MUHOKAMA VA NATIJALAR
Abu Rayhon Beruniy o‘zidan oldin va o‘z zamonida ilmiy asarlar yaratgan,
tabobat ilmi bo‘yicha kitoblarni yunon, grek, rum tillaridan arab tiliga, suryoniy tilga
tarjima qilib bergan ko‘plab olimlarning ishlarini sinchiklab o‘rganib chiqdi. Beruniy
o‘zining “Saydana” asarida o‘sha olimlarning, tabiblar va tarjimonlarning ismlarini
birma-bir keltirib, ularning fanga qo‘shgan hissalarini ta’kidladi. Olim
“Farmakognoziya” asarini yaratishda nafaqat ilmiy asarlardan, balki badiiy
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 6
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
276
w
www.oriens.uz
July
2021
adabiyotlardan ham oqilona foydalandi, shuningdek mazkur olim va adiblarning
ro‘yxatini tuzib, o‘z kitobida bu ro‘yxatni kelajak avlodlar uchun taqdim etdi. Alloma
o‘zining bu kitobida har bir o‘simlik borasida burungi olimlar, ulamolar bildirgan
fikrlarni ham birma-bir keltirib o‘tadi. Abu Rayhon Beruniyning «Tibbiyot
farmakognoziyasi» yoki «Dorivor o‘simliklar haqida kitob» asarida ismlari
keltirilgan olimlar ro‘yxati:
Susrut (arabcha yozuvida ismning oxirgi harfi dol bilan tugagan, biroq Susrud
deb tarjima qilinmagan).Qadimgi hind tabobati vakili eramizdan oldingi VI asrlarda
yashagan. Susruta ayurveda asarining muallifi.)
Gippokrat-Buqrot (eramizdan oldingi 460-355-yillarda yashagan).Uning
“Buqrot aforizmlari” nomli asarini va shu asarga Galen yozgan sharhlari bilan birga
suryoniy va arab tiliga Xunayn ibn Ishoq tarjima qilgan.
Aristotel (eramizdan oldingi 384-322-yilarda yashagan).Olim Aristotelning
«Hayvonlar haqida kitob»idan iqtiboslar keltirgan.“Toshlar haqidagi kitob” asari
Aristotelga tegishli emas, degan fikrni birinchi bo‘lib o‘rtaga tashlagan.
Feofrast
(eramizdan
oldingi
370-285-yillarda
yashagan.)Aflotun
va
Aristotelning shogirdi bo‘lgan va uning botanikaga oid ikki asari “O‘simliklar
sababi” va “O‘simliklar bo‘yicha tadqiqotlar” to‘liq saqlanib qolgan.
Qirotus (Cratevas) bu olim va tabib podsho Mitridat Yevpator(eramizdan
oldingi 132-63-yillarda hukmronlik qilgan)ning saroy tabibi bo‘lgan. U besh jildlik
dorivor o‘simliklar kitobi muallifi bo‘lgan.
Kleopatra –(e.o.69-30-yillarda Misr malikasi bo‘lgan) va “Kleopatra kitobi”
nomli zaharli o‘simliklar to‘g‘risida asar yozib qoldirgan.Beruniy o‘z kitobida 11
paragrafida Malika Kleopatra asaridan iqtiboslar keltirgan.
Nikolay al-Iskandariy, bu olimning ismi Galenning “O‘n olti kitob”ini to‘plab,
sharhlagan yetti vrachlardan biri sifatida adabiyotlarga kiritilgan.
Dioskorid (eramizdan oldin Kichik Osiyoda Anasarbda tug‘ilgan va Rim
imperatorlari Klavdiy, Neronlar hukmronlik yillarida yashagan) Uning “Davolash
vositalari” nomli asari mashhur. Bu asarda 570 ta shifobaxsh o‘simliklardan
olinadigan dorilar bayon qilingan.
Charaka hind vrachi Panchanad(Panjob)da tug‘ilgan va Charaka samxita asari
bilan mashhur bo‘lgan.
Arxigen
Rim
imperatori
Trayan
hukmronligi
davrida
faoliyat
ko‘rsatgan.(eramizdan oldingi 83-117-yillar). Bu muallif “Saydana” asarida ikki
paragrafda keltirib o‘tilgan.
|