[
OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Davlat qo‘mitalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.01.00 Investitsiya faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi]
[
TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari;
2.Moliya / Investitsiyalar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi
nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 31-martdagi PF-4996-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 4-apreldagi PQ-2868-son qarorini ijro etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 10.05.2019-y., 09/19/390/3111-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga:
2020-yil 31-dekabrga
qadar muddatda materiallar, texnika va uskunalar,
xizmat transport vositalari, ofis mebeli va jihozlari, kompyuterlar
va tashkiliy texnika, shu jumladan ularga dasturiy ta’minotini tender va (yoki) O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining maxsus axborot portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridini o‘tkazmasdan, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga afzallik berilgan holda eng yaxshi takliflarni saralash asosida amalga oshirishga;
eng yaxshi takliflarni saralash asosida (tender o‘tkazmasdan) xorijiy
investitsiyalarni jalb qilish, investitsiya faoliyati, investitsiya loyihalari hamda investitsiya kontraktlarini ekspertiza qilish masalalarida tajribasi bo‘lgan nufuzli xalqaro konsalting kompaniyalari va maslahatchilarini
jalb qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son)
3. Belgilansinki, davlat organlari tomonidan xalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy forumlar hamda boshqa turdagi xalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy tadbirlarning o‘tkazilishi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
4. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki hafta muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.
ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 23-iyun,
415-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-maydagi 390-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2019-y., 09/19/390/3111-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 26-son, 585-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/817/0102; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son, 13.03.2018-y., 09/18/194/0890-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 10.05.2019-y., 09/19/390/3111-son)