Shundan keyin soat va minut qaraladi. Soat va minut bilan tanishtirishga
bag‘ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o‘lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir
sutka 24 soatdan, 1 soat 60- minutdan iborat.
2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar o‘rganiladi.
3-sinfda esa sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt haqidagi
tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida tasavvurni
shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berish mumkin, masalan:
o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng bir minut o‘tgach, bolalar ham qarsak chalishni
tushuntiradi
2
. (bolalar bir minut vaqt o‘tish uchun 60 gacha sanashlari kerak.). Kalendar
bilan ishlash ham yaxshi natija beradi. Darslikda berilgan mashqlarni bajarish davomida
bolalar yil davomida qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini
bilib oladilar. Quyida 3-sinf “Matematika” darsligidan 587-masalani echamiz. 587-
masala. Soat qaysi vaqtni ko‘rsatmoqda? Bir vaqtni har xil bayon eting:
Javoblar:
1. Soat 3 dan 5 minut o‘tdi yoki soat 3 u 5 minut:
2. Soat 6 dan 15 minut o‘tdi yoki saot 6 yu 15 minut, yoki 6 dan chorak soat o‘tdi;
3. Soat 5 u 30 minut yoki besh yarim
Dostları ilə paylaş: