2. Sulfat kislota H2SO4 ning molyar massasi m topilsin



Yüklə 123,67 Kb.
səhifə2/3
tarix14.12.2023
ölçüsü123,67 Kb.
#179629
1   2   3
1-sem. 4-mavzu

Gaz holati tenglamasi
16.Uzunligi l=1,6 m bo’lgan, normal atmosfera bosimi Poda xavo bilan tuldirilgan tsilindr ichiga yuzasi S = 200 sm2 bo’lgan porshenni sekin kirita boshladilar. Agar porshen tsilindr tubidan l=10 sm masofada to’xtatilsa, unga ta’sir etuvchi F kuch aniqlansin.
17. Sig’imi V=300 sm3 bo’lgan jumrakli tikin bilan berkitilgan kolbada siyraklashgan xavo bor. Kolbadagi bosimni ulchash uchun kolbaning burzini biroz suvga botirdilar va jumrakni ochdilar. Natijada kolbaga massasi m = 292 g ga teng suv kirdi. Agar atmosfera bosimi P=100 kPa bo’lsa, kolbadagi dastlabki bosim aniqlansin.
18.U simon manometrga simob quyilgan. Manometrning ochiq tirsagi Po normal atmosfera bosimidagi atrof muxit bilan tutashtirilgan va ochiq tirsakdagi simob satx,i yopik tirsakdagisidan h=10 sm yuqori da turibdi. Bunda yopik tirsakning simobsiz qismining uzunligi l=20 sm. Ochiq tirsakni x,avoli ballonga tutashtirganlarida simob satxlarining farqi ortdi va ∆h1=26 sm qiymatga yetishdi. Ballondagi xavo bosimi P topilsin.
19.Ideal gaz o’zgarmas bosim ostida ∆T=1K ga qizdirilganda uning xajmi dastlabki xajmining 1/350 qismiga ortdi.Gazning boshlang’ich xarorati T topilsin.
20.T=573 K xaroratli xavo bilan tuldirilgan, sig’imi ∆h1= 10 sm3 bo’lgan rovak sharni trubka yordamida simob bilan tuldirilgan kosaga tutashtirdilar. Ichidagi xavoning xarorati T=293 K gacha soviganda sharga kiradigan simobning massasi m aniqlansin. Shar sig’imining o’zgarishi inobatga olinmasin.
21. Sig’imi V=800m3 bo’lgan xavo sharining qobig’i xarorati T=273 K bo’lgan vodorod bilan tuldirilgan. Xarorat T=293 K gacha oshirilganda sharning ko`tarish kuchi qancha ga o’zgaradi? Qobiqning sig`imi V o’zgarmas va Tashqi bosim
normal deb xisoblansin. Qobiqning pastki qismida atrof muxitga vodorod chiqishi mumkin bo’lgan teshik mavjud.
22.Shar shaklidagi aerostat qobig’ining ichida qobiqni qismangina to`ldiradigan V=1500 m3 xajmli gaz bor. Agar aerostatdagi gaz T0=273 K dan T=293 K gacha isitilsa, aerostatning ko`tarish kuchi qancha ga o’zgaradi? Qobiqdagi gazning va atrofdagi xavoning bosimi o’zgarmas bo`lib , normal atmosfera,
bosimiga teng.
23.Gaz xarorat o`lchagichi shardan va unga payvandlangan gorizontal shisha trubkadan iborat. Trubkada joylashtirilgan T1=273 K xaroratda tomchi shar sirtidan l= 30 sm masofada turadi, T2=278 K da esa l=50 sm masofada turadi. Sharning sig’imi V topilsin.

Yüklə 123,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin