2020-yilda yangi 8-sinf darslik bo’yicha tushish ehtimolligidagi testlar!



Yüklə 149,07 Kb.
səhifə32/44
tarix07.04.2022
ölçüsü149,07 Kb.
#54909
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
2 5427067280192177265

50-mavzu: Uyqu va uning ahamiyati.

1. Tajribada it ovqatsiz (a) kun, uyqusiz(b) kun yashagan.

A) a- 15-20 b-10-12 B) a-20-25 b-10-12

C) a-20-30 b-10-15 D) a-10-20 b-10-15

2. Odatdagi necha soatli uyqu 4-5 sikldan iborat.

A) 6-7 B) 7-8 C) 8.9 D) 5.6

3. Uyquning har bir sikli esa qanday bosqichlaridan iborat.

A) uzoq va qisqa B) aktiv va passiv C) ixtiyoriy va ixtiyorsiz D) sekin va tez uyqu
4. Odam uyqusi qaysi uyqu fazasidan boshlanadi.

A) ixtiyoriy B) sekin C) tez D) kech


5. Qaysi fazada nafas olish, tomir urishi, ko‘z harakati sekinlashadi, moddalar almashinuvi va tana harorati pasayadi, muskullar bo‘shashadi.

A) ixtiyoriy B) sekin C) tez D) kech


6. Qaysi uyqu uxlagandan 1—1,5 soat keyin boshlanib, 10-15 minut davom etadi

A) ixtiyoriy B) sekin C) tez D) kech


7. ……. uyqu fazasida odam tez-tez va chuqur nafas ola boshlaydi, ichki organlar faoliyati kuchayadi, ayrim muskullar qisqarishi tufayli ko‘z, qo‘l va oyoqlar harakatga keladi.

A) ixtiyoriy B) sekin C) tez D) kech


8. Uyquning qaysi fazasida uyquda odam fantaziyaga boy tush ko‘radi.

A) ixtiyoriy B) sekin C) tez D) kech


9. I.M. Sechenov fikricha, «Tush ko'rish – (a) taassurotlarning (b) kombinatsiyasidan iborat».

A) a- mantiqli b- mantiqsiz B) a-mantiqsiz b mantiqli

C) a- ixtiyorsiz b- ixtiyoriy D) a- uzoq b- qisqa
10. Qanday uyquning tushi kam hissiyotli, mantiqli va fikrlash shaklida bo'ladi.

A) ixtiyoriy B) sekin C) tez D) kech


11. Uyqu vaqtida analizatorning faoliyatiga bog'liq qaysi xususiyatlar deyarli yo'qoladi?

1)ko'rish 2)eshitish 3)hid va ta'm bilish 4)harakatlanish 5)terining issiq-sovuqni, siypalashni, kuchsiz og'riqni sezish 6)fikrlash 7)ong 8)tashqi muhitdagi voqealarni sezish 9)tashqi muhit o'zgarishlari to'g'risida xulosa qilish

A)1,3,5,7,9 B)2,4,6,8 C)6,7,8,9 D)1,2,3,4,5
12.Uxlagan odamda oliy nerv faoliyatiga xos bo'lgan qaysi xususiyatlar deyarli yo'qoladi? 1)ko'rish 2)eshitish 3)hid va ta'm bilish 4)harakatlanish 5)terining issiq-sovuqni, siypalashni, kuchsiz og'riqni sezish 6)fikrlash 7)ong 8)tashqi muhitdagi voqealarni sezish 9)tashqi muhit o'zgarishlari to'g'risida xulosa qilish

A)1,3,5,7,9 B)2,4,6,8 C)6,7,8,9 D)1,2,3,4,5

13.Uxlagan odamda .... 1)shartsiz reflekslar hosil bo'lmaydi 2)shartli reflekslar hosil bo'lmaydi 3)faqat shartli reflekslar hosil bo'ladi 4)shartli va shartsiz reflekslar hosil bo'laveradi

A)1 B)2 C)3 D)4


14.Uyqu vaqtida ... markazlarning ish faoliyati butunlay yo'qolmaydi. 1)orqa miyadagi 2)uzunchoq miyadagi 3)o'rta miyadagi 4)oraliq miyadagi

A)1,2 B)3,4 C)2,3,4 D)barchasi


15.Uyqu vaqtida ... kabi organlarning ishi ma'lum darajada pasayadi. 1)yurak-qon tomir 2)nafas olish tizimi 3)buyrak 4)endokrin sistemasi

A)1,2 B)3,4 C)2,3,4 D)barchasi


16. Uyquning buzilishi qanday turlardan iborat.

A) kam yoki ko`p B) uyquchanlik va uyqusizlikdan

C) tez va sekin D) uzoq va qisqa
17. ……. ko‘pincha og‘ir yuqumli kasalliklardan keyin, kamqonlik va bosh miya kasalliklarida kuzatiladi.

A) uyquchanlik B) uyqusizlik

C) uyqusirash D) tush ko`rish
18. Nima kam harakatlanish, organizmning jismoniy toliqmaganligi bilan bog‘liq.

A) uyquchanlik B) uyqusizlik C) uyqusirash D) tush ko`rish


19. Sutka davomida chaqaloq(a), bola bir yoshda(b), 6-7 yoshda(c) ,

14 yoshda(d) , katta yoshdagi odam(e) uxlashi kerak.

A) a- 20-22 soat b-16-17 soat c-12-13 soat d-9,5-10 soat e-7-8 soat

B) a- 21-22 soat b-15-17 soat c-12-13 soat d-9,5-10 soat e-7-8 soat

C) a- 21-22 soat b-16-17 soat c-11-13 soat d-9,5-10 soat e-7-8 soat

D) a- 21-22 soat b-16-17 soat c-12-13 soat d-9,5-10 soat e-7-8 soat


20. Nimaning ta’sirida yarimsharlar po‘stlog‘idagi nerv markazlarining hammasi emas, balki ma’lum qismi tormozlanadi.

A) ixtiyoriy uyquda B) sekin uyquda

C) gipnitik uyquda D) kech uyquda

21. Har xil kimyoviy moddalar ta’sirida bosh miya nerv markazlarida tormozlanishning paydo bo'lishi qanday uyqu hisoblanadi

A) ixtiyoriy uyquda B) sekin uyquda

C) gipnitik uyquda D) narkotik uyquda


22. qaysi kasallikda odam tunda uyqudan turib yuradi, har xil ishlarni bajaradi, ba’zan devor ustida yuradi yoki ko'chaga chiqib, qaytib kelib yotadi. Ertasiga hech narsani eslay olmaydi,

A) letargiya B) uyqusizlik C) oyparastlik D) chuqur uyquda


23. Qaysi uyqu to‘satdan chuqur uyquga ketishdan iborat. Bu holat nerv sistemasining o‘ta qo‘zg‘aluvchanligi va tormozlanish, o‘ta charchash, bosh miya­ning shikastlanishi, kuchli hayajonlanish, qattiq qo'rqish va chuqur qayg‘u bilan bog‘liq bo'lishi mumkin.

A) letargiya B) uyqusizlik C) oyparastlik D) chuqur uyquda


24. …… uyquda nafas olish va yurak urishi sekinlashib qoladi. Odam hech narsani, hatto og`riqni ham sezmaydi

A) letargiya B) uyqusizlik C) oyparastlik D) chuqur uyquda


25. qaysi uyqu bir necha soat, kun, hafta, oy va hatto yillar davom etishi mumkin. Uyg‘onish ham xuddi uyquga ketish singari to‘satdan sodir bo'ladi.

A) letargiya B) uyqusizlik C) oyparastlik D) chuqur uyquda


26. Odamda uyquning quyidagi turlari bo'lishi mumkin: ... 1)tabiiy fiziologik uyqu 2)gipnotik 3)narkotik 4)uyqu kasalliklari

A)1,2 B)3,4 C)1,2,3 D)barchasi


27.Tabiiy fiziologik uyquga xos xususiyatlarni aniqlang. 1)har xil so'zlar va harakatlar ta'sirida yuzaga keladi 2)har kungi tundagi normal uyqu 3)miya yarimsharlarining po'stloq qismidagi nerv markazlarining ma'lum qismi tormozlanadi 4)kimyoviy dori moddalari ta'sirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga keladi 5)bu uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha bo'ladi

A)1,3 B)2,5 C)4 D)barchasi


28.Gipnotik uyquga xos xususiyatlarni aniqlang. 1)har xil so'zlar va harakatlar ta'sirida yuzaga keladi 2)har kungi tundagi normal uyqu 3)miya yarimsharlarining po'stloq qismidagi nerv markazlarining ma'lum qismi tormozlanadi 4)kimyoviy dori moddalari ta'sirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga keladi 5)bu uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha bo'ladi 6)ba'zi ruhiy kasalliklarni davolashda qo'llaniladi

A)2,5 B)1,4,6 C)1,3,6 D)barchasi

29.Narkotik uyquga xos xususiyatlarni aniqlang. 1)har xil so'zlar va harakatlar ta'sirida yuzaga keladi 2)har kungi tundagi normal uyqu 3)miya yarimsharlarining po'stloq qismidagi nerv markazlarining ma'lum qismi tormozlanadi 4)kimyoviy dori moddalari ta'sirida bosh miya nerv hujayralarida tormozlanish holati yuzaga keladi 5)bu uyquga ehtiyoji yoshga qarab turlicha bo'ladi 6)ba'zi ruhiy kasalliklarni davolashda qo'llaniladi

A)1,3,6 B)2,5 C)4 D)6


30.Uyqu kasalliklariga ... kiradi. 1)oyparast (lunatik) 2)fiziologik 3)letargiya 4)gipnotik 5)uyqusizlik (insomniya, agripniya)

A)2,3,5 B)1,2,4 C)1,3,5 D)barchasi


31.Uyqu kasalliklari va ularga xos xususiyatlarni juftlab ko'rsating. a)oyparast (lunatik) b)letargiya d)uyqusizlik (insomniya, agripniya) 1)to'satdan chuqur uyquga ketish 2)tungi uyquning buzilishi 3)tungi uyqu vaqtida o'rnidan turib har xil harakatlarni bajaradi, ertasi kuni hech narsani eslay olmaydi

A)a-2; b-3; d-1 B)a-1; b-2; d-3 C)a-3; b-2; d-1 D)a-3; b-1; d-2


32.Qaysi uyqu kasalligida nafas olish va yurak urishi sekinlashib, sezilmaydigan darajada bo'ladi?

A)lunatik B)insomniya C)letargiya D)narkotik





Yüklə 149,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin