2. Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining mohiyati Merkantilizm iqtisodiy ta'limotining tarixiy taqdiri



Yüklə 122,5 Kb.
səhifə4/4
tarix30.09.2023
ölçüsü122,5 Kb.
#151099
1   2   3   4
2 5238207161481317880

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Jon Lo
Jon Lokk baholarning muomaladagi pulning miqdoriga ma'lum proporsiyada o'zgarishini aniq ko'rsatib berdi. Lekin import kapital ko'proq qo'llaniladigan xom ashyo va yarim fabrikatlardan, eksport va mehnat intensiv qo'llaniladigan oxirgi mahsulotdan bo'lishi umumiy qoida sifatida qabul qilingan, chunki mehnatning sof eksporti mamlakat ichida aholini ish bilan bandligini qo'llaydi va chet el manbalaridan foydani ko'paytiradi. Merkantilistlar o'zlarining yuqoridagi yaxshi ma'lum g'oyalariga harbiy va strategik sohani hamda hali mustahkam oyoqqa turmagan sanoatni himoya qilish kerakligini ham ko'shadilar.
Shunday qilib, klassik iqtisodiy maktab vakillari (V.Petti, P.Buagilber, A.Smit va boshqalar) merkantilizmni qattiq tanqid ostiga oldilar va bu hukm asrlar davomida saqlanib keldi. Merkantilizmning g'oyalarini amalda joriy qilish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi Jon Lo tarixiy tajribasi misolida ibratlidir. Shuning uchun bu haqda to'laroq to'xtalamiz.
«Pul savdoni rag'batlantiradi» doktrinasini eng yuqori darajaga ko'targan qog'oz pul merkantilisti Jon Lo (1671-1729)ning g'oyalari va faoliyati diqqatga sazovordir (ba'zi manbalarda Lou). Uning «Pul va savdo tahlili» (1705y.) asaridagi tub g'oya baholarda foyda hissasini oshirishga va «pulning ko'payishi hozirgi o'ziga to'q odamlarni tadbirkorlikka jalb etadi» degan fikr asosiga qo'yiladi. Uning hayoti to'g'risida «Inflyasiya otasi», «Kredit sehrgari», «Bankir Loning g'aroyib hayoti» kabi turli kitoblar chop etildi.
Xo'sh, nega bu insonning hayoti va ayniqsa faoliyati barchani qiziqtirib qoldi?
Jon Lo Shotlandiyaning Edinburg shahrida zargar oilasida tug'ildi, uning otasi pullarni foiz hisobiga qarzga berar edi. Lo qisqa vaqt ichida boyib ketdi, Londonga jo'nadi. U 1694 yil duelda odam o'ldirdi, sud bu duelni noqonuniy deb topdi va uning o'zini o'limga hukm etdi. Harakati tufayli qirol Vilgelm III uni avf etdi, ammo unga qarshi yangi sud jarayoni boshlandi. Shundan so'ng Lo qamoqdan qochib, Gollandiyaga boradi. Ammo Lo uch yil Londonda bo'lgan vaqtida bank ishini yaxshi o'rganadi, 1694 yilda birinchi bank yuzaga keldi. Uning fikricha, bu hodisani «Hindistonning ochilishi» bilan tenglashtirish mumkin edi.
O'sha davrda kredit kuchi Lo timsolida o'zining muxlisi, shoiri va bashoratchisiga ega bo'ldi. U Amsterdamda o'sha yillari eng yirik bo'lgan bankning faoliyatini chuqur o'rgandi. 1699 yilda u Parijda paydo bo'ldi, u erdan esa Italiyaga bordi. Yangi tipdagi bank ochish orzusi 1704 yilda uni o'z vataniga olib keladi. Shotlandiya og'ir iqtisodiy ahvolda, savdoda turg'unlik, shaharlarda ishsizlik, tadbirkorlik ruhi keskin pasaygan, ana shunday sharoitda u o'zining kitobini (1705y.) yaratdi. U hech qanday nazariyotchi emas edi, uning asosiy iqtisodiy qiziqishlari pul va kredit muomalalariga tegishli edi, xolos. Lekin u o'z loyihasidagi g'oyalari bilan iqtisodiyot fanida muhim rol o'ynadi.
Sen-Simon unga baho berib, «tizim, ya'ni o'z davri odami», bo'lganligini bir necha bor qayd etdi. Lo o'z loyihasini keng targ'ib etdi va muhimi uni amalga oshira boshladi.
Loning g'oyasi quyidagilardan iborat bo'lgan: uningcha, iqtisodiy ravnaqning kaliti mamlakatda pul mo'l-ko'lligidir. U pulning o'zini boylik deb hisoblamagan, tovarlar, korxonalar va savdo haqiqiy boylikdir (bu fikrni sof merkantilistlar fikri bilan solishtiring). Ammo pulning ko'pligi, uningcha erdan, ishchi kuchidan, tadbirkor mahoratlaridan to'la foydalanishni ta'minlaydi. U shunday yozadi: «Ichki savdo odamlarining ish bilan bandligi va tovarlar almashuvidir...Ichki savdo pulga bog'liq. Pulning ko'pligi ko'p odamlarni ish bilan band etadi...»
Ammo Jon Lo avvalgi merkantilistlardan sezilarli farq qiladi. U iqtisodiy rivojlanish omilini muomala sohasida izlasa ham, metall pullarni sharaflamaydi, aksincha ularni tanqid qiladi. 200 yildan so'ng J.M.Keyns oltin pullarni «varvarlarning qoldig'i» deb ataydi, xuddi shularni Lo ham aytishi mumkin. Loning fikricha, pullar metalldan emas, balki xo'jalik talabi asosida banklar tomonidan chiqariladigan kreditdan iborat bo'lmog'i kerak, ya'ni qog'oz pullarga ustunlik beriladi. Banklardan foydalanib, pul miqdorini o'stirish hozirgacha qo'llanilgan eng yaxshi usuldir. Lo tizimida yana ikki tamoyil muhim o'rinni egallaydi. Birinchidan, u banklar uchun kredit ekspansiyasi siyosatini, ya'ni bankda saqlanayotgan metall pul zahiralaridan ko'p marta ortiq ssuda berish huquqini ko'zda tutgan. Ikkinchidan, u banklarning davlat ixtiyorida bo'lishi va davlatning iqtisodiy siyosatni o'tkazishini talab etgan. Buni misolda ko'rsatadigan bo'lsak, bank aktivida oltin hisobida 2 mln funt sterling mablag' mavjud, ssudalar 10 mln funt sterling, aktiv summasi 12 mln funt sterling, passivda esa xususiy kapital 1 mln funt sterling, qo'yilmalar 1 mln funt sterling, banknotlar 10 mln funt sterling. Turg'un bankda bunday hodisa bo'lmaydi, ssuda va banknot summasi zahiraga yaqin bo'lishi kerak. Shu sababli bunday bank katta xavotir, tavakkalchilik bilan ish yuritadi. Agar banknot egalari zahiradan ortiq, masalan 3 mln funt sterlingni almashtirish uchun olib kelsa, bankning holi nima kechadi? Bank bu holda sovun ko'pigi kabi yorilib ketadi, to'lovlarni tugatadi. Ammo Lo buni o'rinli va zaruriy tavakkalchilik deb hisoblaydi. Uningcha, agar banklar ma'lum davr to'lovlarini to'xtatsa, bu katta xavf emas emish. Bu usul bilan banklar ssuda miqdorini keskin oshirish va muomala doirasini to'ldirish imkoniga ega bo'ldi. Kredit kapitalistik ishlab chiqarishda, uning rivojida muhimdir. Lo birinchilardan bo'lib buni tushunib etdi.
Yüklə 122,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin