli siljish bo‘lmadi. Barcha to‘plangan ma’lumotlar sistemaga solinib hikoya tarzida berilar edi. Bu paytda kelib Arastu sistematikasi unitilib ketgan edi. Jumladan nemis olimi K. Gesnerning besh tomli “Zoologiya qomusi” (XVIIasr) shu tarzda yozilgan bo‘lib hayvonot dunyosi alifbo tarzida ko‘rsatilgan edi.
Zoologiya fanining qaytadan rivojlanishi 1735 yildan, ya’ni mashhur shved olimi K.Linneyning “Tabiat sistematikasi” nomli kitobining maydonga kelishi bilan boshlandiki, bu kitobda ma’lum bo‘lgan hayvonlarning ancha qo‘lay bo‘lgan sun’iy sistematika asosida o‘rganish metodlari ifodalangan edi.
XVIII va XIX asr boshlarida hayvonot dunyosining xilma-xilligi va tuzilishini har tomonlama o‘rganish va zoologik sistemani rivojlantirishga Spalantsani, Byuffon, Sent-Iler, J.B. Lamark, J. Kyuve kabi G‘arbiy Yevropa olimlari va shuningdek Lomonosov, Pallas, Volf, K. Ber va F. Rule kabi olimlar katta hissa qo‘shdilar.
Hozirgi zamon biologiya faniga asos solgan CH.Darvin (1859 й.) evolyutsion ta’limotining vujudga kelishi ilmiy materialistik zoologiya fanining rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Chunki bu ta’limot “hayvon va o‘simliklarning turlarini bir-birlari bilan bog‘lanmagan holda yakka-yakka xudo tomonidan yaratilganligi haqidagi dunyo-qarashlarga qattiq zarba berdi va biologiyani to‘liq ilmiy asosga qo‘ydi”.XIX asrning ikkinchi yarmi ilmiy materialistik zoologiyaning rivojlanish davri bo‘ldi.
Darvin evolyutsion nazariyasi asosida zoologiyaning taraqqiy etishi va rivojlana borishida A. Uolles, T. Geksli, F. Myuller, E. Gekkel kabi G‘arbiy Yevropa olimlari bilan bir qatorda mashhur rus olimlari A. O. Kovalevskiy ва V.O.Kovalevskiy, I.I Mechnikov, Bogdanov, SHevyakov, Zavarzin, Xolodkovskiy, Knipovich, Zernov, Pavlovskiy, Skryabin ва бошқалар katta xizmat ko‘rsatdi.
O‘zbekistonda zoologik tadqiqotlarning rivojlanishi.
Halqimiz qadimdan biologik madaniy merosga ega bo‘lib kelgan. O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va b.q.r. tabiiy fanlarini rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar.
O‘rta Osiyoni tabiatini o‘rgangan olimlardan I.A.Seversov, A.N.Krasnov, D.N. Kashkarov, E.R.Korovin maktablarini shakllanishida bioekologik yo‘nalish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Kashkarov D.N, Zoxidov T.Z, Meklenburtsov R.N. o‘z ilmiy asarlarida O‘rta Osiyo biotsenozlarini bioekologik nuqtai-nazardan tasvirlab berishgan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi FA O‘simliklar va hayvonot olami genafondi instituti olimlari O‘zbekiston hayvonot olamiga bag‘ishlangan ishlarni olib borganlar va bormoqdalar.
O‘zbekistonda ekologik yo‘nalishdagi ishlarning asoschilari D.N.Kashkarov, va E.P.Korovin hisoblanadi. Ularning 1930 yillarda chop etilgan “Muhit va jamoa”, “O‘rta Osiyo va Qozoston cho‘llarining turlari va ulardan xo‘jalikda foydalanish istiqbollari”,” Cho‘ldagi hayot” asarlarining yaratilishi bo‘ldi.
O‘zbekistonda hayvonot olamini o‘rganish D.N.Kashkarov faoliyati bilan boliq. U 1928 yilda AQSH ga bordi va bu erda biologiya jumladan zoologiya o‘sha vaqtda ancha rivojlangan edi. U 7 oy yirik ekologlarning Adams, SHelvord, Chepman, Grinell, Elli, Teyler, Forxis va boshqalarning ishlarini o‘rgandi va 12 ta universitet, muzey va qo‘riqxonalar bilan tanishdi.
Uning davomchilari zoolog-olimlar akademiklar T.Z.Zoxidov, A.M.Muhammadiyev, O‘zFA sining muxbir a’zolari V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov hayvonot olamining tadqiq qilishda izlanishlar olib borganlar. Bu borada E.Gan, O.G.Davletshina, M.Qodirova, X.S.Solixboyev, O.P.Bodanov, G.I.Ishunin va b.q.r. ishlari ham taxsinga sazovar.
Bugungi kunda O‘zR FA O‘simliklar va hayvonot olami genafondi institutining bir guruh zoolog olimlari hamda O‘zR FA muxbir a’zosi, prof. D.A.Azimov boshchiligidagi olimlarning olib borayotgan ishlari mustaqil Vatanimizda hayvonot olami ekologiyasining dolzarb muammolariga bashlangan