1. О‘lchash vositalarining turlari.
2. О‘lchash vositalarining metrologik xarakteristikalari nima?
3. О‘lchash usullari va ularning klassifikatsiyasi.
4. О‘lchash xatoliklari nima?
5. О‘lchash xatoliklarining turlari va ularni bartaraf qilish.
О‘lchash vositalarining turlari va metrologik xarakteristikalari.
Normalangan metrologik xarakteristika (NMX) hujjatlar asosida о‘rnatiladi. Amaliyotda о‘lchash vositasining quyidagi metrologik xarakteristikalari keng tarqalgan:
О‘lchash diapazoni – bu о‘lchanayotgan kattalikning shunday qiymatlar sohasidirki, uning uchun о‘lchash vositasi xatoliklarning yо‘l qо‘yiladigan chegarasi meyorlangan bо‘ladi.
О‘lchash chegarasi – bu о‘lchash diapazonining eng kata va eng kichik qiymati.
Shkalaning bо‘lim qiymati – bu kattalik qiymatlarining farqi bо‘lib, shkalaning ikkita qо‘shni belgisiga mos keladi. Tekis shkalali priborlar doimiy bо‘lim qiymatiga ega bо‘ladi, notekis shkalalilari esa о‘zgaruvchan bо‘lim qiymatiga ega bо‘ladi.
Sezgirlik S=Δy/Δx : - bu о‘q chiqishidagi signal о‘zgarishi Δy ning bu о‘zgarishni yuzaga keltirgan kirishdagi Δx signal о‘zgarishiga nisbatidir va bunda sezgirlik tok va kuchlanish bо‘yicha sezgirlik deb tushuniladi.
Variatsiya – ma’lum sharoitlar о‘zgarmas bо‘lganida о‘lchash diapazonining berilgan nuqtasida kattalik qiymatini orttirib yoki kamaytirib о‘lchashdagi о‘lchash vositasi kо‘rsatishlari orasidagi farq.
H = |Xort – Xkam|
24-25betlar. Umumiy holatda barcha о‘lchash jarayoni qismlarida xatolik sodir bо‘lishi mumkin bu esa fizik о‘lchamlarning naminal о‘lchamlardan farqini bildiradi. Bu xatoliklar о‘rnatilgan chegarada sodir etilishi mumkin bо‘lib, mahsulot sifatini kafolatlaydi. О‘lchamlarni о‘lchashda quyidagilarni о‘z ichiga oladi:
An’anaviy о‘lchashlar ishlab chiqarish jarayonining bir qismi sifatida amalga oshiriladi. Bu tekshiruv jarayoni о‘lchashdir. Tekshiruv jarayonida о‘lchash kichik ehtiyot qismlarning yuqori miqdorda ishlab chiqarilishidir. Inspeksion jarayon an’anaviy usulda bajarilgan bо‘lishi mumkin. Agar о‘lchamlar berilgan chidamlilik doirasida bо‘lmasa tuzatishlar keyingi qismida qurilma orqali amalga oshiriladi.
Kalibr plitkasi.
О‘lchov qismlari quyidagilardan iborat: alohida kvadratli tо‘g‘ri burchakli yoki turli о‘lchamlardagi aylanaviy metall bloklar. Ularning sirti 1- 5 mikro dyum oralig‘ida yassi va parallel joylashgan. Datchik bloklari turli о‘lchamlar tо‘plamida qо‘llaniladi. Bloklar turli xil kо‘p kombinatsiyalarda yig‘iladi va istalgan о‘lchamlarni olish mumkin. Datchik blokini yig‘ish aniq uzunikdagi ma’lumot sifatida, qism uzunliklarini о‘lchash uchun foydalaniladi.
Mikrometr. Mikrometr odatda qismlarning enini ham tashqi yoki ichki о‘lchamlarini о‘chashda ishlatiladi. Mikrometr chuqurliklarni о‘lchashda ham foydalaniladi. Mikrometrlar hisoblash xatoliklarini kamaytirish maqsadida raqamli hisoblash bilan ta’minlanishi mumkin.