Joriy operatsiyalari balansi savdo balansi, xizmatlar balansi, joriy transfert to‘lovlar balansi, chetdan tushum kabilarni o‘zichiga oladi.
Savdo balansi tovarlar eksporti va importini o‘zida ifodalab yil oxirida ijobiy yoki salbiy qoldiqqa ega bo‘ladi. Balansni tuzganda eksport «+» belgisi bilan import
«-» belgisi bilan ifodalanadi va «+» mamlakatga valyuta kelib tushushimini «-» mamlakatdan valyuta chiqib ketishini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda savdo balansidan eksport kamchilik olishi to‘g‘risida ma‘lumot olish mumkin.
To’lov balanslari operatsiyalari xususiyatiga ko’ra ikki asosiy bo’limni o’z ichiga oladi:
1-bo’lim-joriy operatsiyalar bo’yicha to’lov balansi: tashqi savdo operatsiyalaridan tushumlar va savdo balansi;
Xizmatlar (xalqaro yuk tashishlar, fraxt, sug’urta va boshqalar) va notijorat (patentlar bo’yicha xisob-kitoblar, texnik yordam) balansi, investitsiya bo’yicha daromad va to’lovlar.
1- bo’lim – kapital va kredit xarakati balansi (qisqa va uzoq muddatli operatsiyalar).