2. Quymani qolipda sovishi va qolipdanajratish Quymani tozalash,
Qoliplami sovitish va urib chiqarish. Quymaning qolipda sovish vakti metallning issikdik darajasiga, quyma devorining kalinligiga, qoliplash ashyosining issiklik almashinuv xossasiga va boshka xossalariga karab aniklaniladi. Unchalik katta bulmagan oddiy, kichik kalinlikka ega bulgan quymalarning qolipda sovish vakti bir necha dakikd atrofida bulsa, 50-60 tonnali katta kalinlikka ega bulgan quymalar qolipda bir necha kun, xattoki xaftagacha davom etadi.
Quymaning qolipda uzoq, sovishi iqtisodiy nuqtai nazardan xam foydasiz xamda texnologik jarayonni cho’zadi. Quymaning sovish davomiyligini qisqartirish maqsadida ayrim xollarda sovitish uslubi kullaniladi. Masalan. quyma qolipdagi maxsus teshik orkali xavo puflab sovitiladi. quymaning uurtacha sovish tezligi 2 dan 150 grad daqiqaga teng. Sovish tezligi quyma devorining qalinligiga va qotishma mustaxkamlik xossasiga karab tanlanadi. Quymalarda juda tez sovish jarayonini amalga oshirish devorlarining ichki va tashki kismda termik kuchlanishni xosil qilishga va yoriqlar paydo bo’lishiga sabab bo‘ladi.
Quymakorlik sexlaridagi ish tajribasi shuni ko’rsatadiki, quyidagi xaroratda qolipdan ajratilgan quyma sifatli olinadi: cho’yan quymalarda mayda kquymalar uchun 700-800°C o‘rta o‘rtachalar uchun 400-500°C; yirik massa uchun 300-400°C. bronzadan tayyorlangan quymalar uchun 300-500°C, alyuminiydan tayyorlangan quymalar uchun 200-300°C issiqlik daraja, magniyli quymalar 100- 150°C atrofida qolipdan ajratib olinadi.
Quymani bu vaktdan erta ajratib olish mustaxkamligi past yoki ichki
kuchlanish yuqoriligi xisobiga yoriqlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Seriyali va massali ishlab chiqarishda quyma maxsus mexanizmlar yordamida ajratiladi. Qoliplarni ajratish quymakorlik sexlaridagi eng og‘ir jarayonlardan biri xisoblanadi. Jarayonni amalga oshirish vaktida juda katta mikdorda issiklik va chang chiqadi.
Qolipni ajratish bulimida o‘rtacha xolatdagi ish sharoitni ta'minlash uchun juda kuchli shamoylatish ventilyatsiyalari, tabiy chang bostirish va xavoni tozalash imkoniyatlaridan foydalaniladi. Yirik qoliplarni buzish uchun esa kutarma traversalar ko‘llanailadi. Mexanizatsiyalashgan sexlarda qoliplar xar xil jihozlarda buziladi Buzilgan qoliplar qayta yig’ishga qaytariladi. Qolip aralashmasi qolipni buzish vaktida reshetkalar orasidan lentali konveerga tushadi va qayta ishlatish uchun tozalanadi. Amaliyotda ajratishdan tashkari quymalarni tozalovchi avtomatik ajratish qurilmalaridak foydalaniladi.
Qolipdan ajratilgan quymalarning issiqlik darajasiga qarab sovitigich yoki o’zakni ajratish uchun yuboriladi. Tarkibida organik boglovchilardan ta topgan o’zak yengil buziladi. Qumgilli o’zak va suyuq shisha aralashmasidan tayyorlangan o’zaklar qiyinrok buziladi. O’zaklar tebranma-pnevmatik va gidravlik qurilmalar yordamida buziladi. Mayda quymalardagi o’zaklar pnevmatik zubilalar yordamida buzib chiqariladi, murakkab quymalardagi o’zaklar statsionar pnevmatik tebranma mashinalarda buzib chiqariladi.
Yirik po‘lat va cho‘yan quymalardan o’zaklar buzish uchun gidravlik kameralardan foydalaniladi. Quyma buriluvchi stolga o‘rnatiladi va unga 50 dan 100 atrofida bosim ostida suv uriladi. Bu usulda bir vaqtning uzida o’zak urib chiqarish bilan birgalikda quymaning yuzalari tozalanadi. Yuvilgan va mayda kismlarga ajratilgan qumlarni ishlab chiqarishda qayta ishlatish mumkin. Pnevmatik tebranma qurilmasida o’zaklarni ajratish vaqti qoliplarni ajratish ish sharoitidan kam fark qiladi. Shuning uchun ish sharoitini yaxshilash uchun qurilgan barcha choralar (shamoilatish, changni bostirish, shovkinga karshi kurash ikkala bulimga xam zarurdir. Quymadan o’zaklar buzib olingandan keyin karkaslar ajratib olinadi.
Keyin quymanin nuksonlan mavjudligi tekshiriladi.