2. Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi Maydalash qonunlari


Maydalash mashinalarining tasnifi va ularning ishlash prinsiplari



Yüklə 2,6 Mb.
səhifə4/10
tarix24.12.2023
ölçüsü2,6 Mb.
#193372
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
BOYITISH FABRIKALARIDA AVTOMATLASHTIRISH

Maydalash mashinalarining tasnifi va ularning ishlash prinsiplari

Ma’danlarni maydalash amalga oshiriladigan apparatlar maydalagichlar deyiladi. Bu apparatlar bo‘linish ta’sirini hosil qiluvchi mexanizmning tuzilishi va mineral agregatiga ta’sir qilish usuli: qisqa ta’sir qiluvchi dinamik yuk-zarba, astasekin kuch qo‘yish-ezish va parchalash, abraziv bo‘linish - ishqalanish va boshqalar bilan bir-biridan farq qiladi.


Bo‘linish (uzilish) ni quyidagi mexanizmlar sodir etadi: katta konus ichida aylanadigan ikkinchi konus; tekis yuzali yoki tishli valok; qaytarma-ilgarilama harakatlanuvchi plitalar; bolg‘achalar; ma’dan bo‘laklarini irg‘ituvchi va ularni qaytaruvchi plitalarga urib aylanuvchi rotorlar va h.k.
Ma’danning mustahkamligi, qovushqoqligi, bo‘laklarning kattaligi va boshqa xususiyatlarga qarab maydalash uchun tashqi ta’sirning biron-bir samaraliroq usuli tanlanadi.
Maydalagichlar 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi:

  • jag‘li maydalagichlar - mahsulotni maydalash davriy ravishda qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas, tekis yoki botiq chiziqli yuz orasida sodir bo‘ladi;

  • konusli maydalagichlar - mahsulot uzluksiz ravishda ikkita (birini ichida ikkinchisi aylanuvchi) konus yordamida maydalaniladi;

  • valokli maydalagichlar - mahsulot ikkita bir-biriga qarama-qarshi harakatlanuvchi silliq yoki tishli silindrik valoklar orasida ezilib maydalaniladi;

  • zarbli maydalagichlar - ma’dan bo‘laklari katta tezlik bilan harakatlanuvchi maxsus detallar, masalan, bolg‘achalar zarbi ta’sirida maydalanadi.

Masalan, agar ruda mustahkam bo‘lsa, uni maydalashning eng qulay usuli ezish yoki zarba hisoblanadi. Ruda bo‘laklarida ko‘p darzlar bo‘lib, u mo‘rt bo‘lsa, uni zarba ostida maydalash afzalroq, biroq ma’danning qovushqoqligi yuqori bo‘lsa, zarba ta’sirida maydalashning samarasi keskin kamayadi.
Odatda maydalashning quruq usuli qo‘llaniladi. Agar ma’dan tarkibida loy bo‘lsa, (masalan, marganetsli, qo‘ng‘ir temir toshli ruda), ho‘l usulda maydalanadi.
Maydalash usulini tanlash ma’danning qimmati va maydalangan mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarga ham bog‘liq. Masalan, agar ma’dan mo‘rt bo‘lsa va qimmatbaho foydali minerallarni saqlasa, uni maydalash vaqtida iloji boricha o‘ta yanchiluvchanlikka, va shlamlanishga olib keluvchi ishqalanishning oldini olish kerak.
Rangli va qora metallar rudalarini yirik, o‘rta va mayda maydalashda yuqori mehnat unumdorligi bilan ajralib turuvchi konusli maydalagichlar ishlatiladi.
Qattiq va o‘rtacha qattiqlikka ega jinslarni yirik, o‘rtacha va mayda maydalashni ezish prinsipi bo‘yicha ishlovchi (yuzli, konusli va tekis valokli) maydalagichlarda maydalash maqsadga muvofiqdir. YUmshoq va mo‘rt jinslarni yirik maydalash parchalash prinsipi bo‘yicha ishlovchi (masalan, tishli valokli) maydalagichlarda, ularni o‘rta va mayda maydalashni zarba ta’sirida ishlovchi (masalan, bolg‘achali) maydalagichlarda maydalash tavsiya qilinadi.

Yüklə 2,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin