2. Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining tarixiy taqdiri



Yüklə 106,5 Kb.
səhifə4/5
tarix09.06.2023
ölçüsü106,5 Kb.
#127616
1   2   3   4   5
2. Merkantilizm iqtisodiy ta\'limotining mohiyati Merkantilizm iq

Merkantilizm va hozirgi zamon

Evropada proteksionizmning tiklanishi (Angliyada proteksionizm, Fransiyada kontinental qamal (blokada) va boshqalar) va nemis tarixiy maktabi (bu haqda quyida gap boradi) vujudga kelishi bilan merkantilizm g'oyalari yana tilga olina boshlandi. Avval Rosher va Shmoller, so'ngra ularning ingliz izdoshlari Kanningem va Eshlilar merkantilizm g'oyalarini to'la rasional va ma'lum istak-natijalariga erishuvda, masalan, milliy avtarkiya va davlat hokimiyatini kuchaytirishda yaroqli siyosat deb qaradilar.


A.Smit mashhur asarining bir joyida ohistagina «Mamlakat xavsizligi farovonlikdan muhimroq» deb yozish bilan shunday nuqtai nazarni ilgari surdiki, unga ko'ra merkantilistlar jiddiy qabul qilinishi kerak edi. Bu munosabat merkantilizm davridagi bosh masalalardan biriga oydinlik kiritishga imkon berdi: davlat qurilishining maqsadi ko'shni davlatlar iqtisodiy kuch-qudratini pasaytirish hisobiga ham erishiladi, bunda ushbu davlat qudratining oshishi ro'y beradi. Lokkning fikricha, bu shunday ro'y beradi: «boylik» oltin va kumushning oddiy ko'pliginigina anglatmaydi, balki boshqa davlatlarnikidan ortiqroq bo'ladi. Haqiqatdan ham, ko'pchilik merkantilistlar shunday nuqtai nazarni himoya qilganlarki, unga ko'ra millatlarning iqtisodiy manfaatlari antagonistik, ya'ni qarama-qarshidir, go'yoki dunyoda cheklangan miqdordagi resurslar mavjud, ularni esa bir davlat ikkinchi davlat hisobiga olishi mumkin. Bu merkantilistlarning «qo'shningni talon-toroj qil» degan siyosatini uyalmasdan himoya qilishini tushuntirib beradi. Undan tashqari bu g'oyada ichki iste'molni kamaytirish milliy siyosatning maqsadi qilib ko'rsatiladi.
Merkantilizmni qaytadan qo'llash, klassik maktabni (bu haqda quyida gapiriladi) tan olmaslik, kapitalizm yo'liga keyinroq o'tgan davlatlarda ro'y berdi. Yangi davlatlar iqtisodiyotda to'la erkinlikka qarshi edi, yoki bu erkinlik faqat kuchli Angliya uchun qulaylik va ustunlik beradi deb bejiz o'ylamaganlar. Shu sababli bu erda merkantilistlarning davlatning iqtisodiyotni boshqarish, proteksionizm, mamlakatda pul mo'l-ko'lligini ta'minlash va boshqalar hukumatlar siyosatiga aylantirildi.
XX asrda davlat monopolistik kapitalizmi rivoji bilan davlatning iqtisodiyotdagi roli tobora oshib bordi. Inqirozlar tez-tez takrorlanib turdi. Ayniqsa, 1929-1933 yillardagi iqtisodiy inqiroz butun dunyoni larzaga soldi. Shu davrda J.M.Keyns nomi bilan bog'liq ta'limot yuzaga keldi. U «
Yüklə 106,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin