Kichik guruhlarda ishlash metodi Kichik guruhlarda ishlash talabalarning darsda faolligini ta`minlaydi, har biri uchun munozarada qatnashish huquqini beradi, bir-biridan audioriyada o’rganishga imkoni tug`ildi, boshqalar fikrini qadrlashga o’rgatadi.
Qo’llanish usuli.
1. Faoliyatni tanlash. Mavzuga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada talabalar uni o’rganish (bajarish) uchun ijodiy faoliyat ko’rsatishlari zarur bo’ladi va vazifalar belgilab olinadi.
2. Zaruriy asos yaratish. Talabalar kichik guruh ishida qatnashishlari uchun tanlangan faoliyat bo’yicha ba`zi bilim, ko’nikma va malakalarni oldin -dan egallagan bo’lishlari kerak.
3. Guruhni shakllantirish. Odatda xar bir guruhda 3-5 talaba bo’ladi (ehtimol, kam yoki ko’p bo’lishi mumkin). Agar guruhda ishlash u yoki bu yozma hujjat tayyorlashni talab etsa, yaxshisi 2-3 kishili guruh tuzilgani ma`qul. Guruh o’lchovi masalaning muhimligi, auditoriyadagi talabalar soni, talabalarning bir-biri bilan konstruktiv holatda o’zaro harakatiga bog`liq holda o’zgaradi. Eng yaxshisi, “getrogen” guruh tashkil etishidir (jinsi, o’zlashtirish darajasi va boshqa belgilar asosida). Guruhda ishlash talabalar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga tayanadi (misol uchun, bir talaba munozarani boshqaradi, ikkinchisi yozib boradi, uchinchisi spiker (sardor) rolini o’taydi va hokazo). Auditoriyani guruhlarga ajratish, xoxish bo’yicha yoki hisob bo’yicha amalga oshiriladi.
4. Aniq yo’l-yo’riqlar ko’rsatish. Talabalarga faoliyatni bajarish bo’yicha aniq va hajm jixatdan ko’p bo’lmagan tushuntirish beriladi. O’qituvchi guruhlarining ishlash tezligi turlicha bo’lishini inobatga olgan holda vaqt chegarasini aytadi. Guruhlar kerakli materiallar va axborotlar bilan ta`minlanadi. Talabalar guruhda ishni boshlashlari uchun vazifalarini aniq tushunib etganligi tekshirib ko’riladi.
5. Qo’llab quvvatlash va yo’naltirish. O’qituvchi zarurat tug`ilsa gu -ruhlar yoniga navbatma-navbat kelib to’g`ri yo’nalishda ishlayotganligini qayd etadi yoki ularga yordam beradi, guruhlarga ta`zyiq o’tkazilmaydi.
6. Muhokama qilish va baholash. Guruhlarda ish yakunlangach, ular natijalari bo’yicha axborot beradilar. Buning uchun har bir guruh o’z sardorini belgilaydi. Zarurat tug`ilsa, faoliyat natijalari bo’yicha bildirilgan fikrlar o’qituvchi tomonidan yozilib boriladi. Muhimi, guruhning echimining asoslanishini aniqlashtirib olishdi. Agar vaqt yetarlicha bo’lsa, u yoki bu fikrni argumentlashda guruhlar bir-biriga savol ham berishlari mumkin. Kichik guruhlarda ishlash natijalari o’qituvchi tomonidan baholanadi. Bunda faoliyatni to’g`ri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi. Guruh bilan ishlash usuliga bog`liq holda o’tirish joylarini joylashtirishning quyidagi variantlari mavjud: