2-sinf o`qish darslarida hikoya o`tish usuliyoti” mavzusidagi kurs ishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə17/19
tarix02.12.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#171631
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2-sinf o`qish darslarida hikoya o`tish usuliyoti” mavzusidagi ku

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: ifodali o`qish, suhbat, tushuntirish, izlanish.
Darsning jihozi:Amir Temur surati Amir Temur o`gitlaridan namunalar yozilgan tarqatma materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism. Salomlashish, davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish.
II. O`tgan darsda berilgan uyga vazifani tekshirish va o`quvchilarni baholash.
O`qituvchi tashkiliy qismni bajaradi. O`tilgan mavzu-ni o`quvchilarga o`qitib, mazmunini so`zlattiradi. O`quvchilar uyda yozib kelgan bilim egallash haqidagi maqollarini o`qib, izohlaydilar.

Tez javob didaktik o`yin

Zanjir , ortiqchani top

Kollaj o`yini, savol javob muammoli savol

O`qituvchi ularni to`ldiradi, o`quvchilar fikrini umumlashtiradi va xulosalaydi.
III. Yangi mavzuning bayoni:O`qituvchi yangi mavzuni e`lon qiladi.
O`quvchilarga A.Temur haqida ma`lumotlar beriladi , slayddan ko`rsatiladi
Hiko­ya o`qituvchi tomonidan ifodali o`qib beriladi va tushuntiriladi. O`quvchilar matnni qismlarga bo`lib, navbat bilan o`qiydilar. Topshiriq bilan o`qish. Hikoya bandlarga bo`lib o`qitiladi va har bir bandning mazmunini tushuntirish talab qilinadi. O`qituvchi o`quvchilarni 5 guruhga bo`ladi va vazifa beradi. Amir Temur yoshligida qanday bo`lgan ekan? Katta bo`lganda-chi?
O  `quvchilar Amir Temurning yoshligi suratini so`z bilan chizadilar va A4 formatdagi qog`ozga yozadilar.Har bir guruhdan bir o`quvchi chiqib, o`zlari yozganlarini o`qib beradi. O`quvchilar o`zaro fikr almashadilar. O`qituvchi ularning fikrini to`ldirib boradi.O`qituvchi guruhlarga Amir Temur o`gitlari yozil­gan qog`ozlarni tarqatadi va o`qib, ma`nosini izohlash topshirig`ini beradi.
Guruh o`quvchilaridan biri o`gitni o`qib, ma`nosini izohlab beradi. Darslikdagi mavzuga doir qo`shimcha materiallar bilan ishlanadi. Bo`rtboy AhmedovTemurbek ziyrak, hamma narsani bilishga intiluvchan bolib o`sdi. To`rt yoshga to iganida, otasi uni qishloq maktabiga olib borib, Ibodulla domlanmg qo`liga topshirdi.
Tarag`ay bahodir qo`l qovushtirib:
- Bolamning savodini chiqarib bering, - dedi.
Ibodulla domla soddadil va xushfe`l bu odamni yaxshi bilardi. Shuning uchun ham uni ochiq chehra bilan kutib oldi. Qo`lidagi tugunini olib, bolasini maktabga qabul qildi.Tarag`ay bahodir chiqib ketganidan keyin domla uning o`g`lini oldingi qatorga o`tqizdi. Keyin murojaat qildi:
- Qani, o`g`lon, tur o`rningdan. Isming ne?
Yangi talaba dast o`rnidan turdi va
«Temur», deb javob berdi.
- Barakallo, Temurbek, maktabimizga kelib yaxshi ish qilibsan. Yaxshi o`qisang, mulloyi zabardast bo`lursan. Sho`xlik qilib, kamhafsala bo`lsang, o`zingdan ko`r.Temurbek boshini quyi solganicha qo`l qovushtirib, indamay turardi.Temurbek to`rt yil Ibodulla domlaning qo`lida o`qidi. Savodi chiqqanidan keyin Tarag`ay Bahodir o`g`lini Shahrisabzdagi madrasaga berdi. U maktabdagi singari madrasada ham yaxshi o`qidi.Mamlakatni boshqarish ilmini esa otasidan o`rgandi. Buni otasi kechqurunlari tur mush tashvishlaridan xoli bo`lgan paytlarida o`rgatdi. Temurbek ustozi va otasining pand-nasihatiarini butun vujudi bilan tinglardi. Keyin bularga bir umr rioya qildi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin