Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi Xudoyberdi To‘xtaboyev (Hikoya) Kunlardan bir kun Xorazm yurtining pod- shohi mamlakatda eng chiroyli so‘z aytish bahsini o‘tkazmoqchi bo‘libdi. O‘sha kundan boshlab chiroyli so‘z, go‘zal so‘z degan gap- lar odamlarning og‘zidan tushmay qolibdi. Ana shu gaplar bahsga aylanib, katta bir kengash o‘tkazilibdi. Kengash butun mamlakatga e’lon qilingan ekan. Bir dehqon yigit men ham qatnashay, sovringa ega bo‘lsam, bir qo‘shho‘kiz olardim, deya niyat qilibdi. Shohona darvoza oldiga kelib, qo‘lidagi o‘roq, yelkasidagi ket- monni yerga qo‘yib, „Bismilloh“, deb ichkari ki- 16 rib, safga qo‘shilibdi. Bahs avjiga chiqqan ekan. O‘z taxtida bahslarni kuzatib, tantana bilan o‘tirgan shohga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, ta'zim qilib salom yo‘llabdi. Bahsni saroy a'yonlari baholab o‘tirishar ekan. Shunda bahsda
Yomonlik qilma! Yomonlik ketidan yomon- lik keladi, - degan gaplarni aytibdi. Qilni qirq yoradigan hakamlar qarsak chalib olqishlashib- di. Shoh ham qarsak chalibdi.
Navbat dehqon yigitga kelibdi.
Yaxshilik qil! Yaxshilik ketidan yaxshilik keladi, - deb qo‘lini ko‘ksiga qo‘yibdi. Atrof- dagilar qarsak chalishibdi. Shoh esa o‘rnidan turib qarsak chalibdi.
Shohanshohim, - deb so‘rabdi hakam- lardan biri. - Birinchi ishtirokchi o‘z so‘zini
aytganida yengilgina qarsak chaldingiz, ikkinchi qatnashchi so‘zini aytganida esa o‘rningizdan
17 2-O‘qish kitobi, 3-sinf
turib ketdingiz. Sabab ne? Buni biz - ha- kamlarga ayting, - debdi. - Aslida ikkovlari ham foydali so‘zni aytish- di, lekin birinchisi „yomonlik“ deyishi bilan ne- gadir qalbim muzlab ketgandek bo‘ldi. Ikkin- chisi yaxshilik degan so‘zni aytishi bilan qal- bimdagi muz erib ketgandek bo‘ldi. Shuning uchun o‘rnimdan turib qarsak chaldim. To‘g‘ri so‘zni, chiroyli so‘zni yoqimli qilib aytgani uchun birinchi sovrin shu dehqon yigitga berilsin, - deb farmon beribdi. Musobaqa nima maqsadda tashkil etildi?
To‘g‘ri, chiroyli so‘zni yoqimli qilib aytish deganda nimani tushunasiz?