Ushbu usulda topilgan element ro‘yhatda bitta oldingi element bilan o‘rin almashtiriladi. Agarda mazkur elementga ko‘p murojaat qilinsa, bittadan oldinga surilib borib natijada ro‘yhat boshiga kelib qoladi. Ushbu usulning afzalligi shundaki, tuzilmada ko‘p murojaat qilinadigan elementlar ro‘yhat boshiga bitta qadam bilan intiladi.
Ushbu usulning qulayligi u nafaqat ro‘yhatda, balki tartiblanmagan massivda ham samarali ishlaydi (sababi faqatgina ikkita yonma-yon turgan element o‘rin almashtiriladi).
Bu usulda uchta ko‘rsatkichdan foydalanamiz (5.3-rasm):
p – ishchi ko‘rsatkich
q – yordamchi ko‘rsatkich, p dan bitta qadam orqada bo‘ladi
s – yordamchi ko‘rsatkich, p dan ikkita qadam orqada bo‘ladi
5.3-rasm. Transpozitsiya usuli bilan ro‘yhatni qayta tartibga keltirish
Biz tomonimizdan topilgan uchinchi element ro‘yhat boshiga bir qadam suriladi (ya’ni ikkinchi bo‘lib qoladi). Birinchi element ko‘rsatkichi uchinchi elementga joylashtiriladi, ikkinchi element ko‘rsatkichi to‘rtinchi, shunday qilib uchinchi element ikkinchi joyga joylashib qoladi. Agar mazkur elementga yana bir bor murojaat qilinsa, u holda u ro‘yhat boshida bo‘lib qoladi.
node *s=NULL;
node *q=NULL;
node *p=table;
while (p != NULL){
if (key == p->k){ //transponerlaymiz
if( q ==NULL){//o‘rinlashtirish shart emas
search=p;
exit(0);
}
q->nxt=p->nxt;
p->nxt=q;
if (s == NULL) table = p;
else s->nxt = p;
search=p;
exit(0);
}
s=q;
q=p;
p=p->nxt;
}
search=NULL; exit(0);
Ishni bajarishga oid namuna
Talabalar ma’lumotlaridan – FIO va adresdan iborat jadval berilgan. Binar qidiruvdan foydalanib TTJ da yashaydigan talabalar ro‘yhatini hosil qiling.
Dostları ilə paylaş: |