2-topshiriq.(4-6 mavzular bo’yicha)-5 ball 1-mashq



Yüklə 20,52 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü20,52 Kb.
#37831
2 topshiriq ak. yozuv[1]


2-TOPSHIRIQ.(4-6 mavzular bo’yicha)-5 ball

1-mashq. Gaplarni ko‘chiring. Birinchi va uchinchi shaxs nomidan yozilgan rasmiy uslubga xos gaplarni ikki ustunga ajratib yozing. Qoliplashgan iboralar ma’nosini izohlang.—1 ball

  1. Sizning ko‘rsatmangizga binoan, men o‘quv bo‘limi uslubiyotchisi S.Olimov bilan II bosqich talabalarining martoyidagi davomatini tahlil qildim.

  2. Ma’lumotnoma tuman ijtimoiy ta’minot bo‘limiga ko‘rsatish uchun berildi.

  3. Ushbu da’vo bo‘yicha sud qarorini tezlik bilan ijro ettirish haqidaqaror qabul qilishingizni so‘rayman.

  4. Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart.

  5. Ushbu bitim yuzasidan kelib chiqadigan barcha nizolar qonunda belgilangan tartibda hal qilinadi.

  6. Guruh rahbari T. Qodirovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  7. Arizaga nikoh guvohnomasining nusxasini ilova qilaman.

2-mashq. Gaplarni o‘qing, uslubiy xatolarini tuzatib, daftaringizga ko‘chiring.-1 ball

1. Ehtiyot qismlar, yoqilg‘i-moylash va boshqa xomashyolarning sarf-xarajat narxlari oshganligi bilan shahar yo‘lovchi tashish transportida yangi yo‘lkira haqlari belgilandi. 2. Yaqin kelganimda «Xush kelibsiz!» degan yozuv uzoqdan ko‘zga tashlandi. 3. Eng avvalo, dalalar to‘la, nihollar sog‘lom bo‘lishi kerak. 4. Mahalla ko‘chalarida piyodalar yurish xavfsizligi oyligi o‘tkazildi. 5. Naqqosh kuzning saxiy mo‘yqalamida bahra olgan g‘o‘zalar qulog‘ida oltin baldoqlar selkillab turibdi. 6. Rais bosh agronom bilan o‘z xonasida uchrashdi.



3-mashq. Matnlarni o‘qing, uslubiy farqlarni dalillar asosida yozma ravishda izohlang.-1 ball

1. Hasanali, Otabekning har bir siriga o‘zini mahram hisoblaganlikdan, darhaqiqat, Otabekka mahram bo‘lishga loyiq bir mehribonlikka ega bo‘lganlikdan, bek bilan ochiq so‘zlashish fikriga keldi. Bir necha daqiqa muqaddima uchun reja qurib o‘tirgandan so‘ng, tilga keldi:

— O‘g‘lim, Otabek!

— So‘zlangiz.

— Aytingiz-chi, men sizning kimingiz?

Otabek, Hasanalining maqsadiga tushunolmay majhul unga nazar tashladi.

— Sizmi? — deb kulimsiradi u. — Otam bo‘lmasangiz ham, meni otalik muhabbati bilan sevgan sodiq va mehribon bir kishimsiz, ya’ni ma’naviy otam.

— Barakalla, o‘g‘lim! — dedi Hasanali. — Javobingiz o‘z o‘ylaganimchadir. Endi sizdan shuni ham so‘rayin: xo‘jasiga sodiq bir qul, sizning ta’biringizcha, ma’naviy bir padar, o‘z o‘g‘liga yomonlik sog‘inarmi, bu to‘g‘rida javob beringizchi?

Otabek kutilmagan bu savoldan ajablandi:

— So‘zingizga tushunolmadim, ota! — dedi. — Shundog‘ bo‘lsa ham javob beraman: bu kungacha siz yolg‘iz mengagina emas — bizning oilamizga otalik mavqeyida turib, yaxshilikdan boshqani sog‘inmay kelasiz.



A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar» romanidan.

2. Husayn Voiz Koshifiy nutqlarining ta’sirchanligi, jozibadorligi haqida uning o‘g‘li Faxriddin Ali Safiy «Latoyifut tavoyif» nomli asarida quyidagilarni eslaydi: «Kunlarning birida ahli majlisga Mavlono Sayid G‘iyosiddin degan mashhur so‘z ustasi kechikib kelgan. Bu majlisga Abdurahmon Jomiy ham tashrif buyurgan ekan. Sayid G‘iyosiddin kirib kelishi bilan Jomiy undan so‘rabdi:

Nechuk kechikdingiz, mavlono G‘iyosiddin?

— Meni ma’zur tuting, ustod, — debdi G‘iyosiddin, —kelayotgan edim, masjidi jomeda Husayn Voiz Koshifiy nutq so‘zlayotgan ekan, shunga mahliyo bo‘lib qolibman. Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari jozibadorligi bilan har qanday kishini jalb qila olgan.

Alisher Navoiy va sulton Husayn Boyqaro o‘z she’rlarini xalq oldida rasmiy ijro etish lozim bo‘lganida, bu ishga Koshifiyni munosib ko‘rganlar. Masalan, Alisher Navoiy o‘zining Jomiyga bag‘ishlangan marsiyasini o‘qib eshittirishni Husayn Voizga topshirganligi bu fikrning isbotidir.

«Yuristning nutq madaniyati» kitobidan.

4-mashq. Gaplarni o ‘qing. Eski uslubga xos lisoniy qoliplaming ma’nosini izohlang va hozirgi adabiy tildagi muqobillarini qavsda ko'rsatib ko‘chiring.-1 ball

1. Xoja Kalonga salom degach, so‘z ulkim, Shamsiddin M u h am m ad Atovag ‘a keld i... Tengri taolo d in umid andoqdurkim, bu oraning ishi Tangri taolo inoyati bila bot saranjom topgan. («Boburnoma»dan). 2. Qulluq arzadosht ulkim, safardin salomatliq bila qaytib, maskanga tushulgan xabardin davlatxoh qullar shodmon b o ‘ldilar. Umid ulki, hamisha davlat ila sog‘ va salomat bo‘lub olam ahlig‘a komron bo‘lg‘aysiz. (Alisher Navoiy, «Munshaot»dan). 3. Yer-u ko'kni yaratgan Tangri taologa cheksiz shukrlar bo‘lsinki, yetti iqlim mamlakatlarining ko‘pini mening farmonimga kirgizdi va olim sultonlari va hokimlari menga egilib, itoat qilish halqasini jon quloqlariga taqdilar. («Temur tuzuklari»dan). 4. Biri ulkim, viloyat molin mashvaratsiz olib turursiz va bu ma’hud emas erdi... Chun sizning tobug‘ingizga ayturga davlatxohlig1 so‘zini ayturg‘a ma’murmen. U1 jihatdin go‘stohliq bila arzadosht bitildi. (Alisher Navoiy, «Munshaot»dan).



5-mashq. Savollarga to'liqjavob bering.—1 ball

  1. Mustaqillik yillarida o'zbek tiliga oid qanday qonun hujjatlari qabul qilingan?

  2. Asrlar davomida hududimizda hujjatchilik qaysi tillar va yozuvlarda olib borilgan?

Yüklə 20,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin