3-amaliy mashg’ulot topshiriqlari Quyidagi masalalar uchun algoritm va dastur kodini yozing. Har bir talaba o’zining jurnaldagi raqami bo’yicha bittadan masalani yechadi. Masalalar kam bo’lganda sanoq tartib boshidan boshlanadi. Masalan, 20 masala bo’lsa, 21-o’rindagi talaba 1-masalani, 22-o’rindagi talaba 2-masalani yechadi. Quyidagi transsendent tenglamani oraliqni teng ikkiga bo’lish va oddiy iteratsiya usuli yordamida yechimini aniqlovchi dastur tuzing:
Quyidagi chiziqli dasturlash masalasining matematik modelini tuzing va uni Simpleks usulida hisoblang. Chegaraviy shartlar va Maqsad funksiyasini aniqlang. Har bir talaba Hemis tizimidagi raqami bo’yicha bittadan masalani yechadi. Masalalar kam bo’lganda sanoq tartib boshidan boshlanadi. Masalan, 20 masala bo’lsa, 21-o’rindagi talaba 1-masalani, 22-o’rindagi talaba 2-masalani yechadi.
1-masala. Ishlab chiqaruvchi ikki turdagi va modellarini ishlab chiqaradi. Har bir modelni silliqlash uchun 4 soat va ranglash uchun 2 soat vaqtni, har bir model silliqlash uchun 2 soat va ranglash uchun 5 soat vaqtni talab qiladi.
Ishlab chiqaruvchida 2 ta silliqlovchi va 3 ta ranglash stanoklari bor. Har bir silliqlash stanogi haftasiga 40 soatdan, har bir ranglash stanogi esa haftasiga 60 soatdan ishlaydi. modeldan foyda 3 dollar, modeldan esa foyda 4 dollarni tashkil qiladi. Ishlab chiqaruvchi ikki turdagi modellarni ishlab chiqarish quvvatini qanday taqsimlasa, u haftasiga maksimal foyda oladi.
2-masala. Yaxna ichimlik ishlab chiqaruvchi zavodning rejalashtirish bo‘limida qo‘llaniladigan quyidagi masalani ko‘rib chiqamiz. Zavodda ikkita ichimlikni idishlarga quyuvchi va mashinalar mavjud. mashina 8 unsiyalik idishlarga, mashina esa 16 unsiyalik idishlarga ichimlik quyush uchun ishlatiladi. Biroq har biri ikkala turda ham samaradolikning ba’zi yo‘qotishlari mavjud. Quyidagi ma’lumotlar berilgan: