Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 548
w www.oriens.uz May 2021 Daryo muzlagan, ko‘krak bilan sirpanib, emaklab o‘tayotgan paytda dushman ularni
o‘qqa tutadi. SHunda u o‘ng qo‘lidan yarador bo‘lsa ham, sanitarlarga bog‘latgancha,
dushman hujumlarini qaytarish uchun jang qiladi. Ammo u og‘ir yaralangan edi, jang
tugaganidan so‘ng hushidan ketib yiqiladi. Qancha vaqt o‘tganini bilmaydi, hushiga
kelganda o‘zini dala gospitalida yotganini biladi. Uning qo‘lini davolaydilar va yana
bir qancha janglarda ishtirok etadi. Keyingi janglarda yana og‘ir yaralanadi.
Jarohatlar og‘ir bo‘lgani, jangga kirishning imkoni bo‘lmagach, yurtga qaytariladi.
1944 yilda Kamol Shamsiyev ko‘kchi to‘la orden va medallar bilan qishlog‘iga
qaytib keladi.
Kamol Shamsiyevni 1994 yil 9 mayda respublikamiz poytaxti Toshkent
shahriga chaqirib, O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan “Jasorat” medali bilan
taqdirlanadi. U 86 yoshida 2012 yilda vafot etadi. Uning yorqin xotirasi
qishloqdoshlarining qalbida abadiy saqlanadi.
2020 yil 27 may kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti “O‘zbekiston
tarixi” kafedrasi tashabbusi bilan “Ikkinchi jahon urushi: xalq jasorati va tarix
saboqlari” mavzusida hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikdagi ushbu Xalqaro ilmiy-
amaliy onlayn konferensiya doirasida Esselar tanlovi ham o‘tkazilayotganligi,
mazkur esselar tanlovining mavzusi esa “Ikkinchi jahon urushi mening oilam
taqdirida” deb nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ikkinchi jahon
urushida qozonilgan G‘alabaning 75-yilligidagi nutqida O‘zbekistondan Ikkinchi
jahon urushiga ishtirok etganlar soni 1,5 millionga yaqin emas, balki, 1 million 951
ming kishi bo‘lganligi, bu esa urush vaqti O‘zbekiston aholisi 6,5 million bo‘lsa,
deyarli O‘zbekistonning o‘sha vaqtdagi har 3 fuqarosidan bir nafari Ikkinchi jahon
urushiga ishtirok etganligidan dalolat beradi. Bu raqamlar ham tadqiqot natijalari,
arxiv ma’lumotlarini o‘rganish natijasida olimlarimiz tomonidan keng jamoatchilikka
ma’lum qilingan ma’lumotlar sirasiga kiradi.
Demak, “Ikkinchi jahon urushi mening oilam taqdirida” nomli mavzuga
aloqador bizning oilamizda ham urushning og‘riqli izlari muhrlanib qolganligini
afsus bilan ta’kidlamoqchiman. Onam Begmatova Oybahor 1942 yilda tug‘ilganlar.
Onam uch oylik chaqaloqlik vaqtlari bobom Omonov Begmamat G‘uzor tumanining
Tojik qishlog‘idan Ikkinchi jahon urushiga jo‘natilgan. Buvim Rajabova Farog‘at
momoning xotirlashicha bir marta xat kelgan xatda esa Qozog‘iston cho‘lidan o‘tib
borayotganliklari haqida ma’lumot berilgan ekan.
Shundan so‘ng bobomdan ya’ni onamning otalari Omonov Begmamat
bobodan hech qanday xat-xabar kelmagan. Faqatgina noma’lum ketganligi haqidagi