2-sinf o`qish darslarida hikoya o`tish usuliyoti” mavzusidagi kurs ishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə18/19
tarix25.06.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#62258
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
2-sinf o`qish darslarida hikoya o`tish usuliyoti” mavzusidagi ku

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

Kuch- adolatdadir
Amir Temur o`gitlaridan na`munalar aytiladi
1. Hikoya kimning yoshligi haqida ekan?
2. Temurbek qanday ilmlarni o`rganibdi?
3. U o`rgangan bilimlaridan hayoti davomida qanday foydalandi?
4. Amir Temur haqida yana nimalarni bilasiz? So`zlab bering.
Amir Temur haqidagi o`quvchilar fikrlari umumlashtirilib , darsdan tarbiyaviy xulosa chiqariladi va yakunlanadi.Ota-bobolarimiz qadimdan insonlarni odob-axloqli bo`lishga chorlab kelishgan. Chunki inson odob-axloqi bilan go`zaldir. Sohibqiron Amir Temur shunday deydi: “Ochiq yuzlilik, rahm-shafqat bilan xalqni o`zimga rom qildim. Adolat bilan ish yuritib, jabr-zulmdan uzoqroqda bo`lishga”. intildim

Bo`ladigan bola boshidan ma`lum.

Qurilishga terak kerak,
Demak, ekmoq kerak terak!
Роlizdaа koptok bo`lib,
Dumalab yotar, to`pmas.
Dehqon bobom avaylab
Oziq, suv berar, tepmas.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish va baholash.
O`quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasi, to`g`ri va ravon o`qishi o`qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida umumiy ballar e`lon qilinadi va faol, bilimdon o`quvchilar rag`batlantiriladi.




VI. Uyga vazifa.Hikoyani o`qib kelish.


XULOSA
Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo`lib, unda kishi hayotidagi ma`lum bir voqea, hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. „Hikoya ko`pincha kishi hayotida bo`lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir». Hikoya mazmunan boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun mos janr hisoblanadi. Kichik yoshdagi o`quvchilarni qahramonlam ing xatti-harakati, tashqi ko`rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko`proq qiziqtiradi. Shuning uchun bolalami hikoya bilan tanishtirish uning sujetini tushuntirishga bog`lab olib boriladi. Boshlang`ich sinflarda hikoyani o`qishga bag`ishlangan izohli o`qish darslarida o`qilgan hikoya mazmunini ochish, lug`at ustida ishlash, o`qilgan matnni qayta hikoyalash kabilar asosiy ish turlaridan hisoblanadi. Hikoya mazmuni odatda savollar asosida tahlil qilinadi. So`roqlardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda dalillar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o`rtasidagi bog`lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi. Hikoyani o`qish darsida o`quvchilar tushunmaydigan so`z va iboralar m a`nosini tushuntirish ham muhim, aks holda ular hikoya mazmunini tushuna olmaydilar. Hikoyani o`qishda uning mazmunini tahlil qilish va shu asosda o`quvchilar nutqini o`stirish markaziy o`rin egallaydi. Hikoya o`qib bo`lingach, o`quvchilar o`ylashi, o`z mulohazalarini ay. tishi uchun tayyorlanishga vaqt berish kerak. O`qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmaganligi, undagi qaysi qahram onning xarakteri bolaga ta`sir etganini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya sujeti, voqeaning yo`nalishini ochishga, personajlar xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g`oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. ―Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqsh kabidir‖ – degan edi buyuk allomalarimizdan biri. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinfda egallangan bilimni kelgusidagi bilimlar uchun poydevor deb atasak, noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Poydevor qanchalik mustahkam bo‘lsa, qurilajak imorat ham shunchalik ko‘p yil, balki asrlarga ham asqotadi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta‘lim- tarbiya beruvchi o‘qituvchiga juda ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi.Hozirgi zamon boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi erkin fikrli keng dunyoqarashli, izlanuvchan, intiluvchan, yangiliklarni tezda ilg‘ab oluvchi va innovatsion texnologiyalardan boxabar bo‘lishi lozim.Shundagina u ko‘zlagan maqsadiga yetishadi.Ona tili darslarida imloviy bilimlarni takomillashtirishning samarali metod va usullarini tanlay bilish hozirgi kun tilshunoslik ta‘lim tizimi oldida turgan eng muhim vazifadir. Umuman olganda, o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalariga rioya qilish, nafaqat o‘quvchilarning, balki shu yurt tuprog‘ida yashayotgan, jozibali tilimizda biyron-biyron so‘zlayotgan har bir fuqaroning burchidir. Imlo qoidalari biz uchun xuddi yo‘l belgilaridek bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘quvchilarni bolalikdanoq bilimli, salohiyatli va aqli raso qilib tarbiyalash lozim. Shundagina, har qadamda, bot –bot duch keladiganimiz – imloviy xatoliklarning birmuncha oldi olinardi, deb o‘ylayman.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin