2-sinf o`qish darslarida hikoya o`tish usuliyoti” mavzusidagi ku
Muammoning o`rganilganlik darajasi.
Nutqni о`qitishning nazariy va empirik muammolarini tadqiq etish quyidagi nazariy qoidalardan kelib chiquvchi umumiy boshlang`ich pozitsiyalarga ega:
- ta`lim maktab yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishda, ayniqsa zamonaviy noqulay nutqiy muhit sharoitida hal qiluvchi ahamiyatga ega;
- nutqni о`rgatish – «…dan to …gacha» kabi qattiq qoliplar tо`g`ri kelmaydigan hamda nutqni rivojlantirishning yosh qonuniyatlari va bolaning individual xususiyatlari bilan belgilanadigan ijodiy jarayondir;
- nutqni rivojlantirishning asosida kommunikativ yondashuv bо`lishi kerak, xususan: ona tilini о`zlashtirish nutqiy muloqot faoliyatiga qо`shilishi, о`quv sharoiti tabiiy muloqot sharoitlariga yaqinlashtirilishi lozim;
- о`qitish vaziyatida katta yoshli odamning bola bilan о`zaro hamkorligining xususiyati ushbu bola uchun yetakchi bо`lgan muloqot shakli bilan belgilanishi lozim;
- til ustida nutqiy faoliyat tuzilmasi doirasida hamda uning barcha komponentlarini: undov-motivatsiya, yо`naltirish-tadqiqot, ijro komponentlarini hisobga olgan holda ish olib borish zarur;
-nutqni о`qitish bolalarning tilni о`rganish bо`yicha mustaqil faoliyatiga asoslanishi va bolalar faolligining boshqa turlari bilan bog`liq bо`lishi kerak.Hozirgi paytda maktabgacha yoshdagi bolalarga nutqni о`qitish muammosini ishlab chiqish mazkur metodologik xolatlardan kelib chiqqan holda olib borilmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasidagi psixologik, pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
-nutqni rivojlantirish – bolaning individual psixik rivojlanishida markaziy о`rin tutuvchi ijtimoiy-tarixiy tajribani о`zlashtirishining murakkab, kо`p omilli jarayonidir;
-nutqni rivojlantirish – bu malakali pedagogik rahbarlikni nazarda tutuvchi ijodiy jarayon, lekin u stixiyali jarayon emas;
-bola nutqni rivojlantirish jarayonini boshqaruvchi pedagog bu jarayonning turli yosh bosqichlaridagi qonuniyatlari, mexanizmlari, о`ziga xosliklarini bilishi, nutqiy rivojlantirishning о`ziga xosliklarini kо`ra olishi va bolaning individualligini hisobga olgan holda, uning nutqiga ta`sir kо`rsatishning eng samarali yо`llarini tanlashi lozim.