20 variant quyidagi xo‘jalik muomalalari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini tuzing, tegishli hisoblashlarni bajaring, korxonaning moliyaviy natijasini aniqlang
20 - VARIANT Quyidagi xo‘jalik muomalalari bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalarini tuzing, tegishli hisoblashlarni bajaring, korxonaning moliyaviy natijasini aniqlang. Yanvar, 2023 yil 1. 2023 yil 13 mart sanasi bilan korxona tashkil etildi va ustav fondi 80 000 000 so‘m miqdorida eʼlon kilindi.
2. Ustav fondining 35 foiz qismi asosiy vosita (2 dona kompyuter) ko‘rinishida, 30 foiz qismi pul ko‘rinishida, qolgan qismi tovar ko‘rinishida shakllantirildi.
3. 2023 yil 13 mart sanasi bilan 8 nafar xodim quyidagi ish haqlari va 6 kunlik mehnat haftasi bo‘yicha ishga qabul qilindi:
Maʼmuriy boshqaruvga:
1) 3 200 000 so‘m; 2) 2 850 000 so‘m; 3) 2 650 000 so‘m.
Asosiy ishlab chiqarishga:
4) 2 550 000 so‘m; 5) 2 350 000 so‘m; 6) 2 000 000 so‘m; 7) 1 750 000 so‘m;
8) 1 500 000 so‘m
(4-xodimga 0.5 stavkada, 5-xodimga 0.75 stavkada oylik hisoblansin).
4. Asosiy vositalar maʼmuriyat bolimiga foydalanishga topshirildi.
5. Mol yetkazib beruvchidan 10 000 000 so‘mlik tovar sotib olindi.
6. Tovar sotish uchun xaridordan sotish narxinig 50 foizi miqdorida bo‘nak sifatida olindi.
7. Sotib olingan tovarlarning 45 foiz qismi 25 foiz savdo ustamasi bilan sotildi. Olingan bo‘nak hisobdan chiqarildi.
8. Ofis uchun 100 kv.m joy ijarasi bo‘yicha shartnoma tuzildi (1kv.m joy narxi - oyiga 200 000 so‘m).
9. Uchinchi xodimning 5 000 000 so‘mlik krediti 8 oy davomida ushlab qolish sharti bilan to‘lab berildi.
10. Ishlab chiqarish bo‘limida foydalaniladigan elektr energiyasi uchun oldindan uch oyga bo‘nak o‘tkazildi. Oylik to‘lov - 616 000 so‘m.
11. 12 480 000 so‘mlik xom ashyo sotib olindi va ishlab chiqarish bo‘limiga topshirildi.
12. Sotib olingan tovarlarning omborda qolgan qismining 70 foizi 30 foiz ustama bilan sotildi. Savdo pullari 40 foiz naqd 60 foiz terminal orqali olindi.
13. Kassadagi naqd pul inkassatsiyaga berildi. Inkassatsiyaga berilgan naqd pullar va terminaldagi pullar korxonaning asosiy hisob raqamiga o‘tkazildi.
14. Ofis ijarasi va ishlab chiqarish bo‘limi elektr energisi to‘lovi uchun hisobvaraq-faktura olindi.
15. Korxona xodimlariga yanvar oyi uchun oylik ish haqi hisoblandi, ushlanmalar va soliqlar ajratildi.
Fevral, 2023 yil 16. Yanvar oyi uchun oylik ish haqlari va soliqlar to‘landi.
17. Ofis ijarasi uchun to‘lovi o‘tkazildi.
18. Asosiy ishlab chiqarish bo‘limidan tayyor mahsulot omborga olindi.
19. “ODIL BARAKA” MCHJ korxonasidan qaytarib berilmaydigan moliyaviy yordam - 50 000 000 so‘m asosiy hisob raqamiga kirim qilindi.
20. Korxona xodimlariga 8 000 000 so‘m oylik ish haqi hisobidan bo‘nak berildi.
21. 12 000 000 so‘mlik nomoddiy aktiv – dasturiy taʼminot xarid qilindi. Foydalanish muddati - 24 oy.
22. Sotib olingan nomoddiy aktiv maʼmuriyatga foydalanishga topshirildi.
23. Ombordagi tayyor mahsulotdan 1 762 000 so‘mlik kamomad aniqlandi.
24. Aniqlangan kamomad favqulodda zararga olindi.
25. Tayyor mahsulotni sotish uchun xaridordan 15 000 000 so‘m bo‘nak olindi.
26. Tayyor mahsulot 30 foiz savdo ustamasi bilan sotildi.
27. Olingan bo‘nak hisobdan chiqarildi.
28. 30 000 000 so‘mlik xomashyo sotib olindi va ishlab chiqarishga berildi.
29. Ustav fondiga ulush sifatida kiritilgan tovarlarning 60 foiz qismi 40 foiz savdo ustamasi bilan chakana savdoda 30 foiz naqd, qolgani qismi terminal orqali sotildi.
30. Asosiy vositalarga eskirish hisoblandi.
31. Korxona xodimlariga fevral oyi uchun oylik ish haqi hisoblandi, ushlanmalar va soliqlar ajratildi. Berilgan bo‘nak hisobga olindi.
32. Ofis ijarasi va ishlab chiqarish bo‘limi elektr energisi to‘lovi uchun hisobvaraq-faktura olindi.
33. Jami daromaddan 4 foiz aylanmadan olinadigan soliq hisoblandi.
34. Barcha tranzit schyotlar yopilsin.
35. Korxonaning moliyaviy natijasi aniqlansin.